E'lon

Дата публикации: Jun 11, 2015 12:36:27 PM

XALQARO BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR DIQQATIGA!

O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi H-2340-sonli “Iqtisodiyotda xususiy mulkchilikni ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorini 1 -ilovasiga muvofiq, ustav fondidagi davlat va xo’jalik organlari ulushlarini xalqaro baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanib, strategik xorijiy investorlarga realizatsiya qilinishi ko’zda tutilgan aksiyadorlik jamiyatlarining ro’yxati tasdiqlanganini ma'lum qiladi.

Agar, Sizning xalqaro baholovchi tashkilotingiz baholash ishlarini amalga oshirish xohishini bildirsa, u xolda ikki hafta muddatda ushbu ob'yektlarni baholash ishlarini amalga oshirish bo’yicha o’z takliflaringizni hamda tashkilotingiz to’g’risidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasiga yuborishingizni so’raymiz.

Izoh: baholash ishlarini amalga oshirish xohishini bildirgan tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etishi hamda belgilangan tartibda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lishlari kerak.

Bizning manzil:

100003, Toshkent sh, O’zbekiston shoh ko’chasi, 55.

Tel.: (+998 71) 239-44-46, Faks: (+998 71) 239-47-84