ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishini yoritish uchun OAV vakillarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

posted 14 May 2016, 05:13 by Webmaster Ambasciata

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2016-yilning may oyida Toshkent shahrida bolib otadigan ShHTga azo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigilishini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilishni boshladi.

Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigilishini yoritishni istagan OAV vakillari Tashqi ishlar vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi:

1. manfaatdor ommaviy axborot vositasi rahbarining Ozbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari yoki Ozbekiston Respublikasi TIVda akkreditatsiyadan otgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar orqali oz muxbirini akkreditatsiya qilish togrisida Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati;

2. manfaatdor ommaviy axborot vositasi to‘g‘risida ma’lumotnoma-axborot;

3. muxbirning tarjimayi holi va pasport nusxasi;

4. akkreditatsiya qilinadigan muxbirning 700x700 dpi hajmdagi fotosurati (yuqori sifatda, qat’iy to‘g‘riga qaragan holda, oq yoki ko‘k fonda, elektron nusxasini  sco2016@tiv.uz elektron pochta manziliga jo‘natishingizni so‘raymiz);

5. to‘ldirilgan anketa (elektron nusxasini sco2016@tiv.uz elektron pochta manziliga jo‘natishingizni so‘raymiz).

Akkreditatsiya uchun OAV vakillaridan arizalar 2016-yilning 5-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan so‘ng, shuningdek, ko‘rsatilgan ma’lumotlarsiz jo‘natilgan yoki fotosurat va anketa ilova qilinmagan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishini yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAVning topshirgan arizalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasisiz O‘zbekistonga tashrif buyurish va professional faoliyati bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘la olmaydi.

Comments