YANGILIKLAR XABARNOMASI

YANGILIKLAR XABARNOMASI №118 O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi 2018-yil 19-iyun

posted 19 Jun 2018, 12:25 by Webmaster Ambasciata

MOLIYA.. 1

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi 1

INFRASTRUKTURA.. 1

Toshkent aeroportida yangi uchib kelish zali ochildi 1

Xalqaro munosabatlar.. 2

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti 2

Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv. 2

“O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l”  ikkinchi xalqaro kongressi. 3

Sankt-Peterburg: «O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l»  3

 

 


MOLIYA

Markaziy bank xorijiy valyutalarning somga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018-yil 19-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari boyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy tolovlari uchun xorijiy valyutalarning somga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi:*)

1 AQSH dollari-7883,99

1 YEVRO-9150,95

1 Rossiya rubli-124,89

1 Angliya funt sterlingi-10472,30

1 Yaponiya iyenasi-71,25

1 Janubiy Koreya voni-7,15

1 Quvayt dinori-26082,61

1 Malayziya ringgiti-1979,16

1 Kanada dollari-5973,17

1 Xitoy yuani-1224,62

1 Singapur dollari-5837,40

1 Shveysariya franki-7904,54

1 BAA dirhami-2146,59

1 Misr funti-442,92

1 Avstraliya dollari-5865,69

1 Turkiya lirasi-1667,12

1 SDR-11124,70

1 Ukraina grivnasi-299,32

1 Polsha zlotiysi-2135,43

*) Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

(Manba: O‘zA)

INFRASTRUKTURA

Toshkent aeroportida yangi uchib kelish zali ochildi

Toshkent xalqaro aeroportida yangi uchib kelish zali ochildi. Bu yerda «yashil» va «qizil» yo‘laklar, 24 ta pasport nazorati punkti va viza ta’minoti punkti ishlamoqda.

Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida juma kuni xalqaro yo‘nalishlar yo‘lovchilari uchun uchib kelish terminali ochildi. Kun o‘rtasida u O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining Seuldan uchib kelgan ilk yo‘lovchilarini qabul qildi.

O‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 1200 yo‘lovchini tashkil etuvchi terminal mahalliy liniyani eski binosi bazasida barpo etildi. «Yangi bino eski terminalga qaraganda 1,5 barobarga kattaroq. U faqat yo‘lovchilarni qabul qiladi», — dedi «O‘zbekiston havo yo‘llari» vakili Ruslan Fidoiy.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda binoni rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Unda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash va mamlakatga kirib kelishda zarur jarayonlardan o‘tishni tezlashtirish ko‘zda tutilgan.

Terminalda yangi muhandislik-texnologik uskunalar o‘rnatildi, «yashil» va «qizil» yo‘laklar, uzunligi 60 m bo‘lgan 4 ta qo‘l yuklarini qabul qilish lentasi, 24 ta pasport nazorati punkti, viza ta’minoti punkti, ikkita Duty Free do‘koni va ikkita kafe faoliyat ko‘rsatadi. Qo‘l yuklari lentasi ustiga ekranlar o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali yo‘lovchilar bagajlari qayerdan chiqishini bilishlari mumkin. Binoda teleskopik traplardan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Kompaniyadan ma’lum qilinishicha, pasport nazoratidan o‘tish muddati 15−20 daqiqadan 710 daqiqagacha qisqaradi. Yuklarni samolyotdan qo‘l yuki lentasigacha yetkazib berish vaqti 10 daqiqani tashkil etadi. Shunday qilib, O‘zbekistonga yetib kelgan mehmonlar va fuqarolar aeroportdagi rasmiyatchiliklardan 20−30 daqiqada o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Vokzal oldi maydoniga kutib oluvchilar uchun ayvon o‘rnatilgan bo‘lib, uchta favvora qurilgan. Terminaldan uncha uzoq bo‘lmagan joyda avtobus bekati va shaxsiy avtomobillar uchun turargoh mavjud. Binodan chiqaverishda taksi uchun hudud ajratildi.

Mahalliy liniyalarning uchish va qo‘nish uchun mo‘ljallangan eski binosi 1997 yilda qurilgan edi. Uning umumiy maydoni dastlab 4800 kv. m (hozirda — 9800), o‘tkazuvchanlik qobiliyati esa soatiga 300 yo‘lovchini tashkil etgan. 2012 yilda mahalliy parvozlar uchun «Toshkent-3» yangi terminali ishga tushganidan so‘ng bino foydalanishdan chiqarilgan edi.

(Manba: Gazeta.uz)

xalqaro munosabatlar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

Toshkent shahrida 2018-yil 27-mart kuni bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi ushbu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida Afg‘oniston hukumati, AQSh, XXR, Rossiya, Xalqaro muloqot guruhiga a’zo mamlakatlar, Yevroosiyo mintaqasi, Janubiy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq davlatlari vakillari bilan bu borada qator maslahatlashuv uchrashuvlari va muzokaralar o‘tkazdi.

Ta’kidlash joizki, Afg‘oniston bo‘yicha forum doirasida bir ovozdan qabul qilingan, mintaqaviy va global miqyosda tinchlikka erishish, terrorizmga va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni nazarda tutuvchi Toshkent deklaratsiyasi ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish uchun muhim siyosiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent konferensiyasi ishtirokchilarining umumiy pozitsiyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida O‘zbekiston tegishli aloqalar o‘rnatib, Tolibon harakatining yuqori martabali vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik-barqarorlik o‘rnatish va mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muloqot va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonAfg‘oniston hukumati va Tolibon harakatining Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish tartibini joriy etganini olqishlaydi. O‘zbekiston ushbu yarashuv Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining o‘t ochishni to‘xtatish tartibini uzaytirish to‘g‘risidagi qaroriga amal qilgan holda muddatsiz tus olishiga umid qiladi.

Qaror topayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining tashabbusiga asoslanib, Tashqi ishlar vazirligi tinchlik jarayonining barcha bosqichlarida O‘zbekiston hududida Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratishga har tomonlama tayyor ekanini tasdiqlaydi.

Toshkent shahri, 2018-yil 18-iyun

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)

Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-yilning 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Jahon bankining suv masalalari bo‘yicha katta direktori Guan Chje Chen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda suv masalalari, jumladan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalarni tadbiq etish sohasida O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)

“O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l”  ikkinchi xalqaro kongressi

Sankt-Peterburg: «O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l»

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida  «O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l» ikkinchi xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda. 7 iyun Rossiya fanlar akademiyasining Maksim Gorkiy nomidagi Olimlar uyida anjumanning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi xalqaro kongress O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston madaniyat vazirligi, bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Kun davomida «Madaniy merosni saqlash, o‘rganish va ommalashtirishning dolzarb yo‘llari umumjahon muammosi sifatida: O‘zbekiston tajribasi», «Buyuk ipak yo‘li markazida Sharq va G‘arb madaniy an’analarining o‘zaro ta’siri», «Insonparvar va ma’rifiy islom O‘zbekiston madaniy merosida», «Amaliy bezakli san’at: turmush, e’tiqod va go‘zallik uyg‘unligi», «Movarounnahr kitobat san’ati» singari yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston va dunyo olimlarining qiziqarli, rang-barang ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida dunyoning turli hududlarida saqlanayotgan o‘zbek madaniyatining bebaho durdonalari, ularning tarixi, o‘rganilishi, o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berishdi.

– Ikki yildan beri «O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l» xalqaro kongressida ishtirok etib kelayapman, — deydi Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori Gulbahor Izentayeva. – Loyiha doirasida bizning muzeyimizga bag‘ishlangan kitob-albom ham chop etildi. Bunday ilmiy anjumanlar biz uchun juda katta tajriba maktabi vazifasini o‘taydi. Dunyoning yirik muzeylari vakillari bilan uchrashamiz, ular bilan tajriba almashamiz.

Shuningdek, anjumanda «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» turkumida chop etilgan «O‘zbekiston madaniy merosi – davlat din tarixi muzeyida», «O‘zbekiston gilamchiligi: asrlarga tengdosh an’analar», «O‘zbekiston madaniy merosi  – O‘zbekiston davlat san’at muzeyi to‘plamlarida», «O‘zbekiston madaniy merosi – Germaniya muzeylarida» kitob-albomlarining hamda ushbu mavzuda suratga olingan hujjatli filmlarning taqdimoti o‘tkazildi.

Ayni paytga qadar «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» turkumidan o‘nta kitob chop etildi. Yana beshta kitob-albom chop etilish arafasida. «Zamon press info» nashriyot uyida nashrga tayyorlangan bu kitoblar zamonaviy poligrafiya imkoniyatlari doirasida chop etilmoqda.

– Buyuk o‘zbek shoiri Erkin Vohidov «Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o‘zbegim» deganida naqadar haq edi, – deydi Turkiyadagi «Mega basin» nashriyot uyining bosh direktori Selim Kondu. – Chindan o‘zbek xalqining madaniy merosi turkiy xalqlar orasida noyob va betakrorligi bilan ajralib turadi. Bu ulkan xazinaning dunyo miqyosidagi targ‘ibotida o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan benihoya mamnunmiz. Mazkur kitob-albomlar ham eng ilg‘or matbaa texnologiyaari, ham qo‘l mehnatidan foydalangan holda chop etilmoqda. Biz bunday keyin ham ushbu hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz.

– Ayni paytda O‘zbekistonning Yaponiyadagi madaniy merosi durdonalariga bag‘ishlangan kitob-albom ustidagi ishlarimizni tugatish arafasidamiz, – deydi Yaponiyaning Sigaraki shahridagi Mixo muzeyi maxsus ilmiy xodimi Sergey Laptev. – Biz mazkur albomni yaratish jarayonida Yaponiyaning o‘nta muzeyidagi eksponatlarni o‘rganib chiqdik. Kunchiqar o‘lkada saqlanayotgan O‘zbekistonga oid eng qadimiy artefaktlar VIII asrga borib taqaladi. Bu nodir topilmalar ayni paytda imperator saroyida saqlanadi va yapon xalqining milliy xazinasidan o‘rin olgan. Bu misollar Yaponiya va O‘zbekiston orasidagi madaniy aloqalar juda uzoq tarixga egaligini isbotlaydi.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi xalqaro kongress doirasida Sankt-Peterburgdagi Rossiya etnografiya muzeyi, Kunstkamera, Din tarixi davlat muzeyi, Rossiya milliy kutubxonasida O‘zbekiston madaniy merosiga oid ko‘rgazmalar tashkil etilgan. «O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l» ikkinchi xalqaro kongressi bugun, 8-iyun kuni o‘z ishini yakunlaydi.

(Manba: Xabar.uz)

 

 Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

YANGILIKLAR XABARNOMASI №117 O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi 2018-yil 18-iyun

posted 19 Jun 2018, 12:24 by Webmaster Ambasciata

PREZIDENT.. 1

O‘zbekiston xalqiga Ramazon Hayiti tabrigi 1

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazan hayitining birinchi kunida, 2018-yil 15-iyun  2

O‘zbekiston Prezidenti Moskva shahrida futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi 4

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida. 4

Rasmiy.. 5

Tayinlov. 5

Xalqaro munosabatlar.. 5

O‘zbekiston-Moldova vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida. 5

Kishinyov shahridagi uchrashuvlar 6

Jamiyat.. 6

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi 6

O‘zbekiston turizm o‘lkasi. 6

Noodatiy Boysun daralari, sharsharalari, g‘orlari og‘ushida yoxud ovring bo‘ylab fotosayohat 6

 


PREZIDENT

O‘zbekiston xalqiga Ramazon Hayiti tabrigi

Qadrli va muhtaram vatandoshlar!

Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bu qutlug‘ bayramda hammamiz avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

Oila, mahalla va jamiyat ahliga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bu bayramning ma’no-mazmuni bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatgag‘oyat uyg‘un va hamohang ekanini, o‘ylaymanki, shu saodatli damlarda har birimiz chuqur his etmoqdamiz.

Ayni vaqtda muqaddas islom dinining ana shunday buyuk insonparvarlik tamoyillarini asrash, targ‘ib etish hozirgi shiddatli zamonda o‘ta dolzarb vazifaga aylanib borayotganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Mamlakatimizda keyingi paytda bu borada ko‘p ishlar qilinayotgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta. Jumladan, ulug‘ allomalarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy markazlar, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgani shu yo‘ldagi ulkan qadamlar bo‘ldi.

Bugungi kunda butun insoniyat hayotiga tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi jaholatga qarshi – ma’rifat asosida kurashish, dinimiz pokligini saqlash bo‘yicha mamlakatimiz tomonidan nufuzli xalqaro minbarlardan qator amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” degan nom bilan maxsus rezolyutsiya qabul qilish haqida bildirgan taklifimiz jahon miqyosida keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Shu ulug‘ ayyom kunlarida uzoq va yaqin musulmon mamlakatlarning xalqlarini, barcha do‘stlarimizni samimiy qutlab, ularga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilashdan behad mamnunmiz.

Muhtaram yurtdoshlar!

O‘zbekistonimiz yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yib, barcha sohalarda o‘zgarish va yangilanishlar kuchayib borayotgani, Ramazon hayiti munosabati bilan yurtimizda uch kunlik dam olish e’lon qilingani bu yilgi bayramga alohida fayz va tarovat bag‘ishlamoqda.

Tabarruk ayyom arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida farmon qabul qilingani xalqimizga xos kechirimlilik, bag‘rikenglik va mehr-shafqat fazilatlarining yana bir yaqqol namoyoni bo‘ldi.

Hech shubhasiz, bu huquqiy hujjat jamiyatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘lga kirgan insonlarni kechirish, ularni oilasi bag‘riga, to‘laqonli hayotga qaytarishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarimizning uzviy davomidir.

Albatta, biz o‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashar ekanmiz, hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam iymon-e’tiqod bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o‘zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanini yaxshi tushunamiz.

Muborak hadislarda aytilganidek, ikki dunyo saodatini o‘ylab yashagan inson, xalq hech qachon kam bo‘lmaydi.

Barchangizni muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklayman.

El-yurtimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O‘zi madadkor bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazan hayitining birinchi kunida, 2018-yil 15-iyun

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilish maydoniga tashrif buyurib, inshoot poydevoriga ramziy tamal toshi qo‘ydi.

Mazkur tadbir yurtimizda muborak Ramazon hayiti nishonlanayotgan ulug‘ kunlarda o‘tkazilganida chuqur ramziy ma’no bor. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bir yarim yil ichida xalqimizning milliy-diniy qadriyatlarini tiklash, ma’rifiy islomni rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizning dinimiz sofligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasini keng o‘rganish va targ‘ib etish yuzasidan ko‘plab tashabbuslarni boshlab berdi.

Davlatimiz rahbari BMT minbaridan turib islomning dunyo miqyosidagi o‘rniga, ajdodlarimizning dinimiz rivojiga qo‘shgan hissasiga yuksak baho berdi hamda “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish taklifini ilgari surdi. Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi, din masalasidagi jaholatga barham berishni ko‘zda tutuvchi “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori joriy qilingani O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik sohasidagi tashabbuslarining yaqqol ifodasi sifatida dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi.

Bundan bir yil muqaddam – 2017-yil 15-iyunda mamlakatimiz hayotida ilk bor imom-xatiblar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev muqaddas dinimiz pokligini asrash masalasi jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotimizni ta’minlashning muhim sharti ekanini ta’kidlab, bu borada muhim vazifalarni belgilab bergan edi.

O‘tgan davrda mazkur yo‘nalishda izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda ma’naviy muhitni asrash, din yo‘lida adashgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha keng miqyosli ishlar bajarildi. O‘zbekiston Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi va boshqa islomiy ta’lim muassasalari tashkil etildi.

Bugungi kunda Islom sivilizatsiyasi markazi dunyodagi 20 dan ortiq xuddi shunday markazlar bilan aloqalar o‘rnatdi. Jumladan, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Turkiyadagi qator ilmiy-tekshirish institutlari, Istanbuldagi To‘pqopi muzeyi, Fransiya islom markazi, Parijdagi Luvr muzeyi, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj davlat muzeyi va boshqa qator yetakchi markazlar bilan hamkorlik o‘rnatilib, bu borada 7 ta memorandum imzolandi. Markaz kutubxonasi shakllantirilmoqda. Bugunga qadar unga 400 dan ortiq noyob qo‘lyozmalar xarid qilindi, yurtdoshlarimiz o‘zlaridagi qadimiy qo‘lyozmalarni topshirmoqda. Bu xalqimizning imon-e’tiqod, ma’naviyat va ma’rifatga intilishidan, ezgu va savobli ishlarga bosh qo‘shayotganidan dalolatdir.

Kuni kecha SHHTning Sindao sammitida qabul qilingan SHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati ham O‘zbekiston tashabbusidir.

Davlatimiz rahbari tadbirga yig‘ilgan diniy ulamolar va barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan tabriklab, shunday ulug‘ ayyom kunlarida markaz qurilishining boshlanayotgani zamirida ezgu niyat, chuqur ma’no-mazmun mujassam ekanini ta’kidladi.

Bu markazni qurishdan maqsad islom ma’rifatini, buyuk ajdodlarimizning boy merosini avvalambor xalqimizga, dunyo hamjamiyatiga yetkazishdir. Buning uchun buyuk bobolarimiz merosiga o‘zimiz munosib bo‘lishimiz, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishimiz zarur. Boshlagan hamma sa’y-harakatlarimiz yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, xalqimiz tinchlik-osoyishtaligiga, yorug‘ kelajagiga zamin yaratadi, dedi Prezidentimiz.

Ushbu markaz konsepsiyasida ulug‘ allomalarimizning merosini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazish g‘oyasi chuqur ifoda topgan. Uch qavatli bino loyihasidan kutubxona, qog‘oz va yozuv tarixi, ajdodlarimizning islom dini, ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, san’at, ta’lim, shaharsozlik va me’morlik, an’ana va urf-odatlar, Usmon Qur’oni kabi zallar o‘rin olgan.

Bu yerga keluvchilar dastlab ajdodlarimizning xattotlik, me’morlik, san’at va madaniyat sohalarida erishgan yutuqlari, an’ana va urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar va nodir ashyolar bilan tanishadi, ajdodlarimizning sof islom ma’rifatidan bahramand bo‘ladi. Bino tarxi shunday chizilganki, bitta zalni ko‘rmasdan turib boshqasiga o‘tib ketolmaysiz – uzviylik ta’minlanadi. Eng oxirida, ikkinchi qavatdagi Usmon Qur’oni turgan zalga kirilganda taassurotlar ortib, nurga, ma’rifatga aylanadi.

Prezidentimiz o‘tgan yili 1 sentyabr kuni Hazrati Imom majmuasiga tashrif asnosida Islom sivilizatsiyasi markazini mazkur qadimiy majmua yonida barpo etish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. Shunga binoan bu yerdan o‘n gektarga yaqin joy ajratildi. Eng zamonaviy me’morlik tajribalari asosida puxta loyiha ishlab chiqildi.

Loyihaga ko‘ra markaz binosi peshtoqi Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasiga monand qilib quriladi, yuqori qismi gumbaz bo‘ladi. Usmon Qur’oni turgan asosiy zalning o‘lchami 46x46 metr kvadratni, gumbazdan to Qur’on turgan joygacha bo‘lgan oraliq 54 metrni tashkil etadi. Bino, shuningdek, axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar, konferensiya zali, xizmat xonalari va boshqa obyektlarni o‘z ichiga oladi.

Prezidentimiz O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarlari, din arboblari, mahalla faollari, me’morlar bilan suhbatda mazkur imoratni buyuk ajdodlarimiz dahosi va zakosi, xalqimiz ma’naviy salohiyatiga mos mahobatli qilib barpo etish, uni yoshlar uchun ulkan tarbiya maktabi, chet ellik sayyohlar uchun muqaddas qadamjoga aylantirish, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga zarur sharoitlar yaratish kerakligini ta’kidladi.

Jamiyatimizda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, turli bid’atlarning oldini olish, adashganlarni avf etish, imom-xatiblar malakasini oshirish, yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

* * *

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.

* * *

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ushbu shifoxona 1896 yilda qurilgan. Klinikaning umumiy yer maydoni 13,6 gektar. Bu yerda kasalliklar turi, davolash usullari, bemorlar holatiga ixtisoslashgan 18 bo‘lim tashkil etilgan. Klinik-biokimyo laboratoriyasi, rentgen, UTT, ensefalografiya, ekspertiza xonalari zarur vosita va malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan. Shifoxona Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ruhiy kasalliklar kafedralari uchun klinik baza hisoblanadi. 2015-2016 yillarda 4 yangi bino foydalanishga topshirilgan. Uzoq yillar ta’mirlash ishlari olib borilmagani uchun shifoxonadagi boshqa binolar achinarli holatga kelib qolgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 26-iyunda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida bo‘lib, binolarni qurish va ta’mirlash, bemorlarning sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

O‘tgan davr mobaynida bu yerda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 60, 80, 120 o‘ringa mo‘ljallangan yangi binolar, 1400 o‘rinli oshxona binosi foydalanishga topshirildi. 30 o‘rinli kafetoriy va Maslahat bo‘limi rekonstruksiya qilinib, kapital ta’mirlandi. Toza va shinam palatalar, bemorlar bilan individual ishlash uchun xonalar tashkil etildi, zamonaviy tashxis uskunalari o‘rnatildi, hudud obodonlashtirildi. Klinikaga yaqin huddudda har biri 42 tadan xonadonga mo‘ljallangan ikkita ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Uylar ushbu klinikada xizmat qiladigan shifokorlarga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida beriladi.

Bu ushbu yo‘nalishdagi katta ishlarning boshlanishi. Binolar qurildi. Endi ilm kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Kassallikning reabilitatsiyasi va metodikasini o‘rganish kerak.

Mazkur yangi klinikani respublikamizning shu ixtisoslikdagi shifoxonalari uchun tayanch muassasaga aylantirish, ruhiy kasalliklarning oldini olish va boshlang‘ich bosqichdayoq davolash amaliyotini rivojlantirish, bu borada chet eldagi ilmiy-tibbiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ruhshunos mutaxassislar tayyorlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, qurilish va bunyodkorlik ishlarining ikkinchi bosqichini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

* * *

Joriy yil 13-iyun kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etgan edi.

Prezidentimiz Ramazon hayiti kuni ushbu diniy ulamo xonadonida bo‘lib, oila-a’zolariga ta’ziya izhor etdi. Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.

Anvar qori Tursunov har doim xalqning dardu tashvishi bilan yashagan, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olgan mard va fidoyi inson edi. O‘zining faqatgina pandu nasihatlari bilan emas, hayoti bilan ham odamlarga o‘rnak bo‘lgan. Barchamiz bunday ulamolarimiz bilan faxrlansak arziydi, deb esladi davlatimiz rahbari.

Anvar qori Tursunov Qo‘chqorovich 1958-yil 21-noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

1966-1976-yillarda Hamza tumanidagi 198-umumta’lim maktabida tahsil olgan.

1981-yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini, 2001-yil Toshkent islom institutini tamomlagan.

Anvar qori Tursunov ommaviy axborot vositalari orqali doimiy chiqishlari, diniy mavzudagi ma’ruzalari bilan xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan ulamo edi.

Shuningdek, Anvar qori Tursunov 1989-1992-yillarda Qur’oni karimning birinchi tarjimasiga (Shayx Alouddin Mansur tarjimasi) muharrirlik qilgan.

(Manba: O‘zA)

O‘zbekiston Prezidenti Moskva shahrida futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 15-iyun kuni Toshkentga qaytib keldi.

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) tomonidan har to‘rt yilda tashkil etiladigan nufuzli musobaqada bu yil dunyoning 209 davlatidan saralangan eng kuchli 32 davlat terma jamoasi g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Garchand, chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etmayotgan bo‘lsa-da, hamyurtimiz, FIFA referisi Ravshan Ermatovning hakamlik qilishi o‘zbekistonlik har bir fuqaroni birdek quvontirmoqda.

Bir oy davom etadigan millionlar o‘yinida ishtirok etayotgan dunyoning eng kuchli terma jamoalari, eng kuchli futbolchilari muxlislarga unutilmas lahzalarni hadya etadi.

Jahon chempionatining ochilish marosimidan so‘ng Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari maydonga tushdi. Uchrashuvda rossiyalik futbolchilar 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

(Manba: O‘zA)

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

2018-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari butun musulmon dunyosi uchun shodlik va shukronalik, xayr-saxovat ayyomi bo‘lgan qutlug‘ Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zaro tabrik almashdilar.

Turkiya Prezidenti ushbu muborak kunlarda Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga tamal toshi qo‘yilganini yuqori baholadi va ushbu markaz ma’rifiy islomni rivojlantirish hamda buyuk ajdodlarimizning boy merosini dunyo hamjamiyatiga yetkazishda katta xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tomonlar oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar va muloqotlar yaxshi an’anaga aylanib borayotganini, ikki mamlakat o‘rtasida abadiy do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari kun sayin mustahkamlanayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Shu yilning 29-aprel – 1-may kunlari Turkiya Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirgan ilk tarixiy davlat tashrifi doirasidagi samarali uchrashuv va muzokaralar, o‘zaro manfaatli hamkorlikning keng yo‘nalishlari bo‘yicha erishilgan aniq kelishuvlar, imzolangan muhim shartnoma va bitimlar mamlakatlarimiz va xalqlarimizning ravnaqi hamda farovonligiga xizmat qilishi chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muloqot davomida ikki davlat rahbarlari savdo, investitsiya, bank-moliya, transport, turizm, infratuzilma va boshqa muhim sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

Muloqot so‘nggida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, qardoshlik va bir-biriga hurmat tamoyillariga asoslangan munosabatlarni hamda qo‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanlarini yana bir bor tasdiqladilar.

(Manba: O‘zA)

Rasmiy

Tayinlov

Nodir Ganiyev Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar mazkur boshqarmada bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

* * *

Abror Abduazimov TIV Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Eksportni oshirish va tashqi savdo aloqalari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zahiralarini boshqarish qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)

xalqaro munosabatlar

O‘zbekiston-Moldova vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2018-yilning 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Kishinyov shahrida bo‘lib o‘tgan TIV rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi O‘zbekiston-Moldova siyosiy maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.

Moldova Respublikasi Tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vazirligi davlat kotibi Tatyana Molchan boshchiligidagi Moldova delegatsiyasi bilan birgalikda ikki tomonlama munosabatlar, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlik kabi yo‘nalishlardagi aloqalarning muhim masalalari batafsil muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida so‘nggi yillarda asosan BMT Bosh Assambleyasi kun tartibi bilan cheklanib qolgan O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Savdo, qishloq xo‘jaligi, turizm sohasidagi kooperatsiya hamda ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik almashinuvni kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Uchrashuvda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston-Moldova Hukumatlararo komissiyasininng navbatdagi majlisini o‘tkazish masalasi ko‘tarildi. Ushbu shakldagi so‘nggi uchrashuv 16 yil oldin Toshkent shahrida o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston va Moldova tashqi siyosat idoralari delegatsiyalari tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

* * *

Shu kunning o‘zida Kishinyov shahrida O‘zbekiston va Moldova TIV vakillarining alohida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasi inventarizatsiya qilindi, yaqin istiqbolda kelishish va imzolanishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston-Moldova hujjatlari loyihalari yuzasidan fikr almashildi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)

Kishinyov shahridagi uchrashuvlar

2018-yilning 14-15-iyun kunlari O‘zbekiston-Moldova vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarida ishtirok etish uchun Kishenyov shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi TIV delegatsiyasi Moldova Iqtisodiyot va infratuzilma vazirligi davlat kotibi Yuliana Dregelin, Qishloq xo‘jaligi, mintaqaviy rivojlanish va atrof-muhit vazirligi davlat kotibi Vasileu Luka bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Moldova o‘rtasida turli shakllarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda ikki tomonlama aloqalarni aniq amaliy mazmun bilan boyitishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Siyosiy maslahatlashuvlar doirasida Moldova Tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri Tudor Ulyanovsk bilan qisqacha suhbat bo‘lib o‘tdi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)

jamiyat

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan muloqotni va samarali hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Ushbu sohada davlat siyosatini takomillashtirish topshirig‘i 2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish Davlat dasturiga kiritilgan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimizning boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida (www.regulation.gov.uz) jamoatchilik ko‘rib chiqishi uchun joylashtirildi.

Barcha qiziqishi bo‘lgan shaxslarni Konsepsiya loyihasi bilan tanishish va hujjat yuzasidan o‘z fikr va takliflarini izhor etishga taklif etamiz.

(Manba: )

O‘zbekiston turizm o‘lkasi

Noodatiy Boysun daralari, sharsharalari, g‘orlari og‘ushida yoxud ovring bo‘ylab fotosayohat

“UAZ”da jo‘shib oqayotgan daryoni kesib o‘tish, dara bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish, sharshara ostida turish, makkajo‘xori maydoni oldida surat tushish, dinozavrlar izini ko‘rish, muzdekkina buloq suvida chanqoqni qondirish, so‘ngra oxiri ko‘rinmaydigan tosh so‘qmoqda qo‘shni qishloqqa yetib borish(boshqa yo‘li ham yo‘q-da)...

Bir necha kun davomida o‘zbekistonlik va rossiyalik jurnalistlar Boysundagi ana shunday manzaralar va tabiatning boshqa durdonalari guvohiga aylandi. Ektremal media ekspeditsiya Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi tomonidan UzWaterAware loyihasi doirasida tashkil etildi. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirildi. Mazkur ajoyib safar O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan Markaziy Osiy ekologiya forumi paytida o‘tkazilgani esa yanada maroqlidir.

Demak, birinchi kuni boshni aylantiradigan azim tog‘ daralari tomon yo‘l oldik. Tosh devorlar orasidan oqib chiqayotgan suv o‘z yo‘lida ko‘pirib, ajoyib naqshlarni hosil qilardi. Darband darasi qachonlardir bu maskandan karvon yo‘llari, sarkardalar qo‘shinlari o‘tgani bilan mashhur. Uning chap tomonidan tik tushgan Zindomak g‘origa ko‘zimiz tushdi. Afsonalarga ko‘ra, Xo‘jamoy o‘z xalqini qurg‘oqchilikdan qutqarish uchun Yaratgandan najot so‘raganda, uzoq dara bo‘ylab yursa, ulkan qoya ostida bir joy kelishi haqida belgi kelgan. U aytilgan manzilga borib, hassasi bilan bir urganda, g‘ordan baliqlarga mo‘l bo‘lgan suv mabai otilib chiqqan ekan.

Yo‘l bo‘ylab, tik qoyalar va keskin burilishlarni asta aylanib o‘tar ekanmiz, qarshimizdan Kaptarxona darasi chiqdi. U doimiy ravishda nurab borgani uchun devorlarida shunday o‘yiqlar paydo bo‘lganki, sayyohlar unga chiqib olib, bemalol suratga tushishlari mumkin. Va ular bu yoqimli ishni do‘ndirishadi ham. Bu yerga tog‘ ekstrimi shinavandalari, qoya zabt etuvchilar, arxeologlar tashrif buyurishi odatiy holga aylangan.

Aytgancha, Padang qishlog‘i yaqinida anomal gravitatsiya holatiga duch kelish mumkin. Agar mashinani qoldirib uzunligi 50 metr bo‘lgan tepalikka chiqilsa, avtomobil o‘zidan-o‘zi, haydovchisiz yuqoriga qarab harakatlanadi. Suv ham bu yerda teskari oqadi. Bundan hayratda qolgan OAV vakillari qatori biz ham sirni topish uchun mehmonxonaga qaytdik.

Kun botar paytida ijodkorlar “Sirli O‘zbekiston” turistik jamiyatining tajribali gidlari kuzatuvida “UAZ”ga o‘tirib, tor tog‘ so‘qmoqlari bo‘ylab o‘tadigan va oson bo‘lmagan mashaqqatli yo‘lga otlandilar. Safar archalarga burkangan Zaurboshi darasidan boshlandi. Havo shunaqangi musaffo edi-ki!? Agar yuqoridan pastga qarasangiz o‘zingizni xuddi Toshkent teleminorasi tepasida turgandek his etasiz. Osmonda yirtqich qush o‘z o‘ljasini poylab uchib yuribdi. Balki uni tutishi bilan chiqish qiyin bo‘lgan tik qoyadagi uyasiga olib ketsa kerak. Daryo oqimi bo‘ylab, qizil tuproqdan barpo etilgan o‘ziga xos qishloqlar, sharsharalar, oxiri yo‘q so‘qmoqlar bo‘ylab jamoamiz baland tog‘da joylashgan ovulga yetib keldi.

Biologiya fanlari doktori bo‘lgan gidimiz Sharof Egamberdiyevning so‘zlariga qaraganda, tashqi dunyodan uzilib qolgan va yetib borish qiyin bo‘lgan joylarda hayratlanarli me’moriy yechimlarga guvoh bo‘lish mumkin ekan. Ulardan biri ovring*lardir.

Shunday ekan, bu qishloqni tashqi olam bilan bog‘lab turuvchi yagona yo‘ldir. Mahalliy aholi o‘rtasida “Ovringdagi yo‘lovchi kiprikdagi yoshga o‘xshaydi” degan gap ham yuradi.

O‘n ikki kishidan faqat uch nafari, jumladan, shu satrlarni yozayotgan muallif ham uzunligi 500 metr bo‘lgan so‘qmoq orqali tepalikka ko‘tarila oldi. U yerda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan oqbosh qumoyning boshimiz uzra bor go‘zalligini ko‘z-ko‘z qilib uchib yurganini ko‘rdik. Miriqib tomosha qildik, estetik zavq oldik. Demak, mashaqqatimiz mukofotsiz qolmadi.

Sarguzashtlarning uchinchi kuni O‘zbekistondagi eng katta sharsharaga borish bilan yodda qoldi. Minglab odamlar Sariosiyo tumaniga aynan Sangardakni ko‘rish va buloq suvidan bahramand bo‘lish uchun keladi. Juda balanddan tushayotgan suv qoyalarga uriladi, mayda-mayda tomchilarga aylanib, atrofda o‘ziga xos mikroiqlim hosil qiladi. Jurnalistlar guruhi, shuningdek, Nilu degan o‘ziga xos va noyob qishloqqa ham bordi. Unga kiraverishda yovvoyi pistalar, anjirlar, chilonjiydalarga duch kelasiz, hamma joyda yorqin sariq rangdagi shirach o‘sib yotibdi.

U yerdagi qulochi 25 metr qalinlikdagi chinor beixtiyor barchani diqqatini o‘ziga tortdi. Yaqinida baliqlar suzib yurgan muqaddas hovuz bor. Azim daraxt aynan shu obi hayot tufayli ungan va tirik. Sh. Egamberdiyevning aytishicha, bu joyda suv sathi yil davomida bir me’yorda saqlanib turadi. Qishloqda yashaydigan 1500 aholi uchun maxsus kanal orqali suv chiqarilgan.

Tuproqli uylardan turfa ranglarda do‘ppi kiygan bolalar chiqib keldi. Tor ko‘chalar bo‘ylab yugurishdi. Ularning qo‘llarida suv idishlarni ko‘tarib olishgan edi.

* Ovring — tog‘lik hududlarda tik tog‘ yon bag‘irlaridan o‘tgan tor yo‘llarning ilmiy adabiyotda qabul qilingan nomi. Ovring qoyalarni o‘yib, mustahkam qoziqlar ustiga shox-shabbalar to‘shab ishlanadi. O‘tib bo‘lmaydigan joylarga osma ko‘priklar quriladi. Tik silliq qoyaga baland zinapoyalar osib qo‘yiladi. Ba’zan qoyaning tepasiga katta qoziqlar qoqiladi, pishiq novdalardan eshilgan arqon halqa shu qoziqlarga osiladi. Arqon halqalarning pastki uchiga g‘o‘lalar yotqiziladi. Kishilar ana shu g‘o‘lalar ustidan yuradi. Ovringlar, asosan, piyoda yurishga mo‘ljallangan. Ba’zi qismlarida eshak-otlarda o‘tsa ham bo‘ladi. Ovringarni tepadan tushgan suv, toshlar va qor ko‘chkilari ishdan chiqaradi.

(Manba: Xalq so‘zi” gazetasi)

 

Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

YANGILIKLAR XABARNOMASI №116 O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi 2018-yil 14-iyun

posted 17 Jun 2018, 04:12 by Webmaster Ambasciata

O‘ZBEKISTON PREZIDENTNING FARG‘ONA VILOYATIGA TASHRIFI. 1

Iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, odamlarning muammolarini hal etish – islohotlarning asosiy maqsadidir 1

SIYOSAT.. 2

O‘zbekiston Prezidentining Moskva shahrida futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish marosimidagi ishtirokiga doir 2

Samimiy qutlovlar 2

IQTISODIYOT.. 3

“O‘zavtosanoat”: Mahalliylashtirish darajasining bugungi ahvoli kanday?. 3

Eksport.. 4

Qashqadaryoda Janubiy Koreya bilan 15 mln dollarlik yangi qo‘shma korxona ish boshlaydi 4

Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi. 4

Davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston muzokaralari to‘g‘risida  4

 

O‘ZBEKISTON PREZIDENTNING FARG‘ONA VILOYATIGA TASHRIFI

Iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, odamlarning muammolarini hal etish – islohotlarning asosiy maqsadidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018-yilning 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tashrifining birinchi kuni ko‘plab yangi loyihalar bilan tanishdi, tadbirkor va investorlar, ishchi-xizmatchilar, fermerlar, nuroniylar bilan uchrashdi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda bo‘ldi.

Bu yerda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosining borishi bilan tanishdi, harbiy-havo desantchilari brigadasi mashg‘ulotlarini kuzatdi, askar va ofitserlar bilan muloqot qildi.

Mamlakatimiz sarhadlari himoyachilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib hayot kechirishini ta’minlash masalasi doimiy e’tiborda. Xususan, ushbu harbiy qismda ham Vatan himoyachilarining o‘z xizmat burchini namunali o‘tashi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Davlatimiz rahbari harbiy qismda tashkil etilgan Madaniy hordiq markazi, Ma’naviyat markazi, autsorsing tizimi joriy etilgan oshxonani ko‘zdan kechirdi.

– Vatanni sevish – ulug‘ fazilat. Yoshlarimizni ana shunday fazilatli qilib tarbiyalashimiz kerak. Buning uchun siz kabi mag‘rur, baquvvat yigitlar namuna bo‘lishi zarur. Yoshlar bilan tez-tez uchrashib turish, ularni milliy iftixor, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish kerak, – dedi Prezident.

Uchrashuvda harbiylarning yashash sharoitini yaxshilash, ularni uy-joy bilan ta’minlash ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi qayd etildi. Buning uchun joylarda tashkil etilgan harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatini takomillashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Harbiy-havo desantchilari tayyorgarligini oshirib borish uchun aerodinamik trenajyorlar o‘rnatish, “Vatanparvar” tashkilotlari huzurida parashyutchilar to‘garaklari ochish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi Mustaqillik mavzesidabarpo etilayotgan ko‘p qavatli yangi uy-joylar bilan tanishdi.

Dastlab Farg‘ona shahrining Bosh rejasi asosida amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari haqida ma’lumot berildi.

Prezidentimizning 2016 yil 22 noyabrdagi 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, o‘tgan yili Mustaqillik mavzesida 7 qavatli 5 ta uy qurilib, ehtiyojmand oilalarga topshirilgan edi.

Bu uylar 2 va 3 xonali bo‘lib, yigirma yillik imtiyozli ipoteka krediti asosida berilgan. Xonadonlarda barcha sharoit yaratilgan. Kvartiralar isitish qozoni bilan ta’minlangan. Binolarga zamonaviy liftlar o‘rnatilgan.

Ayni paytda hududda joriy yilga rejalashtirilgan 10 ta uy, mehmonxona, 150 o‘rinli bog‘cha qurib bitkazilmoqda. 2019 va 2020 yillarda bu yerda yana 19 ta ko‘p qavatli uy barpo etish ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari ko‘p qavatli uylar uchun Turkiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan turar joy binolarini bloklardan barpo etish tajribasini o‘zlashtirish zarurligini ta’kidladi.

– Bloklardan quriladigan uy tez bitadi, zilzilaga bardoshli, tannarxi arzon bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Rivojlangan davlatlarning barchasida ana shunday uylar qurilmoqda. Mamlakatimizga bloklardan uy qurish bo‘yicha zamonaviy texnologiya olib kelinmoqda. Bu kelgusida uy-joy qurilishini ko‘paytirish imkonini beradi.

Ijtimoiy soha xodimlari, o‘qituvchilar va shifokorlarga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar bunyod etishga kirishish, ular uchun boshlang‘ich badal to‘lovida imtiyozlar berish istiqboldagi rejalardan ekani qayd etildi.

Shu yerda viloyatdagi mavjud infratuzilma inshootlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy va Qo‘qon shaharlaridagi ko‘p qavatli uylarning isitish tizimini qayta tiklash, viloyatda ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari taqdimotlari o‘tkazildi.

Prezidentimiz Farg‘ona viloyatidagi ushbu yirikshaharlarni rivojlantirish, aholining muammolarini hal etish, iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan mazkur shaharlar hokimlariga zarur topshiriqlar berdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

(Manba: O‘zA)

SIYOSAT

O‘zbekiston Prezidentining Moskva shahrida futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish marosimidagi ishtirokiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2018 yil 14 iyun kuni Moskva shahrida futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.

(Manba: O‘zA)

Samimiy qutlovlar

Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlardan tabrik maktublari kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev

Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Amerika xalqi nomidan Melaniya va men Sizga va O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz.

Ramazon oyining yakunlanishini nishonlar ekanmiz, qo‘shnilarga yordam berish va turli e’tiqodga mansub odamlar bilan taomni baham ko‘rishdek islom dinining adolat va rahm-shafqatli bo‘lish kabi muqaddas an’anasini yanada teran anglaymiz. Ramazon hayiti do‘stlikda bir-birini qo‘llab-quvvatlash va barchaning o‘z salohiyatini to‘laligicha ro‘yobga chiqara oladigan jamiyatni barpo etish mas’uliyatini yodga soladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari ko‘plab diniy e’tiqodlar, shu jumladan, mamlakatimiz yuksalishiga muhim hissa qo‘shgan va Qurolli Kuchlarimizda sharaf bilan xizmat qilgan amerikalik musulmonlarning ham yurtidir.

Ushbu fazilatli ayyomda men dunyodagi barcha musulmonlarga o‘zimning eng samimiy tabriklarimni yo‘llar ekanman, kelasi yildagi Ramazon hayitini ham sihat-salomatlik va farovonlikda nishonlashni tilayman. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! 
Ehtirom ila,

Donald J.TRAMP,

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Prezidenti

***

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Saudiya Arabistoni Podshohi, ikki muqaddas masjid xodimi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchibin al-Husayn;

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin Ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi Mahmud Abbos;

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiYusuf al-Usaymin.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

(Manba: O‘zA)

IQTISODIYOT

 “O‘zavtosanoat”: Mahalliylashtirish darajasining bugungi ahvoli kanday?

Importni optimallashtirish, mahalliylashti-rish ko‘lamini kengaytirish orqali ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari tannarxini kamaytirish yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsaddir.

Xo‘sh, sanoatimizning yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan avtomobilsozlikda bu boradagi ahvol qanday?

“O‘zavtosanoat” aksiyador-lik jamiyati boshqaruvi raisi Umid Salimovning aytishicha, tarkibida 75 ta ishlab chiqarish korxonasi-ni birlashtirgan mazkur ja-miyat tizimida joriy yilning olti oyida import hajmi 5 foiz qisqarishi kutilyapti. Ammo bu past ko‘rsatkich bo‘lib, uni yil oxirigacha 10 foizga yetka-zish ko‘zda tutilgan. Shu bois Mahalliylashtirish dasturi doirasida kooperatsiya alo-qalarini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlari-ni jalb qilgan holda, import o‘rnini bosuvchi avtomobil ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy chora-tadbir-lar ko‘rilyapti.

Yaqinda poytaxtimizda tashkil etilgan ko‘rgazmali-seminardan ko‘zlangan maq-sad ham shundan iborat edi. “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekneft-gaz”, “O‘zagrosanoat” aksiya-dorlik jamiyatlari, “O‘z-eltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari qatnashgan ushbu tadbirda mamlakatimiz avtomobil-sozlik sanoati uchun zarur bo‘lgan, ammo ayni paytda import qilinayotgan butlovchi qismlar namoyish etildi.

Ta’kidlash kerakki, Asakadagi avtomobil zavodi faoliyatini boshlagan paytda to‘rtta mahalliy korxona tomonidan atigi 12 xildagi butlovchi qism-lar yetkazib berilgan, xolos. Bugungi kunda ta’mi-notchi korxonalar soni 100 dan, ular tomonidan yetkazib berilayotgan mahsu-lotlar turi esa 2,5 ming-dan oshdi. Shunday bo‘lsa-da, import hali aytarli dara-

jada kamaygani yo‘q. Masa-lan, shtamplangan detallar chetdan eng ko‘p olib keli-nadigan butlovchi qismlar sirasiga kiradi. Yiliga o‘rtacha 47 million AQSh dollarilik 482 xildagi shunday detallar import qilinmoqda. Xuddi shuningdek, plastik va rezina detallar, o‘qlar, uzatmalar qutisi richagi, tormoz va rul boshqaruvi tizimlari, hatto, xavfsizlik kamar-lari ham to‘liq xorijdan keltirilyapti.

Tabiiy savol tug‘iladi: shu kabi talab katta bo‘lgan, muhimi, mahalliylashtirish imkoniyati mavjud detal va butlovchi buyumlar qachon o‘zimizda ishlab chiqarila boshlanadi?

— Importni optimallashtirish, ayniqsa, “GM Uzbekistan" talab katta ehtiyot qism hamda butlovchi buyumlarni mahalliy xom ashyo asosida tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilyapti, — deydi “O‘z-avtosanoat” AJ Mahalliy-lashtirish boshqarmasi bosh-lig‘i Shavkat Alimov. — Shu maqsadda ishlab chiqilgan dastlabki 26 ta loyihada to‘liq import qilinayotgan detallarni mahalliylashti-rish ko‘zda tutilgan. Birgina shtamplangan detallarni ishlab chiqarishni o‘zlashti-rish uchun qiymati 70,1 million AQSh dollarilik loyiha tayyorlandi. Semi-narda shu kabi butlovchi bu-yumlarga bo‘lgan yillik ehtiyoj, ularning o‘ziga xos jihatlari, sarf etiladigan mablag‘, qaysi kompaniyalar bilan hamkorlik qilish ke-rakligi haqida ma’lumotlar berdik. Bu esa tadbirkor-larga ma’qul keldi.

Tadbir ishtirokchilari taqdim etilgan loyihalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtir-gan savollarga mutasaddi-lardan aniq javob oldilar.

(Manba: Xalq so‘zi” gazetasi)

Eksport

Qashqadaryoda Janubiy Koreya bilan 15 mln dollarlik yangi qo‘shma korxona ish boshlaydi

Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga uyushtirgan tashrifi natijasida Koreyaning SGT kompaniyasi hamda «BIG Agro» korxonalari o‘rtasida zamonaviy issiqxonalar va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona ochish borasida shartnoma imzolandi.

«BIG Agro» MChJ vakili Bobur Abdumavlonovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Janubiy Koreyaning nufuzli SGT bilan tuzilgan yirik shartnoma qiymati 15 million AQSh dollarga teng.

Mazkur shartnomaga ko‘ra Janubiy Koreyalik mutaxassislar tomonidan o‘ylab topilgan issiqxonalar konstruksiyasi va tomchilatib sug‘orishga oid eng so‘nggi texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxona Qashqadaryo viloyatida ish boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «BIG Agro» MChJ tomonidan Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida ilk bor achchiq qalampirning kayen gibridli navi ko‘chatlari yetishtirilib, dala maydonlarga ekilayotgani haqida ham xabar bergan edik.

(Manba: Kun.uz)

Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi

Davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston muzokaralari to‘g‘risida

2018-yilning 8-14-iyun kunlari Andijon shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki mamlakat Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida 2017-yil 5-sentabrdagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomaga kiritilmagan uchastkalardan O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining o‘tish chizig‘ini tavsiflash bo‘yicha ish davom ettirildi.

Qo‘shma faoliyat konstruktiv asosda va do‘stona ruhda o‘tdi.

Muzokaralar yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)

  

Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

YANGILIKLAR XABARNOMASI №115 O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi 2018-yil 13-iyun

posted 17 Jun 2018, 04:12 by Webmaster Ambasciata

PREZIDENT.. 1

Hududlarning iqtisodiy rivojlanishi xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi 1

Rasmiy.. 3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga sharh. 3

Investitsiya.. 4

Yangi loyihalar –yangi ish o‘rinlari demak. 4

xalqaro munosabatlar.. 5

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Qirg‘iziston harbiy delegatsiyasini qabul qildi 5

Kishinyov shahrida bo‘lajak vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida. 5

O‘zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi. 5

Xalq manfaatlarini ta’minlashga doir qonun loyihalari muhokama qilindi 5

"Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuidagi xalqaro konferensiya.. 7

Yoshlar masalasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda. 7

Sport.. 9

Paralimpiyachi-suzuvchilar 2 ta jahon va 7 ta Osiyo rekordini yangiladi 9

Ilova.. 9

Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida  9

  

PREZIDENT

Hududlarning iqtisodiy rivojlanishi xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018-yil 12-iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Farg‘ona viloyatini 2018-yilda rivojlantirish investitsiya dasturi doirasida 285 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar 35 tasi yakuniga yetkazildi. Viloyatda 212 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatayotir, joriy yilning o‘tgan davrida xorijiy sarmoya ishtirokidagi 45 korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar ham aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Quva tumanida yangi barpo etilgan “Farg‘ona anorchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma bilan tanishdi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, bog‘dorchilikni rivojlantirish, meva-sabzavotlar eksportini oshirish borasida istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyatida bugungi kunda bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, agrar soha mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishda salmoqli yutuqlarga erishilmoqda.

Bu zamin anorlari dunyoga mashhur. Ayni kunlarda anorning serhosil va iqlim sharoitiga mos yangi navlarini yaratish, anorzorlar barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Farg‘ona anorchilik” agrofirmasida amalga oshirilayotgan ishlar bunga yaqqol misoldir.

Anor yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni eksport qilish va ekoturizm xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan agrofirmaning umumiy maydoni 300 gektardan oshadi. Shundan 289 gektariga 15 ga yaqin navli 272 ming tupdan ziyod anor ko‘chati ekilib, parvarishlanmoqda. Besh yuzga yaqin kishining bandligi ta’minlangan. 2025-yilgacha anorzor maydonini 2 ming gektarga yetkazish rejalashtirilgan. Anorzor to‘liq hosilga kirgach, yiliga 10 ming tonna mahsulot yetishtiriladi.

Agrofirmaga 2018-2020-yillarda investitsiya tariqasida Isroildan qadoqlash, Italiyadan mahsulot qabul qilish, yuvish va saralash uskunalari, Niderlandiyadan muzlatgich agregatlari keltirib o‘rnatish mo‘ljallanmoqda. Natijada 2 ming 400 tonna sharbat, 3 ming 600 tonna saralangan anor donachalari, 4 ming tonna qadoqlangan anor tayyorlash imkoniyati yaratiladi.

Shu yerning o‘zida viloyatda agrologistika markazi, anorzorlar tashkil etish, parrandachilik, chorvachilik, tuyachilik, baliqchilik, limon, urug‘lik kartoshka yetishtirish, asalarichilikni rivojlantirish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Anor har qanday kamyob meva kabi daromad manbaidir. Bugungi kunda mamlakatimizda anorchilikni biladigan mutaxassis kam. Farg‘ona davlat universitetida anorchilikni rivojlantirish kafedrasi ochib, yangi navlar yaratish, mutaxassislar tayyorlash kerak. Shunda bu sohadan ko‘proq daromad olib, mahsulotni xorijga eksport qilish mumkin, dedi Prezidentimiz.

Marg‘ilon shahridagi “Narimteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifati va o‘ziga xos dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Korxona zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan. Bu yerda eksport hajmini oshirish borasida doimiy izlanishlar olib borilmoqda.

“Narimteks” tashkil etilgan 2008-yilda oddiy tikuv mashinalarida xotin-qizlar kiyimlari tikilardi. Mamlakatimizda tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar korxonani rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirdi. 2012-2015-yillarda xitoylik hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqarish jarayoni modernizatsiya qilindi. Zamonaviy bichish-to‘qish, bezak berish va tikuv mashinalari keltirib o‘rnatildi. Natijada korxona palto, kurtka, kostyum, pidjak kabi mahsulotlari bilan iste’mol bozorida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘ldi, yangi ish o‘rinlari yaratildi.

O‘tgan yili “Narimteks” 632 ming dollarlik mahsulot eksport qildi. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 800 ming dollarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentimiz ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, tikuvchi ayollar bilan muloqotda bo‘ldi.

– Xotin-qizlarning munosib hayot kechirishida kiyinish madaniyatining o‘rni katta. Libosi o‘ziga yoqsa, yarashsa, ayol kishining kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Bunday chiroyli va bejirim, zamonaviy va ayni paytda milliy mentalitetimizga mos kiyimlarni kiygan xotin-qizlarning dunyoqarashi ham kengayadi. Bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun hamma sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Chunki ayollarni hayotdan rozi qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz ichki va tashqi bozorda o‘rin topish uchun mahsulot ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, ishchi-xizmatchilarning malakasini doimiy oshirib borish zarurligini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari shu yerda Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bilan tanishdi.

Viloyatda xorijiy sarmoyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishga qaratilgan investitsiyaviy xab tashkil etilmoqda. Xorijdagi doimiy ofislar, birodarlashgan shaharlar va yurtimizdagi chet ellik ishbilarmonlar orqali bu xabga 161 million dollardan ziyod investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda. Ushbu mablag‘ni yangi korxonalar ochish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirib, 2 ming 700 dan ortiq ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, mazkur investitsiyaviy xab viloyatdagi erkin iqtisodiy zonalar va innovatsion markazlar bilan ham ishlaydi.

Prezidentimiz bu tizimni takomillashtirish, bunday xablarni boshqa hududlarda ham tashkil etish, iqtisodiy barqaror korxonalarni ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalariga investitsiya jalb etish, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashga oid loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Marg‘ilon shahrida ijodkorlar bog‘ini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Shu asosda bu yerda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bog‘ maydoni 16,7 gektar bo‘lib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan, gulzor va maysazorlar tashkil etilgan. Uning markazida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov haykali o‘rnatilgan.

Shavkat Mirziyoyev ijodkorlar bog‘ini borib ko‘rdi. Erkin Vohidov haykali poyiga gul qo‘ydi.

– Ushbu bog‘ yoshlar ma’naviyatini yuksaltiradigan maskanga aylanishi kerak. Bu yerga keluvchilar Erkin Vohidov she’rlaridan bahramand bo‘lib, ma’naviy olamini yanada boyitsin, – dedi davlatimiz rahbari.

Bog‘da, shuningdek, Erkin Vohidov nomidagi ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi iste’dodli yoshlar maktab-internati, Erkin Vohidov memorial muzeyi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi binosi, Nuroniylar maskani, turli tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan 1500 o‘rinli amfiteatr, osh markazi va boshqa infratuzilma obyektlari qurilgan. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, Marg‘ilonda yangi ma’naviyat o‘chog‘i barpo etildi.

Davlatimiz rahbari memorial muzeydagi eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Bu maskan haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lishi, bu yerga o‘quvchi va yosh ijodkorlarni ko‘proq olib kelish zarurligini ta’kidladi. Viloyatda bir yilda ikki marta Vohidovxonlik kunlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Nuroniylar maskanida mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi.

Prezidentimiz Oltiariq tumanidagi “Ismoil Nozim obod” fermer xo‘jaligida bo‘lib, mazkur xo‘jalik misolida Farg‘ona viloyatida paxta va g‘alladan olinadigan hosilni ko‘paytirish va takroriy ekin ekish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishdi.

2006 yili tashkil etilgan mazkur xo‘jalik 60 gektarda dehqonchilik qiladi. Qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan imkoniyatlar, fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash materiallari, mablag‘ va mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash tizimi izchil yo‘lga qo‘yilayotgani natijasida joriy yilda 30 gektar g‘alla maydonidan 85-90 sentnerdan hosil olish mo‘ljallanmoqda. Bundan tashqari, 30 gektar yerda g‘o‘zaning “Namangan-77” navi parvarishlanmoqda.

Davlatimiz rahbari paxta dalasini, g‘alla o‘rim-yig‘imining borishini ko‘zdan kechirdi. Viloyat dehqon va fermerlari bilan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib olish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muloqot qildi.

Qishloq xo‘jaligi uchun murakkab kelgan joriy yilda fermerlar oldida suvdan omilkorlik bilan, tejamli foydalanish, takroriy ekin ekiladigan maydonlarni to‘g‘ri belgilash va hosildorlikni oshirish, urug‘ sifatini yaxshilash bo‘yicha dolzarb vazifalar turganini ta’kidlab, mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumani Qapchig‘oy mahallasidagi “Smart kids” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini borib ko‘rdi.

Davlat-xususiy sherikchilik asosida ishga tushirilgan ushbu bog‘cha 210 o‘ringa mo‘ljallangan. Kichkintoylarni har tomonlama rivojlantiradigan o‘yinchoq va inventarlar bilan jihozlangan. Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 38 ta shunday zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda.

Shu yerda mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tizimida tatbiq etilayotgan Integratsiyalashgan monitoring elektron tizimi taqdimoti o‘tkazildi. Bu tizimda har bir bolaning tug‘ilishidan to voyaga yetgunga qadar bo‘lgan holati, sog‘ligi, ulg‘ayishi, o‘zlashtirishi haqida ma’lumotlar jamlanadi. Shuningdek, unda tarbiyachilar, bog‘chalar, ularga ehtiyoj to‘g‘risida ham barcha axborotlar bo‘ladi.

– Bu ta’lim-tarbiya tizimining asosi, o‘ziga xos oynasi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Undagi ma’lumotlarni kuzatish, tahlil qilish orqali ta’lim-tarbiyada nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlaymiz. Bizning farzandlarimiz eng yaxshi, zamonaviy sharoitlarga munosib.

Prezidentimiz ushbu elektron tizimni ma’lumotlar bilan to‘ldirish, uni ta’limning keyingi bosqichlarida ham qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu kuni Oltiariq tumanida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videoselektor shaklida o‘tgan yig‘ilishda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot sohalarini takomillashtirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

(Manba: O‘zA)

Rasmiy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga sharh

2018-yil 12-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq ilk marotaba muborak Ramazon hayiti munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan 226 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 102 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 71 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 39 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, boshqacha qilib aytganda, 212 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinadi. Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 40 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 39 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayollar, shuningdek, 51 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish, olijanoblik va mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu fazilatlarning muborak Ramazon oyida yanada yuksak namoyon bo‘lganligining amaliy ifodasidir.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

(Manba: O‘zA)

Investitsiya

Yangi loyihalar –yangi ish o‘rinlari demak

Navoiy viloyatida baliqchilikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat yaratilgan bo‘lib, ayni paytda 170 ming gektardan ortiq tabiiy va sun’iy suv havzalari mavjud. 76,1 ming gektar tabiiy suv havzalari 27 xo‘jalikka ijaraga berilgan.

Viloyatdagi 1,2 ming gektar sun’iy suv havzalarida 172 baliqchilik xo‘jaligifaoliyat ko‘rsatmoqda.

Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv omborida “Aqua-Tudakul” qo‘shma korxonasi tomonidan Vyetnam texnologiyasi asosida baliq chavog‘i yetishtiruvchi inkubatsiya sexi barpo etildi. Ayni paytda korxona tomonidan mavjud binoda yiliga 1000 tonna baliqni qayta ishlash sexini moslashtirish ishlari olib borilmoqda. Navoiy shahridagi “Shams-Navoiy” va AQSHning “CASEF” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “Aqua-Tudakul” qo‘shma korxonasi faoliyati viloyatda baliqchilikni rivojlantirish hamda hududda investitsiya muhitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbari joriy yilning 2 mart kuni viloyatga tashrifi davomida hududda baliqchilikni yanada rivojlantirish borasida tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, shu bilan birga, ayrim kamchiliklar xususida to‘xtalgan edi. Jumladan, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilikni rivojlantirish, ushbu havzalardan foydalanishni tartibga solish, noqonuniy baliq ovlashga chek qo‘yish, bu yerda inkubatsiya sexlari tashkil etish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani tanqid qilingan edi. Bu masalaga ijobiy yechim topish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi huzurida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Mamlakatimizning barcha viloyatlariga ko‘l havzasida baliq yetishtirish uchun 14 hudud ajratib berildi.

Bugungi kunda Aydarko‘lning viloyatga tegishli hududida 5 baliqchilik fermer xo‘jaligi faoliyat yuritayotir.

Zarafshon daryosi o‘zanida joylashgan “To‘dako‘l” suv havzasidan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilishi natijasida bu yerda yetishtirilayotgan baliq mahsulotlari xorijga eksport qilinmoqda.

Qo‘shma korxonada 250 tonnalik muzlatkichli omborxona barpo etish, xorijdankeltirilgan texnologik liniyalarni o‘rnatish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. 400 tonna baliq felesi hamda 350 tonna yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish, baliq kotleti tayyorlash sexlari tashkil etilmoqda. Korxona mahsulotlari asosan, Turkiya, Rossiya va Ukraina davlatlariga eksport qilinadi. Eng muhimi, qariyb 100 nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

– Suv havzasida hosildorlikni oshirish maqsadida rossiyalik va xitoylik olimlar hamda vyetnamlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda, – deydi qo‘shma korxona bosh direktori Sh.Jamolov. – Shuningdek, ilg‘or va samarali texnologiyalarni o‘rganish maqsadida mutaxassislarimiz xorijda tajriba oshirmoqda. Olib borilayotgan ishlar tufayli havzada baliq ovlash va yetishtirish hajmi 2 barobar ko‘paydi.

Joriy yilda korxonaning inkubatsiya sexlarida 20-22 million dona, yopiq suv aylanma qurilmasidagi 40 hovuzda tabiiy yo‘l bilan 20 million dona baliq chavog‘iyetishtirilishi rejalashtirilgan.

– “To‘dako‘l” suv havzasida 2002 yildan beri baliqchilik sohasida qo‘shma korxona bilan hamkorlik qilamiz, – deydi Isroil davlatining “Galidi” kompaniyasi menejeri Ofer Berzak. – Kelgusida mahalliy tadbirkorlar hamkorligida Aydarko‘lda ham yiliga 4 ming dona baliq yetishtirishga mo‘ljallangan yangi loyihani amalga oshirmoqchimiz. Asosiysi, baliqni qayta ishlash va konservatsiya qilish shu yerning o‘zida amalga oshiriladi. Bu esa, Navoiy viloyatida baliqchilik sanoati yangi bosqichga ko‘tarilishini anglatadi.

(Manba: O‘zA)

xalqaro munosabatlar

Kishinyov shahrida bo‘lajak vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida

2018-yilning 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Kishinyov shahrida tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi O‘zbekiston-Moldova siyosiy maslahatlashuvlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi doirasida Moldovaning boshqa qator vazirliklarida ham muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Qirg‘iziston harbiy delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Rayimberdi Duyshenbiyev boshchiligidagi harbiy delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

Muloqotda mudofaa sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, harbiy yo‘nalishda aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘iziston bilan do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.

Uchrashuvda ikki mamlakat harbiy mahkamalari o‘rtasida 2018 yilda mudofaa sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik rejasi imzolandi.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida harbiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari bilan tanishdi.

(Manba: O‘zA)

O‘zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi

Xalq manfaatlarini ta’minlashga doir qonun loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar kun tartibiga kiritilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar. Qonun loyihalari dastavval siyosiy partiyalar fraksiyalarining, O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, qo‘mitalar va ular huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan ekspert guruhlarining majlislarida muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan majlis jarayonida muhokama qilingan va konseptual jihatdan ma’qullangan edi.

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida parlament quyi palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zolari tomonidanjoylarda ushbu soha mutaxassislari, olimlar ishtirokida 10 ga yaqin kengaytirilgan yig‘ilishlar tashkil etildi. Muhokamalar yakunlariga ko‘ra to‘plangan barcha takliflar umumlashtirildi va tahlil qilib chiqildi. Shuningdek, qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi doirasida Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. Umuman olganda, fuqarolarning 50 dan ziyod takliflari o‘rganilib, ulardan eng dolzarblari qonun loyihasini maromiga yetkazishda hisobga olindi.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash, davlatimizning konstitutsiyaviy tuzumini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligini, millatlararo hamda konfessiyalararo totuvlikni saqlash, ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash imkonini berishi deputatlar tomonidan qayd etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish davomida ta’kidlandiki, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi deputatlari tomonidan xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribasini o‘rganishga e’tibor qaratildi. Chunonchi, tadbirkorlar birlashmalariga majburiy a’zolikning kiritilishi biznes hamjamiyatini o‘zaro uyg‘unlashtiradi va iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Qonun loyihasi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani biznes hamjamiyatini institutsional rivojlantirish orqali takomillashtirishga qaratilgan.

Deputatlar mamlakatimizda nizolarni mustaqil shaxslar – mediatorlar ishtirokida hal etishning muqobil usullarini rivojlantirish, sudlar zimmasidagi yukni kamaytirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildilar.

Ijtimoiy ahamiyati hisobga olingan holda ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasining www.parliament.gov.uz. rasmiy veb-saytiga, shuningdek, deputatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga joylashtirilgan bo‘lib, bu saylovchi-obunachilarning fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olish imkonini berdi. Kelib tushgan ko‘pgina takliflar qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashda hisobga olindi.

Nizolarni hal etishda mediatsiyani qo‘llash vaqtni tejash hamda fuqarolar, tashkilotlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining sud xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi, nizolarning sudga qadar hal etilishini amalga oshirishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratadi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Deputatlar, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-mayda qabul qilingan “2017-2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2954-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning yer osti suvlaridan ruxsatsiz suv olish uchunjavobgarligi kuchaytirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar mazkur videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda joylardagi ishlarning aniq holatini o‘rganib chiqdilar. Ishlar yakunlari yer osti suvlaridan ruxsatsiz suv olish uchun ma’muriy javobgarlikning kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasida inobatga olindi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanishgako‘maklashadi.

Majlis qiziqarli bahs-munozaralar shaklida o‘tib, bu kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalarini har tomonlama muhokama qilish imkonini berdi. Parlament a’zolari Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.

 (Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati)

"Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuidagi xalqaro konferensiya

Yoshlar masalasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Toshkentda "Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etish uchun kelgan BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jayatma Vikramanayake boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida bo‘ldi.

Mehmonlarga 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati xususida so‘zlab berildi. Delegatsiya a’zolari Parlament quyi palatasining faoliyati bilan tanishdi.

Delegatsiya vakillari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra tashkilotga a’zo davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilinganiga alohida e’tibor qaratdi. Bu O‘zbekistonning yoshlar masalasiga jiddiy yondashishini anglatadi.

Bugungi kunda yer yuzi aholisining 2 milliarddan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etmoqda. Bu esa, ularning muammolari, o‘y-xayollari va orzu-umidlari bilan jiddiy shug‘ullanish naqadar muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Muloqot davomida bu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda yurtimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik bazasi, ularga yaratilgan keng imkoniyatlar xususida so‘z bordi. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilayotgan islohotlarning amalga oshirilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rolini oshirish maqsadida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya tuzilgani va uning bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

– O‘zbekistonda yoshlar masalasiga, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganiga,imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo‘ldik, – deydi J.Vikramanayake. – Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida hamda Sindao shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida yoshlar masalasiga doir ilgari surgan g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘zbekistonda yoshlarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Bu o‘zbek yoshlarining dunyo miqyosida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishini ta’minlashga zamindir.

* * *

“Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuidagi xalqaro konferensiya 12-iyun kuni Samarqandda o‘z ishini davom ettirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori va BMT bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Latviya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Malayziya, Kuvayt, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston singari mamlakatlar delegatsiyalari, xorijlik ekspertlar, shuningdek, senatorlar, deputatlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari, fan arboblari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Poytaxtimizda boshlangan xalqaro konferensiyaning Samarqandda davom etishi bejiz emas. Yurtimizning qadimiy va hamisha navqiron bu shahri o‘zining qariyb uch ming yillik tarixi davomida ilm-fan, madaniyat va sivilizatsiya markazi bo‘lib kelgan. Buyuk ipak yo‘lining chorrahasi, Sharq gavhari deb e’tirof etiladigan bu muqaddas zaminda azaldan diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik muhiti qaror topgan. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Xo‘ja Ahror Valiy singari ulug‘ alomalar muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelishi bilan mintaqada ilk bor bunyod etilgan Hazrati Xizr masjidi ham Samarqandda joylashgan. Bugungi kunda ushbu tarixiy masjid va ulug‘ allomalar mangu orom topgan maskanlar obod etilib, butun dunyo musulmonlarining qutlug‘ ziyoratgohiga aylangan.

Ayni paytda Samarqandda boshqa din vakillarining ham ibodat amallarini emin-erkin ado etishi, an’ana va qadriyatlarini yosh avlodga o‘rgatishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Viloyatda 100 dan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq hayot kechirmoqda. 10 ga yaqin milliy-madaniy markazlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Xalqaro konferensiya qatnashchilari dastlab viloyatdagi milliy-madaniy markazlar, diniy konfessiyalar vakillari bilan suhbatlashdi, ularning faoliyati bilan tanishdi.

Shundan so‘ng konferensiya “Millatlararo va dinlararo munosabatlarda O‘zbekiston tajribasi” mavzusida o‘z ishini davom ettirdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Sh.Minovarov, YEXHTning yoshlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Matteo Pulyeze, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy kengashi rahbari, muftiy Albir Krganov, AQSHning Tinchlik instituti ilmiy xodimi Belkis Ahmadi va boshqalar bugungi kunda diniy ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda butun dunyo xalqlari hamjihatlikda harakat qilishi lozimligini ta’kidladi. Aholi, ayniqsa, yoshlarning diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularga dinning asl mohiyatini tushuntirish, bu boradagi bilimlarini oshirish samarali usul ekani qayd etildi. Mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, yoshlar orasida terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishning siyosiy-huquqiy asoslari, bu jarayonda davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar sohasidagi O‘zbekiston tajribasi haqida fikr almashildi.

– O‘zbekiston – muqaddas islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar yurti, – deydi Malayziya islom sivilizatsiyasi instituti direktori Mohd Yusuf hoji bin Usmon. – Buni butun musulmon olami e’tirof etadi. Shu jihatdan mazkur xalqaro anjumanning ushbu yurtda tashkil etilishi tarixiy ahamiyatga ega. Qolaversa, bugungi kunda O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, yoshlarni bu illatlardan asrashda ma’rifat, ma’naviyat kuchidan samarali foydalanilayotgani o‘rgansa arzigulik amaliyot. Keyingi yillarda bu yerda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazi kabi tuzilmalar tashkil etilgani nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo xalqlari manfaatiga xizmat qilishi, muqaddas islom dini mohiyatidagi ezgulik, bag‘rikenglik va totuvlikni keng targ‘ib etishga yordam berishi shubhasiz.

Xalqaro konferensiyadan so‘ng ishtirokchilar Samarqand shahridagi Rim-katolik cherkovi va Arman-apostol cherkoviga tashrif buyurdi. Shuningdek, shahardagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, muqaddas qadamjolarga sayohat qildi.

Tadbir doirasida Registon majmuasidagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jayatma Vikramanayake samarqandlik yoshlar bilan uchrashib, ular bilan muloqot qildi.

(Manba: O‘zA)

sport

Paralimpiyachi-suzuvchilar 2 ta jahon va 7 ta Osiyo rekordini yangiladi

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi Germaniyadagi musobaqada 10 ta medalni qo‘lga kiritib, 2 ta jahon va 7 ta Osiyo rekordini yangiladi.

7−10-iyun kunlari Berlinda nogiron sportchilar o‘rtasida suzish bo‘yicha xalqaro ochiq musobaqa bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston termasi atletlari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, ikkita jahon va yettita Osiyo rekordini yangiladi. Bu haqda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Islom Aslanov ikkita oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Dmitriy Xorlin va Firdavsbek Musabekov musobaqaning kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi, Muzaffar Tursunxo‘jayev esa ikkita «bronza» sohibiga aylandi.

Islom Aslonov va Muzaffar Tursunxo‘jayev shohsupaning birinchi va uchinchi pog‘onalarida. Manba: O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati terma jamoa sportchilarining musobaqadagi natijalarini sanab o‘tdi:

Islom Aslanov:

50 m krol — oltin, Osiyo rekordi

100 m krol — oltin, Osiyo rekordi

50 m batterflyay — bronza, Osiyo rekordi

100 m batterflyay — bronza, Osiyo rekordi

Dmitriy Xorlin:

800 m erkin usulda — kumush, Jahon rekordi

200 m kompleks — bronza, Osiyo rekordi

Muzaffar Tursunxo‘jayev:

200 m batterflyay — bronza, Osiyo rekordi

50 m krol — bronza

Firdavsbek Musabekov:

50 m brass — kumush, Jahon rekordi

200 m brass — bronza, Osiyo rekordi

Musobaqada 67 mamlakatdan 592 nafar sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston paralimpiya termasi esa musobaqada 5 kishilik tarkib bilan qatnashdi.

(Manba: Gazeta.uz)

ilova

Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  qarori

Mamlakatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan past daromadli oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, og‘ir ijtimoiy-maishiy sharoitlarda yashovchi oilalar arzon uy-joy bilan ta’minlanmoqda, ularga tibbiy xizmatlarni olishda, maishiy texnikalar va uy hayvonlarini sotib olishda beg‘araz yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mahsulot va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va ularning bandligini ta’minlayotgan tashkilotlarga soliq va kredit imtiyozlari tizimi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari va tadbirkorlik subyektlarining aholining ijtimoiy zaif qatlamini, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotganini ko‘rsatmoqda.

Aholining ijtimoiy zaif qatlami farovonligini oshirish, ularning turmush darajasini yaxshilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5270-son Farmoniga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida:

1. 2018-yil 1-avgustdan boshlab 1-ilovaga muvofiq alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar berilsin:

xaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra tanlov savdolarining boshqa ishtirokchilari bilan uning takliflari o‘rtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan hollarda bitimni tuzish bo‘yicha ustuvorlik huquqi;

davlat mulki obyekti uchun ijara to‘lovini ushbu obyektga nisbatan

eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llash tartibini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.

2. Tijorat banklariga 1-ilovada ko‘rsatilgan alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga:

aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun – uch oylik imtiyozli davr bilan

18 oygacha muddatga;

asbob-uskunalar va sarflash materiallari xarid qilish uchun – olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ushbu bandda nazarda tutilgan kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun kompensatsiya hamda majburiyatlar ta’minoti yuzasidan kafillik berishni ta’minlasin.

3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2018 yil 1 avgustdan boshlab shtatdagi xodimlarining 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan tashkil topgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalari jami xodimlarining mehnatiga haq to‘lash fondi uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 4,7 foiz miqdorda belgilanadi va yagona ijtimoiy to‘lov summasi o‘rnatilgan tartibda taqsimlanadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotni chuqur o‘rganish asosida ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashning tartibi va mezonlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va faoliyati erkinligi kafolatlarini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda uch oy muddatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun barcha texnik va tibbiy-ijtimoiy imkoniyatlarni inobatga olgan holda homiylar va homiylik oluvchilarni bog‘laydigan, eng avvalo, homiylar yordamiga va qo‘llab-quvvatlashiga o‘ta muhtoj kishilar haqidagi maqolalar hamda ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus veb-portal yaratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida, shuningdek, nogironligi bo‘yicha hech qanday kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishdagi teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.

6. O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati (keyingi o‘rinlarda jamoat birlashmalari deb yuritiladi)ning ularning korxonalari tasarrufidagi ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanishni kompleks o‘rganish bo‘yicha takliflari qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

bir hafta muddatda respublikaning har bir hududi kesimida 2-ilovaga muvofiq jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni kompleks o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etsin;

bir hafta muddatda jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni o‘rganish jadvalini ularning har bir tuman (shahar) dagi soni hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin;

2018 yil 1 avgustga qadar ishchi guruhlar tomonidan jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni o‘rganilishini hamda ular tomonidan zaruratga ko‘ra aniqlangan muammolarni hal etish choralari ko‘rilishini ta’minlasin;

2018 yil 1 sentyabrga qadar o‘rganishlar natijasi bo‘yicha jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari holatini yaxshilash va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq chora-tadbirlardan iborat “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun hamda mohiyati keng yoritilishini va aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini ta’minlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018-yil 11-iyun

(Manba: O‘zA)

 

 

Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

YANGILIKLAR XABARNOMASI №113 O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi 2018-yil 11-iyun

posted 17 Jun 2018, 04:10 by Webmaster Ambasciata

O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING XITOYGA TASHRIFI. 1

O'zbekiston Prezidentining Singdaoda shahridagi uchrashuvlari 1

Vladimir Norov ShHT bosh kotibligiga tasdiqlandi 3

MOLIYA.. 3

Iyun oyi boshida oltin-valyuta zaxiralari 27,025 mlrd dollarni tashkil etdi 3

ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR.. 4

Prezidentning “Navoiy” EIZ bo‘yicha qarori qabul qilindi 4

INFRASTRUKTURA.. 4

O‘zbekistonda Andijon—Savay— Xonobod temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda  4

Xalqaro munosabatlar.. 4

YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv. 4

Jamiyat.. 5

Vatandoshlar O‘zbekistondagi o‘zgarishlarda ishtirok etishni istaydilar 5

San’at.. 5

Fransiyada “Qirq qiz” spektakli namoyishi etildi 5

O‘zbekiston turizm o‘lkasi. 6

Turistik yig‘im tartibi soddalashtirildi 6

 

 

O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING XITOYGA TASHRIFI

O'zbekiston Prezidentining Singdaoda shahridagi uchrashuvlari

2018-yilning 9-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singdao shahrida (Xitoy) ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Sindao shahrida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari keyingi ikki yilda O‘zbekiston va BMT hamkorligi faol tus olgani, amaliy natijalar bilan boyiganini ta’kidladi. BMTning nufuzli delegatsiyalari mamlakatimizda bo‘lgani, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan amaliy chora-tadbirlar rejasi izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Amina Muhammad O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ishtirokini mamnuniyat bilan yodga oldi. Mamlakatimiz tomonidan mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, Afg‘onistonni qayta tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan aniq chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Toshkentda o‘tgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya bu masalaga jahon hamjamiyati e’tiborini tortgani qayd etildi.

Muloqotda avvalgi uchrashuvda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi bo‘yicha atroflicha fikr almashildi. Hamkorlikning istiqboldagi muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

* * *

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Xitoyning Sindao shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Vladimir Putinni Rossiya Prezidentligiga qayta saylangani bilan yana bir bor tabriklab, Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari O‘zbekiston tashqi siyosatining o‘zgarmas yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

Bir yilda o‘zaro 70 ta delegatsiya tashrifi amalga oshirilgani, 21 marta hududlararo uchrashuvlar o‘tkazilgani aloqalarning bugungi sur’ati va miqyosidan dalolat beradi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizdan ziyod o‘sgan. Hali oldinda yana yirik loyihalarimiz ko‘p, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbari bilan uchrashuvdan mamnunligini ta’kidlab, mamlakatlarimiz hamkorligida ko‘plab samarali loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

O‘tgan yili Rossiyaga tashrifingizdan keyin hammasi ijobiy tomonga o‘zgardi. Sizning tashabbusingiz bilan chegaralardan o‘tishda “yashil yo‘lak” tashkil etilgani natijasida O‘zbekiston meva-sabzavotlarini yetkazib berish qariyb 36 foiz oshdi. Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, dedi Vladimir Putin.

“Lukoyl” kompaniyasi O‘zbekistonga 7 milliard dollar investitsiya kiritgani, joriy yil aprelda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushirilgani qayd etildi. “Rosatom” Atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bilan energetika sohasida sheriklik va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olingani ta’kidlandi.

Joriy yilning kuzida O‘zbekistonga oliy darajadagi tashrif kutilmoqda. Shuningdek, Toshkentda ilk bor O‘zbekiston va Rossiya hududlararo forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda ushbu muhim tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish, buning uchun vazirlik, kompaniya va hududlar o‘rtasidagi aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

* * *

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sindao shahrida o‘tayotgan SHHT sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.

Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Xitoyga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p formatli hamkorlikka katta ahamiyat qaratishini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shanxay hamkorlik tashkilotiga muvaffaqiyatli raislik va Sindao sammiti yuqori darajada tashkillashtirilgani bilan Xitoy rahbarini tabrikladi.

O‘zbekiston bilan Xitoy munosabatlari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. O‘zaro manfaatli hamkorlik barcha muhim sohalarni qamrab olgan va izchil rivojlanib bormoqda. 2017-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarni tashkil etgan.

Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida 700 dan ziyod korxona, qator kompaniyalar vakolatxonalari ochilgan. O‘zaro hamkorlikda sanoat, yuqori texnologiyalar, neft-gaz, kimyo, transport va logistika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Xitoy hamkorligining bugungi holati atroflicha tahlil qilindi. Iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport kommunikatsiyalari, yuqori texnologiyalar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Buning uchun ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar tashkiloti, SHHT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida keng ko‘lamli strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligi qayd etildi.

* * *

Shavkat Mirziyoyev Narendra Modi bilan uchrashdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev SHHTning Sindao sammiti doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Hindiston xalqini Shanxay hamkorlik tashkilotiga to‘la a’zo bo‘lgani, SHHT davlat rahbarlari uchrashuvida yangi maqomda qatnashayotgani munosabati bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur uchrashuv avval erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Narendra Modi O‘zbekiston Hindistonning SHHTga a’zolikka qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu O‘zbekiston bilan hamkorlikni ham o‘zaro, ham mintaqaviy miqyosda rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm kabi yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki davlat o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligi qayd etildi.

* * *

O‘zbekiston va Afg‘oniston Prezidentlari muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sindao shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan muzokara o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi qardosh va qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik barqaror bo‘lishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Joriy yil Toshkentda o‘tgan konferensiyadan keyin butun dunyoda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha katta harakatlar boshlangani mamnuniyat bag‘ishlaydi. Barcha tushunyaptiki, buning yakkayu yagona yo‘li muloqot. Ushbu uchrashuvimiz shu borada fikr almashish, mamlakatlarimiz uchun muhim masalalarni muhokama qilish uchun ayni muddaodir, dedi davlatimiz rahbari.

Ashraf G‘ani ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot keyingi paytlarda jadal faollashganini qayd etdi.

O‘zbekistonga tashrifim doirasida erishilgan kelishuvlar tez sur’atlarda amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Afg‘oniston masalasi bo‘yicha yirik anjuman o‘tkazganingiz uchun xalqimiz va hukumatimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman. Bu masalaga shaxsan e’tiboringiz siyosiy yechimlarga yo‘l ochdi, dedi Afg‘oniston Prezidenti.

Mamlakatimiz Afg‘onistonda muhim iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirmoqda. 2002 yildan buyon Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Surxon – Puli – Xumri yangi elektr tarmog‘ining ishga tushirilishi natijasida bu quvvat yanada ortadi.

Hayraton – Mozori Sharif temir yo‘lini Hirotgacha davom ettirish yana bir istiqbolli loyihadir. Bu Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash uchun katta hissa qo‘shib, mamlakatning tranzit salohiyatini oshiradi, yangi ish o‘rinlari yaratadi.

Gumanitar aloqalar ham jonlandi. Shu yilning yanvar oyida Termiz shahrida Afg‘on fuqarolariga ta’lim berish markazi ish boshladi. Hozirgi kunda bu maskanda 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik yigit-qizlar ta’lim olmoqda.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

(Manba: O‘zA)

Vladimir Norov ShHT bosh kotibligiga tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ShHT bosh kotibligiga tasdiqlandi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov 2019 yil 1 yanvardan 2021 il 31 dekabrgacha muddatda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibligiga tasdiqlandi. Bunday qaror yakshanba kuni Xitoyning Sindao shahrida ShHT sammitida qabul qilindi.

Vladimir Norov turli yillarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi va boshqa lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

2016 yil 1 yanvardan 2018 yil oxirigacha Rashid Alimov (Tojikiston) SHHT bosh kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.

Tojikiston vakili Jumaxon G‘iyosov SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori etib tayinlandi.

Sammit yakunlari bo‘yicha Sindao deklaratsiyasi va boshqa qator hujjatlar imzolandi. Jumladan, O‘zbekiston prezidentining taklifiga muvofiq SHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilindi.

ShHT raisligi Xitoydan Qirg‘izistonga o‘tdi.

(Manba: Gazeta.uz)

MOLIYA

Iyun oyi boshida oltin-valyuta zaxiralari 27,025 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oy ichida 59 mln dollarga kamayib, iyun oyi boshida 27,025 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari bir oy ichida 59 mln dollarga kamayib, 1 iyunda 27,025 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Yalpi oltin-valyuta zaxiralari 28,123 mlrd dollar bo‘lib, undagi xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi 14,004 mlrd (bir oy ichida 411 mln dollarga kamayish), monetar oltin — 14,118 mlrd dollarni (bir oy ichida 183 mln dollarga ko‘payish) tashkil etdi.

(Manba: Gazeta.uz)

ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR

Prezidentning “Navoiy” EIZ bo‘yicha qarori qabul qilindi

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra:

81 gektardan ortiq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududiga kiritiladi;

38 gektardan ortiq foydalanilmayotgan maydonda joylashgan davlat mulki ob’ektlari negizida Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari (KZS) hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik sub’ektlariga 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi va bunda ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.

(Manba: Kun.uz)

INFRASTRUKTURA

O‘zbekistonda Andijon—Savay— Xonobod temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Andijon—Savay— Xonobod temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Davlat rahbari qarori loyihasida 65 kilometrli temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish, yo‘lning ayrim qismlarini o‘nglash, sun’iy inshootlar rekonstruksiyasi, signalizatsiya va telekommunikatsiya tizimlari modernizatsiyasi, Qirg‘iziston hududini aylanib o‘tadigan yangi 10,5 kilometrli yo‘l qurilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur ishlar 2019-yilda yakunlangandan so‘ng shaharlararo poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 15 million dollardan oshiq bo‘lib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» (9,1 million dollar) va davlat budjeti (6,1 million dollar) hisobidan ajratiladi.

(Manba: Daryo.uz)

xalqaro munosabatlar

YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

2018-yilning 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

T.Greminger va delegatsiyasi a’zolari YXHT bilan o‘tkaziladigan “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.

TIVdagi suhbat davomida YXHTning barcha uch o‘lchamlarida hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Qayd etilganidek, amalga oshirilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi islohoti, shuningdek, ularning fuqarolar bilan muloqotga ochiqligi O‘zbekistonni siyosiy rivojlanishning mutlaqo yangi darajaga olib chiqdi va YXHT bilan hamkorlikni kengaytirish uchun aniq imkoniyatlar yaratdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyesi 72-sessiyasi minbarida bildirgan tashabbuslarini tadbiq etish doirasida bugun Toshkent shahrida o‘z ishini boshlayotgan xalqaro konferensiyaning mavzusi dolzarbligi ta’kidlandi. Bugungi kunda yoshlar insoniyatning ikki milliardli avlodi bo‘lib, ertangi kunimiz, qolaversa sayyoramizning farovonligi ham ularga bog‘liq.

Uchrashuvda 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari nuqtayi-nazaridan mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda YXHT loyihalarining O‘zbekistondagi koordinatori Jon MakGregor ishtirok edi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)

jamiyat

Vatandoshlar O‘zbekistondagi o‘zgarishlarda ishtirok etishni istaydilar

2018-yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi va Buyuk Britaniyadagi Elchixonasi tomonidan qator o‘quv yurtlari talaba va o‘qituvchilari, London hamda Britaniya va Norvegiyaning boshqa shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi.

London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi magistranti Diyora Rafiyeva, Kembridj universiteti bitiruvchisi Timur Yunusov va boshqalar vatanimizda hayotning deyarli barcha sohalarida olib borilayotgan o‘zgarishlarni iliq kutib oldilar va qizg‘in qo‘llab-quvvatladilar va unga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanliklarini izhor etdilar.

Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlar vatandan uzoqda bo‘lgan hamyurtlarimizda qiziqish uyg‘otmoqda, shuningdek, xorijiy davlat rahbarlari, jamoatchiligi va OAV tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida kelajakda hamkorlik qilish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi, jumladan O‘zbekiston mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish, investitsiya, zamonaviy texnologiyalar jalb qilish, ilmiy va madaniy almashinuvni mustahkamlash va rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘z nutqlarida tashqi ishlar Vaziri o‘rinbosari Abdujabar Abduvaxitov va mamlakatimizning London shahridagi Elchisi Alisher Shayxov vatandoshlarimizning mamlakatimiz bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatladilar.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)

san’at

Fransiyada “Qirq qiz” spektakli namoyishi etildi

31-maydan 3-iyunga qadar Fransiyaning Parij shahridagi etnografiya muzeyida taniqli o‘zbek rassomi va rejissori Saodat Ismoilovaning “Qirq qiz” spektakli namoyishi etildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi qoshidagi madaniyat va san’atni rivojlantirish fondining Facebook sahifasida xabar qilindi.

Loyiha Og‘a Xon fondi, Le Fresnoy zamonaviy san’at milliy markazi (Fransiya), Bruklin musiqa akademiyasi, Xopkins markazi va Dartmund kolleji (AQSh) hamkorligida tashkil qilingan.

Loyihada bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, ssenarist Ulug‘bek Sodiqov, rassom Komila Qurmonbekova, liboslar dizayneri Hilola Sher ishtirok etdi.

Vokal partiyasida rollarni Gumisoy Berdixonova (g‘ijjak), Gumshagul Bekturganova (dutor, vokal), Aziza Davrova (vokal, doira) va boshqalar ijro etdi. Aktrisa Oysanam Yusupova bosh qahramon—Guloyim obrazini yaratgan.

(Manba: Daryo.uz)

O‘zbekiston turizm o‘lkasi

Turistik yig‘im tartibi soddalashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi 398-sonli qarori bilan xorij fuqarolari va O‘zbekiston hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslardan turistik (mehmonxona) yig‘imlarini undirish tartibini soddalashtirish va aniqlik kiritishga doir o‘zgartish kiritildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan kiritilgan o‘zgartishlar quyidagilarni ko‘zda tutadi:

Endi joylashtirish vositalari va davolash muassasalari (16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari) tomonidan O‘zbekiston hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan ular yashagan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yig‘im undiriladi. To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun turistik yig‘im to‘liq yashalgan kun miqdorida undiriladi.

huningdek palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati (turizm operatorlari) sub’ektlari tomonidan yashovchilardan ham undiriladi. 

Bundan tashqari, O‘zbekistonga 30 kungacha keladigan xorij fuqarolarini qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarda yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan ham turistik yig‘imlar to‘lanadi.

Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorij fuqarolari turistik yig‘imni mustaqil to‘lashadi.

Bunga qadar turistik yig‘imlar xorijiy fuqarolarning joylashuv vositasida yashagan har kuni uchun undirilar edi, ya’ni chet el fuqarolarining mustaqil sayohati ko‘zda tutilmagandi. 

Mazkur o‘zgarishlar turistik (mehmonxona) yig‘im tizimini tartibga keltirish bilan birga mamlakat bo‘ylab mustaqil harakatlanuvchi xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratadi va salohiyatli turistlarni jalb qiladi.

(Manba: Kun.uz)

 

Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

YANGILIKLAR XABARNOMASI №112 O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi 2018-yil 8-iyun

posted 8 Jun 2018, 11:06 by Webmaster Ambasciata

O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING XITOYGA TASHRIFI. 1

Prezident Xitoyga jo‘nab ketdi 1

ShHT sammiti va O‘zbekistonning strategik manfaatlari 1

Investitsiya.. 3

Samarkand City Xitoy Ipak yo‘li fondi bilan birgalikda quriladi 3

Xalqaro munosabatlar.. 3

Polshaning 20 yaqin kompaniya vakillari O‘zbekistonga keldi 3

Jamiyat.. 4

Xalqning yuksak ishonchi – islohotlar samarasining yorqin belgisi 4

O‘zbekiston: Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarning roli 5

Ta’lim... 6

OTMlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qiladi 6

San’at.. 6

Maqom san’ati – bu, avvalo, ilmdir 6

Ilova.. 7

“Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida. 7

 


 

OZBEKISTON PREZIDENTINING XITOYGA TASHRIFI

Prezident Xitoyga jonab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketdi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning to‘la huquqli a’zo sifatidagi ishtirokida yig‘iladilar, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladilar.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Fikr almashuvlardan so‘ng 2018-2019-yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to‘g‘risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

(Manba: O‘zA)

ShHT sammiti va O‘zbekistonning strategik manfaatlari

2018 yil 8 — 10 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi va ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Xalqaro ekspertlar hozirdanoq mazkur sammit tarixiy ahamiyatga ega ekani, tuzilma faoliyatida yangi sahifa ochishi haqida gapirishmoqda.

O‘zbekiston ShHT asoschilaridan biri sifatida tashkilot doirasidagi hamkorlik strategiyasini aniqlashda boshqa a’zolar bilan tengma-teng qatnashyapti. Mamlakatimiz ShHT Xartiyasi hamda uning asosini belgilovchi boshqa hujjatlarda belgilab qo‘yilgan maqsadlar, vazifalar va tamoyillarga qat’iy mos keluvchi siyosatni og‘ishmay davom ettirish, mintaqa davlatlarining xavfsizligi hamda barqarorligini, iqtisodiy farovonligi va taraqqiyotini ta’minlash bilan bog‘liq tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish tarafdoridir.

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy qoidalari Shanxay tuzilmasining maqsad hamda vazifalariga ko‘p jihatdan hamohangdir. Ularni hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilish yaqin qo‘shnilar bilan munosabatlarni uyg‘unlashtirish, Markaziy Osiyoda, umuman, butun ShHT hududida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash imkonini beradi.

Tarkibiga Hindiston va Pokiston davlatlari qo‘shilgach, Yer yuzi aholisining deyarli yarmi istiqomat qilayotgan ulkan hududni qamrab olgan Shanxay tashkiloti o‘tgan 17 yil mobaynida sayyoramizda barqarorlikni ta’minlashga juda katta hissa qo‘shdi.

Birinchidan, dunyoning bir necha mintaqalarida turli tahdidlar hamda xavflar yuzaga kelayotgan, vaziyat keskinlashib borayotgan bir davrda tashkilotga a’zo mamlakatlarning o‘zaro samarali faoliyati natijasi o‘laroq, Yevrosiyo hududining 60 foizini egallagan ShHT maydonida doimiy barqarorlik saqlanib turibdi.

ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida (2013 — 2017 yillarda) vakolatli organlar tomonidan 600 dan ortiq terrorchilik xarakteridagi jinoyatlar tayyorlanish jarayonida fosh etilgan, 500 dan ziyod tayyorgarlik bazalari yo‘q qilingan, xalqaro terrorchilik tashkilotlariga a’zo bo‘lgan

2 ming nafardan ko‘proq shaxslar qo‘lga olingan, mingdan ortiq qo‘lbola portlovchi uskunalar, 10 mingdan ziyod o‘qotar qurollar, bir milliontadan ko‘p o‘q-dori musodara etilgan. 2016-2017 yillarda terrorchilik va ekstremistik mazmundagi 4 milliondan ortiq materiallarni o‘zida joylashtirgan yuz mingdan ziyod internet resurslar bartaraf qilingan yoki ularga kirish cheklangan.

Ikkinchidan, ShHT davlatlarining aksariyati iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini namoyish etmoqda. 2016 yilda a’zo davlatlar iqtisodiyotida o‘rtacha 4,8 foizlik o‘sish kuzatildi va xuddi shu sur’atlar 2017 yilda ham saqlanib qoldi. XXR Tijorat vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, 2017 yil yakunlari bo‘yicha Xitoyning tuzilmaga a’zo mamlakatlar bilan tovar aylanmasi 19 foiz o‘sib, 217,6 milliard AQSh dollariga yetdi.

Yangi a’zolarning tashkilotga qabul qilinishi uning iqtisodiy salohiyatini ham oshirib yubordi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi paytda ShHT davlatlarining dunyo YaIMdagi ulushi 30 foizni tashkil etadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2020 yilga borib, mazkur ko‘rsatkich 35 foizga chiqishini taxmin qilmoqda. Bunday sur’atlar bilan ShHTga a’zo davlatlar iqtisodiyotining jahon bozoridagi ulushi 40 foizgacha yetishini kutish mumkin.

A’zo mamlakatlar manfaatlarining xavfsizlik hamda iqtisodiy masalalarda mushtarak ekanligi ShHT erishgan muvaffaqiyatlarning, dunyodagi o‘zgaruvchan vaziyatga tez moslasha olish qobiliyatining bosh omili bo‘ldi. ShHT mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarni izchil o‘stirib borish uchun qulay muhit yaratish, hamkorlikda infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish uchun o‘ziga xos platformaga aylandi. Hozirgi paytda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish, qo‘shimcha yuk tashish hajmlarini jalb qilish hamda yangi transport yo‘nalishlarini ochishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

ShHT a’zo mamlakatlarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama asosda o‘zaro birgalikda harakatlanishga rag‘batlantiradi. Masalan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXRga 2017 yil may oyidagi birinchi davlat tashrifi doirasida 100 dan ortiq, jami 23 milliard AQSh dollarilik hujjatlar imzolandi. Ikki davlat yetakchilarining samarali muzokaralari savdo, investitsiyalar va texnologiyalar, transport kommunikatsiyalari, gidroenergetika, gumanitar sohalardagi o‘zaro aloqalarni yanada yuksaltirish bo‘yicha yangi strategik imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

ShHT ulkan salohiyatga ega. Tashkilotning jahon maydonidagi ta’siri hamda obro‘sini oshirish uchun bu kuchni ishga solish lozim. Shu ma’noda, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini amalga oshirishda “Shanxay sakkizligi”ning bahamjihat intilishlari muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Bunda hamkorlikning eng muhim, istiqbolli yo‘nalishi transport kommunikatsiyalari bo‘lib qolmoqda. Avtomobil va temir yo‘llar qurish, yirik logistika markazlarini barpo etish, ushbu ob’ektlardagi katta ish hajmini inobatga oladigan bo‘lsak, ShHT davlatlarining barchasida aholi bandligi hamda daromadini oshirishning o‘ta samarador manbaiga aylanishi mumkin.

Ana shunday loyihalarni ro‘yobga chiqarish Markaziy Osiyoning o‘arb va Sharq, Shimol hamda Janub o‘rtasidagi bog‘lovchi zona sifatidagi geosiyosiy jozibadorligini oshiradi. Xitoy va Osiyo — Tinch okeani mintaqasini Markaziy hamda Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlarining yirik bozorlariga eng qisqa yo‘llar orqali olib chiquvchi yangi strategik imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

O‘zbekiston hamda Xitoy allaqachon mazkur yo‘nalishda hamkorlik tajribasiga ega. Jumladan, 2016 yilda birgalikdagi intilishlar natijasi o‘laroq, Qamchiq temir yo‘l tonneli foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l magistrallarini birlashtirish yuzasidan muzokaralar ketmoqda. Mutaxassislar agar bu loyiha amalga oshsa, hudud “Buyuk Ipak yo‘lining iqtisodiy belbog‘i” bo‘ylab strategik ahamiyatga molik xalqaro yo‘nalish bo‘lib qolishiga ishonch bildirishyapti.

Hech shubhasiz, bu uzoq muddatli barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning bosh omili sifatida Markaziy Osiyo davlatlari taraqqiyotida yangi kuchli to‘lqin hosil qiladi. Yangi-yangi g‘oyalar ro‘yobga chiqarilar ekan, bugungi davrga kelib, Markaziy Osiyo yopiq mintaqadan Yevrosiyoning Sharq va o‘arb, Shimol hamda Janub o‘rtasida joylashgan ulkan maydonidagi mintaqalararo transport yo‘nalishlari chorrahasiga aylanishga har qachongidan ham yaqin keldi. Janubiy Osiyoning ikki eng yirik mamlakati — Hindiston va Pokistonning ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilishi ham tuzilma faoliyatiga hamma jabhada yangi sur’at olib kiradi. Rasmiy Dehli hamda Islomobodning faol ishtiroki hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish uchun imkoniyat eshiklarini ochadi.

Dunyo siyosiy va iqtisodiy maydonida noaniqliklar, turli mavhumliklar tobora kuchayib borayotgan, xalqaro vaziyat birdaniga o‘zgarib ketayotgan bugungi sharoitda ShHTga a’zo davlatlar uchun: Xartiyada hamda tuzilma asosini tashkil etuvchi hujjatlarda mustahkamlangan ochiqlik va bloklarga qo‘shilmaslik qoidalariga hamisha sodiq bo‘lish; kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda kelishish hamda konsensus tamoyiliga qat’iy amal qilish; ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish va kuchaytirish; mintaqada ShHT davlatlarining barchasi uchun birdek manfaatli bo‘lgan, iqtisodiy asoslantirilgan infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar o‘ta muhimdir.

Bunday loyihalarni ro‘yobga chiqarishdan keladigan natijalarning ahamiyati, ayniqsa, “iqtisodiyot” hamda “xavfsizlik” tushunchalari orasidagi chambarchas bog‘liqlik e’tiborga olinsa, nihoyatda beqiyosdir. Binobarin, globallashuv sharoitida mazkur ikki sohani ayro holda tasavvur etolmaymiz. Iqtisodiyotni o‘ylamay turib, xavfsizlik haqida gapirib bo‘lmaydi va aksincha, xavfsizlikni ta’minlamasdan barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ko‘zlash mumkin emas.

Abbos BOBOXONOV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik

va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi.

(Manba: Xalq so‘zi” gazetasi)

Investitsiya

Samarkand City Xitoy Ipak yo‘li fondi bilan birgalikda quriladi

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki 6-iyun kuni Pekinda Xitoy Ipak yo‘li fondi bilan Samarkand City turistik zonasi qurilishi loyihasi bo‘yicha anglashinuv memorandumini imzoladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur memorandumda Samarkand City loyihasining birgalikda amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.

Loyiha Samarqand shahrining mashhur tarixiy va madaniy markaz sifatidagi turistik salohiyatini oshirish va “XXI asr Ipak yo‘li durdonasi” yaratilishini o‘z ichiga oladi.

Milliy bank ushbu loyihani xorijiy investor bilan hamkorlikda moliyalashtirilishi uchun javob beradigan bosh muassasa etib belgilangan.

(Manba: )

xalqaro munosabatlar

Polshaning 20 yaqin kompaniya vakillari O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasida 7-iyun kuni Polsha Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andjey Papej boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv hamda O‘zbekiston – Polsha ishbilarmon doiralari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Polsha delegatsiyasi tarkibidan oziq-ovqat, qurilish, tibbiyot va biotexnologiya, muhandislik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat olib boruvchi yigirmaga yaqin kompaniya vakillari o‘rin olgan.

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalar yildan-yilga rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Mazkur uchrashuv ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilishda qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

2017-yilda ikki mamlakat o‘zaro tovar aylanmasi qariyb 104,9 million AQSH dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonda Polsha kapitali ishtirokidagi 25 korxona va 1 ta energetika, tekstil, farmatsevtika sanoati chiqindilarini qayta ishlovchi kompaniya faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuvda delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, erkin iqtisodiy zonalarda sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoit haqida keng ma’lumot berildi.

Polshaliklar O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit va imtiyozlarni yuqori baholadi. Uchrashuv va biznes-forum O‘zbekiston va Polsha ishbilarmon doiralari vakillari uchun o‘zaro tajriba almashish imkonini berishini qayd etdi.

Biznes-forumda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma korxonalarni ko‘paytirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashdi.

(Manba: O‘zA)

jamiyat

Xalqning yuksak ishonchi – islohotlar samarasining yorqin belgisi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy islohotlarga xalqimizning munosabatini o‘rganish, fuqarolarning davlatimiz rahbariga ishonchi reytingini hamda u yuritayotgan tashqi va ichki siyosatni qay darajada qo‘llab-quvvatlayotganini aniqlash maqsadida “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti haqida” mavzuida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

So‘rovda 18 yoshga to‘lgan va undan katta erkak va ayollar, turli millat vakillari, turli ijtimoiy qatlamlarga mansub, turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadqiqot yurtdoshlarimiz Shavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimidagi faoliyatini yuqori baholayotganini ko‘rsatdi. Fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 91,9 foizi amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, hayotimizning barcha sohalarini yanada modernizatsiya qilish, har tomonlama va jadal rivojlantirish, har bir fuqaro va butun jamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni ma’qullamoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ijtimoiy so‘rov natijalari tahlili fuqarolarning Prezident Shavkat Mirziyoyev faoliyatiga bergan bahosida ijobiy o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatdi. Xususan, bu raqam 2017 yil oktyabrdagi 89,3 foizdan 2018 yil mayda 91,9 foizga yetdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat sizning ishonchingiz va umidlaringizni qay darajada oqladi?” degan savolga so‘rov ishtirokchilarining mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 92,5 foizi “to‘liq oqladi”, deb javob bergan. Shunday fikrdagi fuqarolar soni 2017 yildagiga nisbatan 2,3 foizga ortgani aniqlandi.

So‘rov natijalari ko‘rsatganidek, jamoatchilik fikri Prezidentimiz shaxsi atrofida jipslashmoqda. Bu davlatimiz rahbarining siyosati va uning natijalari yuqori darajada ijobiy baholanayotgani bilan izohlanadi.

Ishtirokchilarning aksariyati – 92,2 foizi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan ichki siyosatni qay darajada qo‘llab-quvvatlaysiz?”, degan savolga javoban to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Mamlakatimiz aholisining mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 92,2 foizi davlatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qilish, xorijiy mamlakatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonning jahondagi nufuzini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, umuman, davlatimiz tashqi siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini qayd etgan.

So‘rov ishtirokchilarining fikricha, O‘zbekiston keyingi vaqtlarda xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamladi, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda katta natijalarga erishdi, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni, xorijiy sheriklar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnik sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni faol rivojlantirmoqda.

Respondentlar Prezidentimizning boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashuvlari va rasmiy tashriflari yuksak natijalar berayotganini, ular O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanishiga, tinchlik va barqarorlik yo‘lida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlashga, mamlakatimizning jahondagi qudratli, iqtisodiy rivojlangan va obro‘li davlatlari qatoriga kirishiga xizmat qilayotganini qayd etgan.

Ijtimoiy so‘rov xalqimizning Prezidentga ishonchi yuqori ekanini ko‘rsatdi. Natijalar tahliliga ko‘ra, aksariyat yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev fuqarolarning ishonch va orzu-umidlarini to‘liq oqladi, u el-yurt orasida yuksak hurmat-e’tiborga ega, aholining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan davlat rahbari, degan fikrda. Prezidentga ishonch reytingi 2017 yil oktyabrdagi 93,1 foizdan 2018 yil mayda 94,1 foizga oshgani buning yorqin tasdig‘idir. Turli ijtimoiy qatlamlar vakillari, o‘rta va katta yoshdagi fuqarolar, turli sohalarda mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz Prezidentimizga to‘liq ishonishini ta’kidladi hamda uning rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatimizning barcha jabhalarini yaxshilashga, mamlakatda ro‘y berayotgan yangilanishlar esa fuqarolarimiz hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirishga xizmat qilayotganiga ishonch bildirdi.

(Manba: O‘zA)

O‘zbekiston: Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarning roli

Toshkent shahrida 11-iyun kuni “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Konferensiyada BMT, YEI, YEXHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Latviya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Malayziya, Kuvayt, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston singari mamlakatlar delegatsiyalari, xorijlik ekspertlar, senatorlar, deputatlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari, fan arboblari, OAV xodimlari ishtirok etadi.

Anjumanda yoshlar orasida terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishning siyosiy-huquqiy asoslari, bu jarayonda ularning rolini oshirish, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligini kuchaytirish, internet va ommaviy axborot vositalarida bunday illatlar tashviqotining oldini olish, yosh avlod vakillari terrorizm va tajovuzkor ekstremizm ta’siri ostiga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida fan, madaniyat, sport sohalarida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamjihatligini mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, tajovuzkor ekstremizm va terrorizmning oldini olishda zamonaviy tahdidlar va yoshlar tashkilotlarining o‘rni, navqiron avlod o‘rtasida terrorizmga sabab bo‘luvchi omillarga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks yondashuv, mintaqa mamlakatlari yoshlarining xalqaro uyushmasini tashkil etish yuzasidan atroflicha fikr almashiladi.

Konferensiya doirasida 12-iyun kuni Samarqand shahrida “Millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston tajribasi” mavzusida diniy konfessiyalar va milliy madaniy markazlar vakillari ishtirokida muloqot tashkil etiladi.

(Manba: O‘zA)

ta’lim

OTMlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMga kirish uchun qo‘shimcha ikki foizlik (abituriyentlar jami sonidan) kvota joriy etildi.

2018/2019 o‘quv yilidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMlarga davlat granti asosida ikki foizlik (abituriyentlar jami sonidan) qo‘shimcha qabul kvotasi joriy etiladi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2 iyunda Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi.

Oliy ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) tugatganlik haqidagi hujjat hamda I va II guruh nogironligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega nogironligi bo‘lgan shaxslar qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qilinadi.

OTMlarga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota asosida o‘qishga qabul qilish kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar asosida qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan mazkur ta’lim yo‘nalishida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadi.

Qabul jarayonida oliy ta’lim muassasasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmasi vakillaridan iborat tarkibda oliy ta’lim muassasasida nogironligi bo‘lgan shaxslardan hujjatlar qabul qilish komissiyasi tashkil etiladi. Mazkur komissiya tarkibiga O‘zbekiston nogironlar jamiyati vakili ham kiritilishi mumkin.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon) oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartiblarga muvofiq topshiriladi.

Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

OTMlar qabul komissiyalari imtihonlar o‘tkaziladigan bino va auditoriyalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari zarur.

Ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

(Manba: Gazeta.uz)

san’at

Maqom san’ati – bu, avvalo, ilmdir

Har bir ilmning o‘z tarixi, shakllanish va rivojlanish bosqichi bo‘lgani kabi maqom san’ati ham bir necha asrlik boy tarixga ega. Maqom – yetuk va o‘ziga xos og‘zaki professional musiqa turkum janri bo‘lib, o‘rta asrlarda bastakorlar tomonidan yaratilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori san’atimiz tarixidagi unutilmas voqea bo‘ldi.

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tarkibidagi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli badiiy rahbari Hoshimjon ISMOILOV mazkur qaror mazmun-mohiyati, maqom san’atining bugungi rivojlanish tendensiyalari haqida O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi.

– Maqom – xalqimiz vujudidan sizib chiqqan ohang. Shu bois, u asrlar osha yashab kelmoqda. Afsuski, keyingi yillarda bu qutlug‘ va sohir san’at turiga e’tibor susaygandek edi. Prezidentimizning milliy maqom san’atini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori ayni muddao bo‘ldi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvida ta’kidlaganidek, biz xalqimizning noyob merosi bo‘lgan maqom san’atini nafaqat yurtimizda, balki butun dunyo bo‘ylab keng targ‘ib qilish, kerak bo‘lsa, xalqaro miqyosda maqom tanlovlarini tashkil etish ustida ishlashimiz kerak.

Maqomni xalqqa yetkazmaslik ulkan fojia. Hozir maqomni qaytadan sterio holatda yozib olish jarayoni ustida ishlayapmiz. Ya’ni, avvallari maqomlar mono shaklda yozib olinar edi va uni tinglayotganingizda barcha cholg‘u asboblaridan chiqayotgan ohanglar aralashib, shovqin hosil qilardi. Endi esa eng so‘nggi ovoz yozish texnikalaridan foydalangan holda sterio shaklda yozyapmiz. Bunday usulda yozilgan maqomlarda har bir tovush alohida ajralib turadi. Maqsadimiz yoshlarga maqomni tushuntirish, uni xalq ongiga singdirishdan iborat. Maqom inson ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega.

Sharq xalqlari musiqa madaniyatida maqomning turli ko‘rinishlari jonli ma’naviy durdona sifatida saqlanib, rivojlanib kelmoqda. Ular turli xalqlarda o‘ziga xos nomlanadi. Arab maqamlari, ozarbayjon mug‘omlari, uyg‘ur muqomlari, eron dastgohlari, mag‘rib nubalari, turk va iroq maqamlarini uchratish mumkin. Ammo bizniki singari butun maqomni uchratish mushkul. Masalan, maqomni matoga qiyoslaydagan bo‘lsak, boshqa xalqlarda uchraydigan maqomlar bir xil rangdagi matoga o‘xshaydi. O‘zbek milliy maqomi esa rang-barangdir. Ustozlarimiz uni sayqallab-sayqallab tayyor holda bizga yetkazishgan. Bizning vazifamiz esa mana shu maqomlarni yanada rivojlantirgan holda kelajak avlodga yetkazishdir.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida maqom kafedrasi faoliyat yuritadi. Shu paytga qadar qancha san’atkor yetishib chiqdi. Ammo ularga e’tibor bo‘lmadi. Ko‘p iqtidor egalari tirikchilik ilinjida san’atni tark etib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ldi. Shunday vaqtlar bo‘ldiki, shogirdlarim bilan shug‘ullanish uchun joy topolmadik, bir necha oylab maoshsiz ishladik.

Bugun viloyatlarda bo‘lib, iqtidorli yoshlarni san’atga qaytarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga harakat qilyapmiz. Ayniqsa, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi xalqaro hamkorlikni riqojlantirishga ham keng yo‘l ochdi. Joriy yilning mart oyida Tojikiston “Maqom” akademiyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Markazimiz maqomchilari S.Begmatov va M.Tojiboyev Tojikistonda ijodiy safarda bo‘lib, mahorat darslari o‘tkazdi. Bu juda katta yutuq. Bizga shunday imkoniyat yaratib bergani uchun Prezidentimizdan minnatdormiz. Biz ham maqom san’atini dunyoga tanitish, jahon san’ati darajasiga ko‘tarish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz.

(Manba: O‘zA)

ilova

“Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

So‘nggi yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu bilan birga, olib borilgan tahlil natijalari joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, o‘z mehnati bilan daromad topish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlari talab darajasida emasligini ko‘rsatmoqda.

Mehnatkash xalqimizning qadimiy kasb-hunar an’analari, ishbilarmonlik salohiyati oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun katta tajriba va zaxira mavjudligidan dalolat beradi.

Har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Belgilab qo‘yilsinki, mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) amalga oshiriladi.

2. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;

tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatish;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;

kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi subyektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‘shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish;

qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish – mini-klasterlar tashkil etish;

joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi obyektlari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish;

qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish;

vaqtinchalik moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Dasturni amalga oshirish uchun quyidagi ishchi guruhlar tuzilsin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tashkiliy ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar);

investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalariga mas’ul bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari rahbarligida Aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tavsiyalar berish bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda – Maxsus ishchi guruhlar);

tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida Tadbirkorlik faoliyati tashkil etishga amaliy yordam berish hamda monitoring qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda – Hududiy ishchi guruhlar).

Bunda:

Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar Markaziy bankning hududiy boshqarmalari, hududiy moliya, soliq, investitsiya boshqarmalari, tijorat banklari hududiy filiallari va iqtisodiy majmuaga kiruvchi boshqa idoralarning mas’ul xodimlari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy bo‘linmalari rahbar xodimlari;

Maxsus ishchi guruhlar hududiy Savdo-sanoat palatasi, investitsiya, soliq boshqarmalari, tijorat banklari hududiy filiallari, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy bo‘linmalari vakillari;

Hududiy ishchi guruhlar iqtisodiy majmuaga kiruvchi tashkilotlar malakali mutaxassis xodimlarining 50 foiz qismidan, bank filiallari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman bo‘linmalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari va profilaktika inspektorlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.

4. Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarga:

Hududiy ishchi guruhlarning har bir oilani o‘rganish natijalari bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;

Hududiy ishchi guruhlar tomonidan o‘rganish natijalari bo‘yicha kiritilgan muammolarni hal etish choralarini ko‘rib borish, respublika miqyosida hal etilishi zarur bo‘lgan masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish;

tuman va shaharlarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

aholini tadbirkorlikka jalb etish, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida Hududiy ishchi guruhlarning faoliyatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va har oy natijalari bo‘yicha ular faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash;

har bir tuman va shaharda Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari xususida Dastur koordinatorlariga batafsil axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.

5. Maxsus ishchi guruhlarga:

tadbirkorlik bilan shug‘ullanish ishtiyoqida bo‘lgan fuqarolarni ushbu faoliyatga yo‘naltirish uchun joylarga chiqqan holda “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari va uning mahalliy sharoitlarga mos bo‘lgan turlari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib, ularga aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yo‘nalishlardagi tayyor biznes-rejalarni taqdim etish;

ichki va tashqi bozorlarni doimiy ravishda o‘rganib borgan holda barqaror hamda dolzarb talabga ega bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxati va hajmi yuzasidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, har oyda yangilab borish hamda ushbu ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘idan keng foydalangan holda aholiga muntazam ravishda yetkazib borish va yo‘nalishlar berib borish;

xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-texnologiya va boshqa uskunalarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan oilalarga taqdimotlarini o‘tkazish va sotib olishiga ko‘maklashish;

ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga kasanachilik va kichik hajmda mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalarni tashkil etish orqali qo‘shimcha daromad topish imkonini yaratish;

tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish

(shu jumladan, byudjet tashkilotlariga) orqali ularning faoliyatiga ko‘maklashish yuklatilsin.

6. Hududiy ishchi guruhlarga:

har bir oila va xonadonlarni xatlov asosida qamrab olgan holda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish salohiyati, istak va takliflarni sinchkovlik bilan o‘rganish;

o‘rganish davomida oilalarning tadbirkorlik g‘oyasi va ko‘nikmasi, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligini aniqlash;

hovli va ko‘p qavatli xonadonlarda yashovchi har bir oilaning tadbirkorlik salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish, yashash hududining xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlari uchun keng qamrovli yo‘nalishlar berish va ko‘maklashish;

tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish istagida bo‘lgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish ishlarini tashkillashtirish;

aholining shaxsiy tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar berish, ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;

tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan oilalarga yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ayrim sabablarga ko‘ra faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar faoliyatini qayta tiklash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi hamda mavjud muammolar hal etilishiga amaliy yordam berish;

tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatilishida tavsiyalar hamda ko‘mak berish;

har oyda kamida bir marta tadbirkorlikni yangi tashkil qilgan oilalarga tashrif buyurib, faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganib borish, ularni bartaraf etish va ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish samaradorligini o‘rganish;

o‘rganish natijalari bo‘yicha hudud va respublika miqyosida hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar va takliflarni Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarga kiritib borish vazifalari yuklatilsin.

7. Dastur amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari A.R.Karimov, iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari A.J.Ortiqov, Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.R.Islamovlar – Dastur koordinatorlariga yuklatilsin.

Dastur koordinatorlari ishchi guruhlar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot kiritib borsin.

8. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga zarur bo‘lgan holatlarda Dasturda belgilangan vazifalarni qo‘shimcha moliyalashtirish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) Dastur doirasida tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlarga ustuvor ravishda kafilliklar va foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar ajratsin.

Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar Jamg‘armaga tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladigan yo‘nalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib borsin.

9. Belgilab qo‘yilsinki, tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar:

eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari;

eng kam ish haqining ming baravarigacha miqdorda – belgilangantartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamg‘armaning kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari;

eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda – tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.

10. Dastur koordinatorlari zimmasiga tuman va shaharlarda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan samaradorligi yuqori, barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalarga eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan imtiyozli kredit ajratishga Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning qaroriga asosan xulosa berish vazifasi yuklatilsin.

Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar a’zolari o‘z qarori asosida imtiyozli kredit ajratilgan loyihalarning to‘liq ishga tushirilishi hamda kelgusida ushbu loyihalarning samarali ishlashini monitoring qilsin.

Dastur koordinatorlari Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning qarorlari asosida kredit ajratilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holatini alohida nazorat qilib borsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug‘urtalanganda sug‘urta to‘lovini 1,5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilash hamda sug‘urtalash shartlarini yengillashtirish choralarini ko‘rsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya

va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalanilmayotgan yer maydonlarini inventarizatsiyadan o‘tkazib, belgilangan muddatlarda foydalanilmagan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bekor qilinishi hamda ushbu yer maydonlarini Dastur doirasida faoliyatini boshlayotgan va kengaytirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ajratish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ular faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin va natijasi yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda tuman va shaharlarda zamonaviy mini-texnologiyalar va boshqa uskunalar sayyor ko‘rgazmalarini tashkil qilish choralarini ko‘rsin.

15. Joriy yilning 10 iyunidan boshlab namunaviy tarzda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida “Har bir oila – tadbirkor” hududiy dasturi (keyingi o‘rinlarda – Hududiy dastur) amalga oshirilsin.

Andijon viloyati hokimi (Sh.Q.Abdurahmonov) joriy yilning 10 iyuniga qadar mazkur qarorda ko‘rsatilgan ishchi guruhlarni tuzsin.

16. Hududiy dasturda ko‘zda tutilgan vazifalarni moliyaviy ta’minlash maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan jalb qilinadigan xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Dastur koordinatorlari mazkur mablag‘larni tumanlar (shaharlar) salohiyati, kelib tushgan murojaatlarning asoslanganligi, shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Andijon viloyati tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlasin hamda ularga zarur hollarda qayta taqsimlash vakolati berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (A.K.Mirsoatov) ushbu kredit mablag‘larini Dastur koordinatorlari taqsimotiga asosan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tijorat banklariga yillik 3 foiz to‘lov sharti bilan qayta moliyalashtirsin.

17. Andijon viloyati hokimligi (Sh.Q.Abdurahmonov) manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan birgalikda:

bir oy muddatda naslli qoramol, parranda va quyonlarni mahalliy sharoitlarga moslashtiruvchi maxsus fermalarni tashkil etish;

mazkur fermalarga chet eldan mahsuldorligi yuqori bo‘lgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarini olib kelish, ko‘paytirish hamda viloyatning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos zotlarini yaratish, mollarni sun’iy qochirishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish;

mazkur fermalarda mahalliy sharoitga moslashtirilgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarining ko‘rgazmalarini tashkil etish va aholi

xohishiga asosan ularni tanlov asosida maqbul narxlarda sotib olinishiga zamin yaratish;

aholiga maxsus fermalardan sotib olingan chorva mollari, quyon va parrandalarni boqish texnologiyalarini batafsil tushuntirish va kelgusida har bir xonadonda mavjud chorva mollari va parrandalarni vaksinatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, aholiga nasldor mollarni sun’iy qochirish va uzluksiz veterinariya xizmatlari ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish;

sifatli omixta yem ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish borasida loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashish, aholining yillik ehtiyojini hisobga olgan holda omixta yem, vitaminlar, premikslar, qo‘shimchalar hamda veterinariya preparatlarini yetkazib berish;

yirik tadbirkorlarni jalb etgan holda sanoatlashgan chorvachilik klasterlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.

18. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari B.Z.Asadov Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik faoliyati ilg‘or rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun Andijon viloyati iqtisodiy kompleksi mutasaddi xodimlarini xizmat safariga yuborish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin.

19. Belgilansinki, respublikaning boshqa hududlarida Dastur uni amalga oshirishning aniq moliyaviy manbalari va hisob-kitoblarini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.

20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibini ishlab chiqish tavsiya etilsin.

21. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror bilan belgilab berilgan masad va vazifalarni keng ko‘lamda yoritish tavsiya etilsin.

22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018-yil 7-iyun

(Manba: O’zA)

   

Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

YANGILIKLAR XABARNOMASI №111 O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi 2018-yil 7-iyun

posted 8 Jun 2018, 11:05 by Webmaster Ambasciata

O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING XITOYGA TASHRIFI. 1

O‘zbekiston Prezidentining Sindao shahrida bo‘ladigan ShHT sammitida ishtirokiga doir 1

Szyan Yan: Sindao sammiti ShHT rivoji uchun yangi istiqbollarni ochadi 1

IQTISODIYOT.. 2

Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi 2

INFRASTRUKTURA.. 2

“Buxoro” xalqaro aeroporti – “MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroport”. 2

Xalqaro munosabatlar.. 3

O‘zbekiston-Polsha siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida. 3

Jamiyat.. 3

Sobiq bosh prokuror ishi bo‘yicha 24 kishiga ayblov e’lon qilindi 3

Madaniyat.. 4

Pushkin dahosiga ehtirom.. 4

Sport.. 4

FIFA: Ermatov Jahon chempionati rekordini yangilaydi 4

 

OZBEKISTON PREZIDENTINING XITOYGA TASHRIFI

Ozbekiston Prezidentining Sindao shahrida boladigan ShHT sammitida ishtirokiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 8-10-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etadi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning to‘la huquqli a’zo sifatidagi ishtirokida yig‘iladilar, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladilar.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Fikr almashuvlardan so‘ng 2018-2019-yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to‘g‘risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

(Manba: OzA)

Szyan Yan: Sindao sammiti ShHT rivoji uchun yangi istiqbollarni ochadi

Szyan Yan, Xitoy Xalq Respublikasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi:

Shu yilning 9-10-iyun kunlari Xitoyning Shandun provinsiyasi Sindao shahrida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 18-majlisi bolib otadi. Tashkilotga asos solinganidan buyon otgan vaqt ichida ShHT azolariShanxay ruhiga tayanib katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.

Tuzilma faoliyatining mohiyatini belgilovchi xavfsizlik, taraqqiyot va hamkorlikning yangi konsepsiyalari barchani qoniqtiradigan, ozgacha xalqaro munosabatlar shakli bolib, XXR Raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilganInsoniyatning mushtarak taqdirlari hamjamiyatiqurish yolidagi eng yaxshi vositalardan biriga aylanmoqda.

Agar ShHTni ulkan kemaga qiyoslasak, ShHT davlat rahbarlari Kengashi uning harakatlanishiga masul kapitandek, goyo. Siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot hamda gumanitar sohadagi hamkorlikbu kemaning tortta qudratlidvigatelidir.

XitoyningBir makon, bir yolloyihasi tashabbusini ijobiy qarshi olgan ShHT azolari songgi yillarda savdo, investitsiyalar, iqtisodiyot, texnologiyalar, telekommunikatsiyalar, agrar va boshqa yonalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga erishdilar hamda bu sezilarli natijalar bermoqda.

Tashkilot tasis qilingan paytidan boshlab oz faoliyatini azo davlatlarning taraqqiy etishi uchun osoyishta muhitni shakllantirishga va shu asosda yanada kengroq rivojlanish maydonini yaratishga qaratib kelmoqda. ShHT doirasida kuchli tasirga ega bolgan aksilterror mexanizm yaratildi, azo mamlakatlar unga tayangan holda, xavfsizlikka raxna solayotgan turli tahdidlarga yakdillik bilan keskin javob qaytarmoqdalar, terrorizm, ayirmachilik, ekstremizmga qarshi birgalikda kurashyaptilar.

ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi doimiy ishlovchi ikki organdan biri sifatida oz faoliyati mobaynida qator xalqaro huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdi. Xavfsizlik yolidagi hamkorlik jarayonini yolga qoyish uchun mustahkam huquqiy asos hozirladi, azo davlatlarning birgalikdagi harakatlarini samarali tarzda muvofiqlashtirib bordi.

2017 yilgi Ostona sammitida ShHTning ekstremizmga qarshi kurash boyicha konvensiyasi tasdiqlandi. Mazkur hujjat jahonda shu yonalishda qabul qilingan ilk konvensiyadir. Shuningdek, songgi yillarda ShHTning bir qator aksilterror oquv-yiginlari hamda ushbu tahdidlarga qarshi qaratilgan birgalikdagi amaliyotlari azo davlatlarning bu boradagi harakatlarini ozaro uygunlashtirdi.

Kuchlarni birlashtirish, bir-birining quvonchu tashvishlariga sherik bolish, tobora taraqqiy topib, eng muhim masalalarda bir yoqadan bosh chiqarish ananalariga sodiq qolgan ShHT songgi 17 yil ichida oziga xosMushtarak taqdirlar hamjamiyatini shakllantirdi. 2017 yilda Hindiston va Pokiston ShHTga rasman azo bolib kirgach, nafaqat tashkilot tarkibi, balki hamkorlik uchun imkoniyatlar maydoni ham kengaydi.

Umid qilamizki, azo mamlakatlar, kuzatuvchi davlatlar hamda doimiy muloqotdagi hamkorlarimizning birgalikdagi intilishlari, qolaversa, xalqaro hamjamiyatning faol qollab-quvvatlashi samarasida ShHT azolari birdamlik, tenglik va ozaro yordam ruhini saqlagan holda, oldinga qarab harakatlanishda davom etadi. Oz shamolini tutib olgan ShHT kemasi yelkanlarini yoygancha tolqinlar uzra suzib, yangi manzillarni ochishi, shubhasiz.

2017 yil iyunda yangi azolar qoshilgan, doirasi kengaygan ShHTga birinchi bor raislik qilayotgan mamlakat sifatida Xitoy oz majburiyatlarini vijdonan bajarmoqda. Azo mamlakatlar bilan yaqin hamkorlikda xalqaro ahamiyatga molik 160 dan ortiq anjumanlar otkazildi. Bu tadbirlarda muhim natijalarga erishildi. Sindao sammiti raislik qiluvchi mamlakat sifatida Xitoy tomonidan amalga oshirilgan ishlarning eng avj nuqtasidir hamda u katta muvaffaqiyat bilan otkazilib, ShHTning rivojlanish tarixida oziga xos voqea bolib qolishiga ishonchimiz komil.

(Manba: Xalq sozigazetasi)

IQTISODIYOT

Rossiya kompaniyasi Ozbekiston agrosektorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi

Rossiyaning Strategy Partners Group konsalting kompaniyasi dekabr oyi oxiriga qadar Ozbekiston qishloq xojaligini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tayyorlaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida aytilgan.

«Ozbekiston Respublikasi Qishloq xojaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va «Stratedji Partners Grupp» kompaniyasi bilan birgalikda 2018 yil 31 dekabrgacha «Ozbekiston qishloq xojaligini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini» ishlab chiqsin va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin», - deyiladi hujjat matnida.

Qaror loyihasiga kora, Strategy Partners Group Ozbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan strategiyani ishlab chiqishga jalb etilgan.

Kompaniya Qishloq xojaligi vazirligi bilan birgalikda 2030 yilgacha Ozbekistonda qishloq xojaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqdi, uning asosida kelgusi 12 yilda agrosektorni rivojlantirish strategiyasi loyihasi ishlab chiqiladi.

Konsepsiya, xususan, eksportni hajmlarini oshirish, oziq-ovqat va ekologik xavfsizlikni taminlash, aholi jon boshiga daromad va qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, shuningdek, sanoat sohasida davlat boshqaruvining samaradorligini kotarishni nazarda tutadi.

(Manba: Kun.uz)

INFRASTRUKTURA

Buxoroxalqaro aeroporti – “MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroport

Moskva shahrida Xalqaro fuqaro aviatsiyasiningAeroportassotsiatsiyasi tomonidan otkazilgan tanlovningMDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroportnominatsiyasida 2017 yil natijalariga koraBuxoroxalqaro aeroporti golib boldi.

Buxoroxalqaro aeroporti MDH mamlakatlaridagi 100 mingdan 500 mingacha yolovchi tashuvchi havo bandargohlari ortasida yuqori natijalari uchun maxsus kubok va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Takidlash kerakki, sovrindor aeroport tomonidan 2017 yilda xalqaro va ichki yonalishlarda 190 ming yolovchiga xizmat korsatildi. Yuk, pochta va pulli bagaj tashish salmog‘i avvalgi yilgiga nisbatan oshdi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilandi. Aeroportda parvozlar xavfsizligini ta’minlash doimiy e’tiborda.

“Buxoro” xalqaro aeroportiga 2016 yilda berilgan Xalqaro ISO 9001:2015 sertifikati aerokorxona faoliyatining yuqori sifat darajasini tasdiqlaydi.

– Havo bandargohimizning moddiy-texnik bazasi yildan-yilga mustahkamlanmoqda, – deydi “Buxoro” xalqaro aeroporti mas’ul xodimi Sayfiddin Badriddinov. – Soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan terminalda parvozga chog‘lanayotgan va viloyatimizga kelayotgan yo‘lovchilar uchun barcha sharoit mavjud. Xizmat ko‘rsatishning yangi tizimi – “Yashil yo‘lak” va “Qizil yo‘lak” joriy qilingani mijozlar, ayniqsa, sayyohlarga yanada qulaylik yaratmoqda.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, “Buxoro” xalqaro aeroporti "Yilning eng yaxshi aeroporti” nominatsiyasi bosh sovriniga beshinchi bor sazovor bo‘ldi.

(Manba: O‘zA)

xalqaro munosabatlar

O‘zbekiston-Polsha siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2018-yilning 7-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirlari vakillari siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Polsha Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andjey Papej boshchiligidagi delegatsiya bilan TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarnng hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari birgalikda tahlil qilindi.

Uchrashuvda oliy va yuqori darajalardagi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, parlamentlararo almashinuv, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini Varshava shahrida o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, shu kunga qadar O‘zbekiston-Polsha muhosabatlarida 41 hujjatdan iborat mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos yaratildi. Tomonlar O‘zbekiston va Polshaning davlat va jamoatchilik tuzilmalari, biznes, fan va ta’lim muassasalari, madaniyat va san’at vakillari o‘rtasida ulkan ijobiy hamkorlik tajribasi orttirildi.

Uchrashuvda alohida e’tibor o‘zaro savdo va investitsion hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy qadamlarga qaratildi. Shu o‘rinda Polsha delegatsiyasi tarkibida o‘zbekistonlik hamkorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishdan manfaatdor Polsha yatakchi kompaniyalari vakillari borligi, Toshkent va Buxoroda biznes forumlari rejalashtirilganligi muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan Polsha investitsiya va savdo agentligi vakolatxonasini Toshkent shahrida ochish bo‘yicha Polsha tomoni qarorini O‘zbekiston tomoni qo‘llab-quvvatladi.

Maslahatlashuvlar doirasida tomonlarni qiziqtirgan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Muzokaralarda Polsha Elchisi Pyotr Ivashkevish ishtirok etdi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sayti)

jamiyat

Sobiq bosh prokuror ishi bo‘yicha 24 kishiga ayblov e’lon qilindi

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov ishi bo‘yicha 24 kishiga ayblov e’lon qilindi, ularning 21 nafari hibsga olingan.

O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovga qarshi ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha 24 kishiga ayblov e’lon qilindi, ularning 21 nafariga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida hibsga olish chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda seshanba kuni Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Bosh prokuratura Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mansur O‘rolovning qayd etishicha, ayni paytda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Tergov jarayonida mansabga tayinlashda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yish, rahnamolik qilish va pora olish holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura vakili tergov sirini oshkor qilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun jinoyat ishining qo‘shimcha tafsilotlarini ocha olmasligini tushuntirib o‘tdi.

Fevralda Bosh prokuratura Rashitjon Qodirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 210- (pora olish) moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilgan edi.

Rashitjon Qodirov 2000—2015 yillarda bosh prokuror etib tayinlangan, so‘ngra Konstitutsion sud sudyasi lavozimiga saylangan edi (2015−2017).

(Manba: Gazeta.uz)

madaniyat

Pushkin dahosiga ehtirom

Poytaxtimizda Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 219 yilligiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.

Shoir haykali qad rostlagan so‘lim go‘shada vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, milliy madaniyat markazlari, diplomatik korpus vakillari, yozuvchi va shoirlar jam bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi R.Qurbonov, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Hojimatov, Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi V.Tyurdenev, Rus milliy madaniy markazi rahbari A.Aristov va boshqalar o‘zbek va rus xalqlari do‘stligini mustahkamlashda adabiyotning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi adabiy aloqalar yaxshi rivojlanmoqda. Toshkentda Aleksandr Pushkinga, Moskvada Alisher Navoiyga haykal o‘rnatilgani ham xalqlarimizni o‘zaro mushtarak maqsad va ajib badiiy tafakkur mahsuli bog‘lab turganining namunasidir.

Tadbirda Pushkin haykali poyiga gullar qo‘yildi, shoir ijodidan namunalar o‘qildi.

(Manba: O‘zA)

sport

FIFA: Ermatov Jahon chempionati rekordini yangilaydi

Bu da’vat biz tomondan emas, FIFA tomonidan yangramoqda.

Xalqaro futbol tashkiloti – FIFAning FIFA.com internet sayti kecha o‘zbekistonliklar uchun taalluqli bo‘lgan xabarni chop etdi. Unda, jumladan, shunday deyilgan:

“Futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2018ning boshlanishiga atigi 8 kun qoldi.Ushbu mundial oldidan musobaqa tarixidagi statistikalarga to‘xtalamiz.

O‘zbekistonlik tajribali hakam Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarida jami 9 ta uchrashuv boshqargan - bu mundial tarixida harqanday boshqa hakamdan ko‘proq demakdir. U birinchi marta 2010-yili JARda bo‘lib o‘tgan mundialda mezbonva Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yinini boshqargan edi. Ravshan mazkur musobaqada yana to‘rt o‘yinda bosh hakam bo‘ldi, jumladan, Golandiya va Urugvay o‘rtasidagi yarim final o‘yinini ham boshqardi.

O‘zbekistonlik hakamo‘z hisobiga 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi yana to‘rtta uchrashuvni qo‘shib qo‘ydi va mundiallarda eng ko‘p - 8tadan bahsni boshqargan fransiyalik Joel Kiniu, meksikalik Benito-Artundiya va urugvaylik Xorxe Larriondani ortda qoldirdi.

Ermatov 2003-yilda FIFA referiligiga qabul qilingan, shundan buyon uning qobiliyati va obro‘-hurmati ortib bordi. Jahon chempionatlaridan tashqari, Osiyo Chempionalar ligasining to‘rtta finali, Klublar o‘rtasida o‘tgan Jahon chempionatining ikkita finali va Osiyo Kubogi finalini, yana ko‘plab rasmiy yirik musobaqalarning hal qiluvchi o‘yinlarini xotirjamlik va ishonch bilan boshqargan.

Ravshan Rossiyada o‘tadigan Jahon chempionatida o‘z rekordini yangilash uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. U yana bir haftadan keyin boshlanadigan Jahon chempionati o‘yinlarini boshqaradigan asosiy hakamlar ro‘yxatiga kiritilgan”.

(Manba: O‘zA)

 

 

Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

YANGILIKLAR XABARNOMASI №110 O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi 2018-yil 6-iyun

posted 8 Jun 2018, 11:04 by Webmaster Ambasciata

PREZIDENT.. 1

Mahalliy budjetlarga tushumlar va narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘la ishga solish – eng muhim vazifadir 1

Rasmiy.. 3

O‘zbekiston: OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi 3

IQTISODIYOT.. 4

O‘zbekiston avtomobil sanoati: Yangiliklar, o‘zgarishlar, rejalar 4

MOLIYA.. 6

Xitoy banklari bilan 750 mln dollarlik zayom kelishuvlari imzolandi 6

Islohotlar: ta’lim... 7

OTMlarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» qabul qilindi 7

Ekologiya.. 9

“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning yangi bosqichi 9

Kino.. 11

Tadbirkorlar 2 yilda 96,8 mlrd so‘mga 49ta kinoteatr quradilar 11

 


 

PREZIDENT

Mahalliy budjetlarga tushumlar va narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘la ishga solish – eng muhim vazifadir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-iyun kuni hududlarda budjetga qo‘shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash hamda inflyatsiyaning oldini olishda mahalliy ijro hokimiyati organlari, soliq va moliya idoralari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar, kompaniyalar, xo‘jalik birlashmalari, banklar rahbarlari, videokonferens-aloqa tizimi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni jadal taraqqiy ettirish hisobidan hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalari tashkil etilib, yirik xo‘jalik birlashmalarining mablag‘lari, banklar kreditlari hamda xorijiy investitsiyalar jalb qilinayotgani subvensiyaga qaram bo‘lib qolgan tuman va shaharlarda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyunda qabul qilingan “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini barqaror moliyalashtirish va shu asosda aholining real daromadlari, hayot darajasi va sifatini oshirish imkonini bermoqda.

Majlisda byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ko‘paytirish va inflyatsiya darajasi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning mavjud holati atroflicha tanqidiy tahlil qilinib, bu boradagi eng muhim vazifalar belgilab olindi.

Prezidentimizning mamlakatimiz hududlariga tashriflari davomida joylardagi mavjud rezerv va imkoniyatlarni ishga solish hisobidan dastlab byudjetga qo‘shimcha ravishda 5,3 trillion so‘m yoki prognozga nisbatan 12 foiz ko‘p soliq tushirish bo‘yicha choralar belgilab berilgan edi (O‘R MB kursi 6.06.2018 da, 1$=7944.07 so‘m). Buning natijasida joriy yilning o‘tgan 5 oyida prognozga nisbatan 2,7 trillion so‘m yoki 16 foiz ko‘p tushum tushirishga erishildi.

Ayni vaqtda o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mahalliy hokimliklar, moliya-soliq organlari tomonidan byudjetga qo‘shimcha soliq tushirish borasidagi rezervlar hali ham to‘liq ishga solinmayapti.

Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida soliqlarning 60 foizini ilgarigidek 171 ta yirik korxona ta’minlab bergani buni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami soliq tushumining 50 foizi “O‘zKorgaz” va “Ustyurtgaz” korxonalari, Navoiy viloyatida esa 75 foizi Navoiy kon-metallurgiya kombinati hisobidan qoplangan.

Yig‘ilishda Toshkent shahri va Namangan viloyatida bu boradagi ishlar mutlaqo talabga javob bermasligi qattiq tanqid qilindi.

Misol uchun, bozordagi savdo-sotiqlar orqali tushadigan mablag‘larni tahlil qiladigan bo‘lsak, afsuski, bu boradagi ko‘rsatkich Toshkent shahrining Olmazor tumanida 30 foizga, Sergelida 7 foizga, Yakkasaroyda 4 foizga, Yunusobodda 3 foizga kamayib ketgan. Boshqa tumanlarda ham ahvol ana shunday achinarli ekani majlisda alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Avtoturargohlarda tushum bo‘yicha yetarli nazorat yo‘qligi kuzatilmoqda. Buning oqibatida mahalliy byudjetlarga 18 milliard so‘m tushmasdan qolgan.

Namangan viloyatining Norin va Namangan tumanlarida o‘tgan 5 oy mobaynida savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdori kamayib ketgan.

Viloyatda soliq hisobotlari to‘liq tahlil qilinmagani va shu asosda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmagani tufayli qariyb 20 milliard so‘m soliq undirilmagan.

O‘rganish va hisob-kitoblar haligacha ishga solinmayotgan bunday rezervlar barcha hududlarda mavjudligi, umuman, joriy yilda prognozga qo‘shimcha ravishda 8,1 trillion so‘m soliq tushirib, byudjetga jami soliq tushumini 50,2 trillion so‘mga yetkazish imkoni borligini ko‘rsatmoqda.

Majlisda mutasaddi vazirlik va idoralarga bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlarni tezda bartaraf etish, ikki hafta muddatda qo‘shimcha ravishda 8,1 trillion so‘m soliq tushirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berilib, har bir hudud va tuman bo‘yicha kunlik grafik va aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi. Shuningdek, qisqa muddatda har bir viloyat, tuman va shaharda “Byudjetga qo‘shimcha daromadlarni jalb qilish shtabi”ni tashkil etish va uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda soliq bo‘yicha qarzdorlikni majburiy undirish, davlat foydasiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotish hisobidan byudjetga 772 milliard so‘m tushirish va bu boradagi nazoratni kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Videoselektorda mamlakatimizda o‘tgan 5 oy davomida erishilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham tanqidiy jihatdan chuqur tahlil etildi. Shu davrda inflyatsiya darajasi 6,6 foizni tashkil etib, prognoz ko‘rsatkichidan oshmagan bo‘lsa-da, narx-navo Toshkent shahrida 7,4 foizga, Andijonda 7,3 foizga, Qoraqalpog‘istonda 7,1 foizga o‘sgani va bunga sabab bo‘lgan omillar, boshqaruv sohasidagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Ma’lumki, hozirgi kunda hududlarda meva-sabzavot, chorva, parranda, baliq va asal yetishtirishni keskin ko‘paytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda tadbirkor va fermerlarga zarur miqdorda kredit mablag‘lari, ozuqa yetishtirish uchun yer maydonlari, shuningdek, barcha kerakli imtiyozlar berilmoqda. Lekin, afsuski, davlat miqyosida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikning aniq amaliy natijalari joylarda hanuzgacha umuman sezilmayapti.Bu, o‘z navbatida, ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlab turishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Majlisda shu nuqtai nazardan go‘sht narxi bozorlarimizda qimmatlashib borayotganiningsabablari atroflicha tahlil qilindi. Buning asosiy sabablaridan biri – omuxta yem, shrot va sheluxa yetarli emasligi va bu chorva ozuqalarining belgilangan narxlarga nisbatan ancha qimmat sotilayotgani bilan bog‘liq.

Afsuski, bozorlarimizda savdo madaniyatiga rioya qilmaslik, bu boradagi talab va mezonlarni buzish holatlari ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa narx-navo sun’iy ravishda oshib ketayotganining yana bir jiddiy sababidir. Bozorlarning rahbar va mutasaddilari bu holatning oldini olmasdan, aksincha, o‘zlari ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymoqda.

Majlisda yana bir muhim masalaga e’tibor qaratildi. Ma’lumki, ichki bozorimizda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narx-navo oshib ketishining oldini olish maqsadida o‘tgan yili maxsus jamg‘arma tashkil qilingan edi. Ana shu jamg‘arma faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani tufayli shu kunga qadar 155 million dollarlik shakar, o‘simlik yog‘i, kartoshka va tovuq go‘shti chetdan import qilingan. Narx-navoni barqarorlashtirish bo‘yicha jamg‘armaning o‘rni va ta’siri mutlaqo sezilmayapti. Jamg‘arma ayrim tadbirkorlar manfaatiga xizmat qiladigan kredit tashkilotiga aylanib qolganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi, deb ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Ana shu tanqidiy fikrlardan kelib chiqqan holda, majlisda mazkur jamg‘arma faoliyatini jiddiy tekshirish bo‘yicha Bosh prokuraturaga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari odamlarning obod va farovon hayot kechirishi uchun o‘ta muhim bo‘lgan qurilish materiallari narxi yildan-yilga oshib borayotganini ham afsus bilan qayd etdi. Bu esa inflyatsiya darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, yil boshiga nisbatan qurilish materiallari narxi mamlakatimiz bo‘yicha 16 foiz, jumladan, Toshkent viloyatida 23 foiz, Surxondaryoda 20 foiz va Xorazmda 19 foiz oshganiga tegishli mutasaddi va rahbarlar e’tibori qaratildi.

Bu yil suv kamligini hisobga olib, takroriy ekin maydonini 238 ming gektarga qisqartirganimiz mahsulot yetishtirish hajmi kamayishiga va buning natijasida narx-navoning oshishiga sabab bo‘lmasligi zarur. Shuning uchun qolgan 680 ming gektar yerga takroriy ekinlarni to‘liq ekish va hosildorlikni oshirish hisobidan ichki bozor uchun ham, eksport uchun ham yetarli miqdorda hosil olishni ta’minlashimiz kerak. Suvdan tartib bilan, oqilona foydalansak, barcha ekinlarga suv yetadi, dedi Prezidentimiz.

Ko‘rsatib o‘tilgan bunday muammolarni hal etish uchun Takroriy ekinlarni ekish bo‘yicha respublika shtabi va ishchi guruhi tashkil etish haqida aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Takroriy ekinlarni ekish, parvarishlash va yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish, g‘alladan bo‘shagan yerlarga peshma-pesh takroriy ekinlar ekishni uyushqoqlik bilan tashkil etish borasida tegishli vazifalar belgilandi.

Videoselektor yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish, fermerlar bilan takroriy ekinlardan olinadigan mahsulotlar bo‘yicha shartnomalar tuzish, avans mablag‘larini o‘z vaqtida ajratish bilan bog‘liq choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, bu yil g‘alladan bo‘shagan maydonlarni shudgorlashdan oldin sug‘ormaslikyuzasidan ham aniq vazifalar kelishib olindi.

Majlisda tegishli rahbar va mutasaddilarga 2018-2021 yillarda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, ushbu tarmoqda ratsional ozuqa bazasini shakllantirish dasturlarini ishlab chiqish, har bir hudud bo‘yicha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni aniqlab, maxsus jamg‘arma hisobidan ularni import qilish uchun tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish haqida amaliy ko‘rsatmalar bildirildi.

Selektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatish va muntazam ravishda axborot berib borish zarurligi ta’kidlandi.

(Manba: O‘zA)

Rasmiy

O‘zbekiston: OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi

Bakalavriat, magistratura va maxsus sirtqi bo‘limlarga talabalarni qabul qilish kvotasi qariyb 8500 nafarga oshirildi. Sirtqi va kechki bo‘limlarga qabul kvotalari keyinroq e’lon qilinadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4 iyundagi qarori bilan 2018−2019 yillarda mamlakat OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi xabar qildi.

Umumiy qabul kvotasi qariyb 8500 nafarga oshib, 78701 dan (grant bo‘yicha — 19725, to‘lov-kontrakt — 58976) 87165 taga (19240, 67925) yetdi.

Bakalavriat kunduzgi bo‘limlariga 1714 nafar talaba ko‘proq qabul qilinib, jami 69460 nafarga yetadi (o‘tgan yili — 67746). Ularning 17669 nafari grant, 51791 nafari shartnoma asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga qabul kvotasi qariyb 1000 nafarga oshib, 5940 (5000) nafarga yetadi. Ularning 1556 nafari (o‘zgarishsiz) grant bo‘yicha tahsil olsa, 4384 nafari (3444) shartnoma asosida o‘qiydi.

Bakalavriatning maxsus sirtqi bo‘limlariga qabul soni qariyb ikki barobarga oshib, 11765 nafarga yetkazildi (o‘tgan yili — 5955). Ularning 15 nafari (o‘zgarishsiz) grant asosida tahsil olsa, 11750 nafari (5940) shartnoma bo‘yicha ta’lim oladi.

Qaror bilan bakalavriatda 16 ta (biznes-informatika, yorug‘lik texnikasi, biotibbiy fizika va boshqalar), magistraturada esa 18 ta (raqamli iqtisodiyot, yarim o‘tkazgich materiallar nanotexnologiyasi, sug‘urta auditi va boshqalar) yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar joriy etilmoqda.

«Maktabgacha ta’lim» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash (bakalavriat) to‘rt yil emas, balki uch amalga oshiriladi. Xorij tajribasi va kadrlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida ushbu qaror qabul qilindi. O‘quv rejalari va dasturlariga yangicha malaka talablari tayyorlanmoqda. Asosiy urg‘u bilimlarni mustaqil egallashga qaratiladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv yilida 100 nafar talaba, jumladan 10 talaba grant asosida qabul qilinadi.

Sirtqi va kechki bo‘limlarga qabul kvotalari bir oy ichida tayyorlanishi lozim. Ular bakalavriatga umumiy qabulning 30 foizigachasini tashkil etadi.

Qarorda OTMlar va potensial ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Endilikda OO‘MTV kadrlar buyurtmachilari bilan har yili o‘quv yili boshlangunga qadar OTMlarning o‘quv rejalari va dasturlarini ko‘rib chiqadi. Bitiruvchilar ko‘nikma va malakalaridagi kamchiliklar har chorakda kamida bir marta ish beruvchilar bilan birgalikda muhokama qilinadi.

(Manba: Gazeta.uz)

IQTISODIYOT

O‘zbekiston avtomobil sanoati: Yangiliklar, o‘zgarishlar, rejalar

O‘zbekistonda dunyoga mashhur ko‘plab brendlarning avtomobil rusumlarini, shuningdek, elektromobil ham ishlab chikarish mo‘ljallanmokda.

“O‘zavtosanoat” AJ rah-barlarining so‘zlariga qaraganda, tarmoqni monopo-liyadan chiqarish bo‘yicha o‘ziga xos jarayon boshlangan. Bunda yirik xorijiy avtomo-bilsozlik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengayti-rish, hatto O‘zbekistonda olamga mashhur brendlarning turli rusumlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilgan. Ana shu yo‘nalishdagi ishlar bir qator loyihalar doirasida boshlab yuborildi. “Jizzax” EIZda “Pejo bokser” va “Pejo ekspert” singari bir necha modifikatsiyalar tayyorlash mo‘ljallangan “Uzbekistan Peugeot Citroen

Automotive” o‘zbek — fransuz avtomobil zavodini ishga tushirish borasida qurilish-montaj ishlarining 80 foi-zi bajarib bo‘lindi. Davlat rahbarining qurilishni tez-lashtirish haqidagi topshi-rig‘idan so‘ng jadvalga tuza-tish kiritildi. Agar jahon tajribasida avtomobil sa-noatidagi bu kabi loyiha-larni ro‘yobga chiqarish uchun o‘rtacha ikki yil vaqt ketsa, “O‘zavtosanoat” vakillari av-tozavodni, avval rejalashti-rilganidek, kelasi yilning birinchi choragida emas, balki shu yil oxiridayoq ishga tushirish niyatida.

Samarqanddagi “UzAutoTrailer” zavodida esa “KamAZ” yuk avtomo-billarining bir necha modeli yi-g‘iladi. Ayni paytda extiyot qism-larni Rossiyadan yetkazib berish bilan birga, ularning ba’zilari-ni O‘zbekistondagi korxonalarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish re-jalashtirilmoqtsa. Yaqin vakt ichi-da Namangan viloyatida ham “Hyundai” markasi ostida yuk av-tomobillari va avtobuslar tay-yorlash boshlanadi. Loyihaga ko‘ra, korxona konveyerlarida 1 tonna-dan 50 tonnagacha bo‘lgan yuk ko‘ta-rish kuchiga ega yuk avtomobilla-ri, shuningdek, shaharlararo, xalqaro hamda sayyohlik yo‘nalish-larida qatnovchi avtobuslar, max-sus transport vositalari yig‘ila-di. Zavod ishga tushganidan so‘ng uch yil mobaynida har yili ikki mingtagacha “Hyundai” yuk avtomobillari va mingta avtobus ishlab chiqarish hamda ular uchun ehtiyot qismlar tayyorlashni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda.

Amalga oshirilayotgan loyiha-lardan tashqari, turli mamlakat-lar, xususan, Yevropa, Xitoy va Hindiston kompaniyalari bilan ham O‘zbekistonda qo‘shma korxo-nalar ochish borasida muzokara-lar olib borilmoqda. Bu mulo-qotlar faqat yengil hamda yuk avtomobillari yoki avtobuslar ishlab chiqarish bilangina chekla-nib qolmayotganini aytish joiz. Misol uchun, Namangan viloyatida Xitoyning mashhur “Lifan” kompaniyasi bilan sheriklikda motosikllar va velosipedlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha ham rejalar tuzilgan.

O‘zbekiston avtomobilsozlari ishlab chiqarishni nafaqat mam-lakat ichida, balki undan tashqa-rida ham rivojlantirish niyati-dalar. Yaqinda “O‘zavtosanoat” AJda bo‘lib o‘tgan matbuot anju-manida taqdim qilingan ma’lu-motlarga ko‘ra, Qozog‘istonning Qustanay shahrida bizning avto-mobillarimizni yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Rossiya Federatsiyasi bilan ham “GM Uzbekistan” avto-larini yig‘ish joyini aniqlash bo‘yicha muzokaralar avj nuqtasi-ga chiqqan. Sankt-Peterburg, Karachayevo-Cherkesiya, Tolyatti hamda Nijniy Novgoroddagi ishlab chiqarish maydonlari ko‘rib chiqilyapti. Bu masalada “O‘zavto-sanoat” rahbariyati O‘zbekiston avtomobilsozlarining hamkori — “General Motors”ning zavodi ishlab turgan Sankt-Peterburg shah-riga ko‘proq qiziqish bildirmoq-da. Qirg‘izistonda ham yig‘uv-ish-lab chiqarishni tashkil etish mu-hokama qilinyapti. Mazkur mam-lakatda ikki manzil — O‘sh yoki Bishkek muqobillaridan bittasi tanlab olinadi va masala loyi-haning iqtisodiy jihatdan maq-sadga muvofiqligi bo‘yicha barcha hisob-kitob amalga oshirilgach, hal etiladi. Logistika nuqtai na-zaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, Andijon viloyatidagi avtozavod-ga yaqinroq joylashgan O‘sh shahri ma’qulroq ko‘rinadi.

·        “Jizzax” EIZda barpo etilayotgan “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” avtomobil zavodida “Pejo bokser” va “Pejo ekspert” singari bir necha modifikatsiyalar tayyorlash mo‘ljallanmoqda.

·        Samarsanddagi “UzAutoTrailer” zavodida “KamAZ” yuk avtomobillarining bir necha modeli yig‘iladi.

·        Yaqin vatst ichida Namangan viloyatida ham “Hyundai” markasi ostida yuk avtomobillari va avtobuslar tayyorlash boshlanadi.

“O‘zavtosanoat”ning bu siyosati haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan turli mish-mishlarga sabab bo‘lgan-dir balki. “O‘zavtosanoat” AJ rahbarlari matbuot anjumani da-vomida bu gap-so‘zlarga ham mu-nosabat bildirdi. Masalan, ko‘p yillik hamkorimiz “General Motors” O‘zbekistonda o‘z faoliya-tini to‘xtatarmish qabilidagi gap-so‘zlar tarqaldi. Bu mish-mishlar-ning isboti sifatida GM o‘z aksiyalarini sotayotgani aytila-yotgandi. Xo‘sh, munosabatlarimiz o‘zi qay holatda? To‘g‘ri, mahal-liy avtosanoatimiz rahbarlari bunday jarayon davom etayotgani-ni tasdiqladi. “O‘zavtosanoat” AJ “General Motors”dan Asakadagi av-tozavodning aksiyalarini sotib olmoqda. Ayni paytda GMda bu aksiyalarning 10 foizi qolgan. Yil oxirigacha Amerika korporatsiyasining bor ulushini sotib olish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, avtomobil dvi-gatellari ishlab chiqaruvchi “GM Powertrain Uzbekistan” zavodining hozir “General Motors”ra tegishli bo‘lgan 70 foiz aksiyasini xa-rid qilish bo‘yicha ham muzokaralar ketmoqda.

Ammo bu, agar shunday atash mumkin bo‘lsa, ajralish degani emas. Aslini olganda, sheriklar birgalikdagi faoliyatni to‘xtat-maslik, biroq bunda O‘zbekiston-ning avtomobil sanoatiga ko‘proq mustaqillik berishni nazarda tu-tuvchi “GM — O‘zbekiston alyan-si”ni ta’sis etish haqida keli-shib olib, hamkorlikning yangi bosqichiga chiqdilar. Alyans doi-rasida “O‘zavtosanoat” AJ va GM mamlakatimizda avtomobil hamda dvigatellar ishlab chiqa-rish, shuningdek, avtomobillarni “Chevrolet” va “Ravon” brendlari ostida ichki hamda tashqi bozor-da ilgari surish va realizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi. Faqat endi “O‘zavtosa-noat” AJ avtomobillar hamda dvigatellar ishlab chiqarish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi fao-liyatda nazoratni to‘liq o‘z zim-masiga oladi, “General Motors” esa bu ishda texnik ko‘llab-kuv-vatlab, yordam ko‘rsatadi.

Amerikalik sheriklarning o‘z-lari alyans ta’sis qilinishi ish o‘rinlari soni yoki avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish hajmlariga ta’sir etmasligini tasdiqladilar. GM avtomobil hamda dvigatellar tayyorlash uchun tarkibiy qismlar yetkazib berish-da davom etadi va O‘zbekiston avtomobil sanoatini doimiy qo‘llab-quvvatlaydi.

Yana bir jihat. Ma’lumotlarga qaraganda, mahalliy avtosanoat mahsulotlarining eksporti hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni Liviya, Iordaniya, Tunis kabi davlatlarga jo‘natish hisobiga uning geografiyasini kengaytirishga katta_ ahamiyat be-rilayotgani holda, “O‘zavtosanoat” AJ uchun ichki bozor ustuvor bo‘lib qolmoqda. Oxirgi vaqtlarda o‘zi-mizda mahalliy yengil avtomobillar uchun talab uch barobardan ko‘proq oshdi. Shu boisdan yengil avtomobillar yig‘ish hajmi bir necha bor qayta ko‘rib chiqildi. Agar o‘tgan yili mazkur ko‘rsatkich 140,2 mingtadan ziyodroqni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda dastlab 150 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarish rejalash-tirilgandi, keyinroq 170 ming-gacha, hozir esa aholi extiyojini qondirish uchun ushbu ko‘rsatkich 200 mingta, deb belgilandi.

Qolaversa, mahsulotni sotish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Sir emaski, aynan shu sohada dilerlar tomonidan shartnomalar tuzish, kontraktlar bilan ishlash davomida ko‘plab qoidabuzarliklar va suiiste’-molchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgan, bu esa mijozlarning nafaqat di-lerlardan, balki ishlab chiqaruv-chidan ham norozi bo‘lishiga sabab bo‘layotgandi. Mazkur holat-larning barchasi dilerlar bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chi-qishda keskin choralarni taqozo etyapti. Shu sababli, “O‘zavtosa-noat” AJ xorijiy tajribani amalda tatbiq qilmoqchi, ya’ni dilerlar avtomobillarni ishlab chiqaruvchidan avval sotib olib, keyin uni mijozlarga realizatsiya qiladi. Boshqacha aytganda, buyurtma bergan mijoz pulni to‘lagach, o‘zi tanlagan avtomobil-ni darhol olishi kerak. To‘g‘ri, realizatsiya tizimini bir zumda o‘zgartirish imkonsiz. Shuning uchun ham hozircha boshqa choralar qo‘llanmoksa. Masalan, avtomobillarni sotish to‘laligicha mil-liy valyutaga o‘tkazildi, to‘lov tizimini hech bir qarshiliksiz tan-lash mumkin, avtomobil xarid qilish uchun buyurtmalarni hisob-ga olishning markazlashgan elektron tizimi (ya’ni elektron navbat) joriy etildi, dilerlik korxonalari ish faoliyatining yangi reglamenti kuchga kirdi. On-layn-to‘lov hamda ehtiyot qismlar sotish bo‘yicha yagona portalni ishga tushirish yuzasidan loyihalar amalga oshirilish arafasida.

Jamiyat rahbariyatining OAV vakillariga ma’lum qilishlari-cha, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti qoshida tashkil etilgan “O‘zavtosanoat” AJ-ning Innovatsiyalar markazida elektromobillar yaratish va si-novdan o‘tkazish bilan shug‘ulla-nuvchi maxsus guruh tuzilgan, aynan shu markazda O‘zbekistondagi haydovchisiz yuruvchi ilk avtomobil loyihalashtirilayotgan ekan. Sinovlarning to‘liq davri muvaf-faqiyatli nihoyalangach, avtomo-bilsozlar “Angren” EIZda bar-po etilgan zavodda ishlab chiqa-riladigan shinalarni mahalliy avtolarga o‘rnatishni boshlaydi. Mutasaddilarning aytishicha, eks-portga chiqarilayotgan avtomobil-larning narxini oshirish masa-lasi ko‘rib chiqilyapti, ammo ichki bozordagi avtomobillar narxini ko‘tarish haqida gap yo‘q. Yana bir yangilik: “Matiz” ishlab chiqa-rish to‘xtatildi. Yaqin vaqt ichida “Chevrolet Tracker” modelini yi-g‘ish boshlanadi. Bu endi keyingi mavzularimizdan biridir.

(Manba: Xalq so‘zi” gazetasi)

MOLIYA

Xitoy banklari bilan 750 mln dollarlik zayom kelishuvlari imzolandi

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (O‘zbekiston Milliy banki) Xitoy moliyaviy institutlari bilan 750 mln dollarlik zayom kelishuvlarini imzoladi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Milliy banki Xitoy davlat taraqqiyot banki bilan 250 mln dollarlik zayom kelishuvini imzolagan.

Ushbu kelishuv O‘zbekistonga import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan yuqori texnologik qurilmalarni yetkazishni ko‘zda tutuvchi yirik loyihalar bilan birga kichik va o‘rta biznes loyihalarini ham moliyatirishni ko‘zda tutadi.

Xitoy davlat taraqqiyot bankining kredit liniyasidan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi tadbirkorlar foydalana oladilar.

Shuningdek, Xitoy eksport-import banki bilan 500 mln dollarlik zayom kelishuvi imzolangan.

Bu bankning kreditlari yuqori texnologik qurilmalarni yetkazishni ko‘zda tutuvchi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Hujjatlar 5 iyunda Pekinda 9-10 iyunda Xitoyda o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti oldidan imzolangan.

(Manba: Kun.uz)

Islohotlar: ta’lim

OTMlarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» qabul qilindi

Tayanch OTMlar dasturlarni o‘zlari ishlab chiqadi, o‘qituvchilar talabalarning o‘zlashtirishi bo‘yicha baholanadi, testlarni tayyorlash uslublari qayta ko‘rib chiqiladi, hujjatlar elektron qabul qilinadi.

O‘zbekiston prezidenti Shakat Mirziyoyev 5 iyun kuni oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Muammolar

Qarorda OTMlarda ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi qator muammolar qayd etilgan.

Oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti.

Professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar keltirib chiqarmoqda.

Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilmaganligi ushbu sohada ko‘plab muammolarning, eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligi sezilmayapti, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati hanuzgacha qoniqarsiz bo‘lib qolmoqda.

Respublikada olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka tushuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yo‘lga qo‘yilmagan.

Oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan.

Yangiliklar

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish muddati kamida uch yil bo‘lgan bakalavriat hamda kamida bir yil bo‘lgan magistraturani joriy etish, bunda magistraturada mutaxassislar tayyorlashni ishlab chiqarish (amaliy) (kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo‘nalishlarga ixtisoslashgan dasturlar asosida tashkil etiladi.

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari xorijiy fuqarolar suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibi joriy etiladi.

Ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini, shu jumladan, muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizim joriy etiladi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida «talabaning o‘zlashtirish darajasi — professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni» tamoyili joriy qilinadi. Bunda ushbu tamoyil talablariga javob bermaydigan professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘rish belgilan.

Joriy o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining vaqtini o‘quv jarayoniga xos bo‘lmagan ishlarga sarflashning oldini olish hamda ularni talabalar bilan ko‘proq ishlashga yo‘naltirish, shu jumladan, «ustoz — shogird» tizimini joriy etish maqsadida o‘quv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-o‘qituvchilar «vaqt me’yorlari"ning yangi mexanizmlari tasdiqlanadi.

Qaror bilan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlandi.

Ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan eng yuqori ball berish va ushbu fanlar test sinovidan ozod qilish tartibi ishlab chiqiladi.

Jamoatchilik nazorati

Barcha oliy ta’lim muassasalarida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi.

1 sentyabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi o‘tkazish natijalari bo‘yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimi o‘rniga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimi joriy etiladi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‘zbekiston Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga yuklanadi.

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari — tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlarining, innovatsion rivojlanish vaziri — barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining faoliyati natijalarini ularning «Yo‘l xaritalari"da belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan har oyda kamida bir marta tanqidiy muhokama qilib boradi.

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda tegishli oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan hisobotlari har yili Vazirlar Mahkamasining majlislarida muhokama etiladi;

Innovatsiyalar uchun sharoitlar

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari — tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlarining, innovatsion rivojlanish vaziri — barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining faoliyati natijalarini ularning «Yo‘l xaritalari"da belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan har oyda kamida bir marta tanqidiy muhokama qilib boradi.

Yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasida «Yosh ekspertlar guruhi» tashkil etiladi.

(Manba: )

ekologiya

“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning yangi bosqichi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1972-yili Stokgolm shahrida o‘tkazilgan konferensiyada 5 iyun “Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilingan edi.

Sababi, tabiat va uning ne’matlariga nooqilona munosabat oqibatida ko‘plab ekologik muammolar vujudga kelayotgandi. Achinarlisi, bugungi kunda ham ushbu masalaning dolzarbligi oshsa oshayaptiki, aslo pasayayotgani yo‘q. Dunyo miqyosida yiliga qariyb olti million gektar yer cho‘llanishga uchrayotgani, oltmish mingga yaqin o‘simlik, yetti mingdan ortiq hayvon turlari yo‘qolib ketish arafasida ekanligi, aholi ko‘payishi hamda yangi yerlar o‘zlashtirilishi hisobiga suvga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotgani buning isbotidir. Demak, yuzaga kelayotgan muammolarni birgalikda hal etish, sanoatda energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish, umuman, atrof-muhitni muhofaza qilishda hamjihatlikda ish olib borish zarur.

Kecha Toshkent shahrida mazkur sanaga bag‘ishlab, O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi hamkorligida tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda atrof-muhit va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzuidagi Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham ekologik muammolarni bartaraf qilish, uning oqibatlarini yumshatishga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iboratdir.

Xalqaro anjumanning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham ushbu jabhadagi ishlarga katta ahamiyat qaratilgan. Shundan kelib chiqib, ayni paytda respublikamizda chiqindilarning atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish barobarida, tabiiy muhit monitoringi tizimi modernizatsiya qilinmoqda. Ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish mexanizmlarini tatbiq etish, soha tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash, kamchiqitli hamda chiqindisiz texnologiyalarni ilgari surish bo‘yicha qator maqsadli tadbirlar mavjud. Biologik xilmaxillikni asrash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish, shu jumladan, atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha Milliy konsepsiya ustida ish olib borilyapti.

— Shu va boshqa vazifalar nafaqat milliy, balki mintaqaviy hamda xalqaro miqyosdagi manfaatdor tomonlarni jipslashtirishni talab qiladi, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov. — Forum ayni shunga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ya’ni unda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida atrof-muhit masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, dolzarb mintaqaviy masalalar yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun jahon hamjamiyati, rivojlangan davlatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama etiladi.

Forumda Markaziy Osiyo hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi, Avstriya, Latviya, Turkiya, Janubiy Koreyaning atrof-muhitni muhofaza qilish davlat idoralari rahbarlari, BMT, Butunjahon suv kengashi, Yevropa ittifoqi, AQSH davlat departamenti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsion banki kabi xalqaro tashkilotlar, yirik moliya institutlari, ilmiy hamda jamoatchilik muassasalarining 300 ga yaqin vakillari qatnashmoqda.

Darhaqiqat, bugungi kunda tabiatni asrab-avaylash, ekologik holatni yaxshilash eng muhim yumushlardan biri sanaladi. Bu masala Markaziy Osiyo davlatlari uchun, ayniqsa, o‘ta ahamiyatlidir. Mintaqa ahli azaldan qon-qardosh, bir-biri bilan bahamjihat turmush kechirib kelmoqda. Tarixi, madaniyati, savdo-sotig‘i, tabiati o‘xshash xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa, keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangi bosqichga ko‘tarilyapti.

Jahon banki tahliliga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasining demografik o‘sishi tufayli 2050 yilda 90 million nafargacha kishi (qariyb 30 foiz aholi) suv tanqisligiga duch kelishi, sug‘orish uchun sarflanadigan obihayotga bo‘lgan talab esa 2020 yilga borib 30 foiz oshishi kutilmoqda.

Hisob-kitoblarga qaraganda, Markaziy Osiyoda agrar sektorda band bo‘lgan 55 milliondan ziyod kishining turmush sharoiti to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Ushbu ne’matdan oqilona foydalanish natijasida iqtisodiy foyda mintaqa YAIMning 5 foizini yoki 20 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

Shu o‘rinda mintaqaning og‘riqli muammosi — Orol fojiasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish birgalikdagi amaliy sa’y-harakatlarni talab etishini alohida ta’kidlash zarur. Negaki, ekologik muammolar hech qachon bir xalq yoki bir davlatga tegishli bo‘lib qolmaydi. Qaysidir hududda yuzaga kelgan vaziyat yon-atrofdagi mamlakatlar aholisi hayotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Iqlim o‘zgarishi, sahrolanish jarayoni, bir vaqtlar mavjlanib, butun mintaqa tabiatining muvozanatini saqlab turgan Orol dengizi inqirozi buning yaqqol tasdig‘idir.

Bundan tashqari, bashariyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan yana biri atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanish darajasi ortib borayotganidir. Shu bois O‘zbekistonda chiqindilar masalasida ichki siyosatni to‘liq qayta ko‘rib chiqib, ularning hosil bo‘lishidan to utilizatsiyasi va qayta ishlanishigacha integratsiyalashgan yondashuvlar qo‘llanmoqda. Respublikada maishiy chiqindilarni kompleks boshqarishga doir zamonaviy klasterlar shakllantirilyapti.

Forum doirasida mamlakatimizda ilk marta “Chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalari. Atrof-muhit muhofazasi, energiya tejamkorlik va energiya samaradorlik — Green Ecology Technologies Central Asia — GETCA — 2018” xalqaro ko‘rgazmasi hamda sohada ish yuritayotgan ilg‘or tashkilotlar bilan o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida biznes forumi uyushtirilgani uning yanada ishchan ruhda o‘tkazilishini ta’minlamoqda. Negaki, unda Germaniya, Shveysariya, Chexiya, Fransiya, Vengriya, Daniya, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy hamda 40 ga yaqin mahalliy korxonalar qatnashyapti. Ular tomonidan taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlar nihoyatda rang-barangdir.

7 iyunga qadar davom etadigan ko‘rgazmada chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, ularni saralash hamda qayta ishlash texnologiyalari, muqobil energiya, energiya tejovchi yangi ishlanmalar namoyish qilinadi.

— Tejamkorlik jadal taraqqiyot, iqtisodiy farovonlikni ta’minlovchi muhim omillardan biridir, — deydi Xitoyning Beston Group kompaniyasi vakili Jang Jian Feng. — Shu bois biz bir necha yillardan buyon ushbu yo‘nalishda, ya’ni chiqindilardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelamiz. Yurtingizda bu boradagi ishlar jadallashayotgani tufayli o‘tgan yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Buxoro, Xorazm, Sirdaryo, Navoiy viloyatlarida aynan shunday kichik korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘ydik. Ayni paytda ularda qog‘oz chiqindilaridan tuxum va poliz mahsulotlari uchun qutilar, foydalanib bo‘lingan shina hamda plastmassalardan esa boshqa zarur tovarlarni tayyorlayapmiz.

Forum doirasida, shuningdek, chiqindilarni boshqarish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, biologik xilmaxillikni saqlash masalalariga doir majlislar tashkil etilib, har bir mavzu bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlariga daxldor eng dolzarb masalalar aniqlanadi.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan maxsus sessiyalar esa Markaziy Osiyo mintaqasidagi bugungi kunning dolzarb muammolarini muhokama qilish va ularning amaliy yechimi bo‘yicha investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasida odamlar turmush tarzini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish jamg‘armasini tashkil etish, Shveysariya hamkorlikni rivojlantirish agentligining yangi loyihalari taqdimotini o‘tkazish kutilmoqda.

Umuman, to‘rt kun bo‘ladigan forumdan chiqindilarni kompleks boshqarish, energetika hamda bioxilmaxillik bo‘yicha hamkorlikda bajariladigan qo‘shma tadbirlarni ishlab chiqish, sohani rivojlantirishga qaratilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan birgalikda hayotga tatbiq qilinadigan loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.

Xalqaro ekologiya forumining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.Otajonov so‘zga chiqdi.

(Manba: Xalq so‘zi” gazetasi)

kino

Tadbirkorlar 2 yilda 96,8 mlrd so‘mga 49ta kinoteatr quradilar

Bu Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi «2018–2019 yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 372-son qarorida nazarda tutilgan.

Norma’ning yozishicha, hujjat bilan tegishli Chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Unda respublika bo‘yicha 12 ta 2 qavatli, 25 ta 1 qavatli va 12 ta yozgi kinoteatrlar qurish nazarda tutilgan. Ularning loyihalari namunaviy bo‘ladi.

Kinoteatrlarni tashabbuskorlar – tadbirkorlik sub’ektlari quradilar, ularni «O‘zbekkino» MA, O‘zmilliybank (TIF MB), shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 1.06.2018 yilgacha belgilaydilar. Hokimliklar qurilish uchun ustun darajada madaniyat va istirohat bog‘lari hududidagi yerlarni ajratadilar. U yerda avtotransportni vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish, tutashib ketgan hududni obodonlashtirish, elektr, gaz, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulash choralarini ta’minlashga ham to‘g‘ri keladi.

Vazifani amalga oshirishda biznesga quyidagi shartlarda beriladigan imtiyozli kreditlar yordamga keladi:

• kredit mablag‘lari miqdori – loyiha qiymatining 75%igacha;

• foiz stavka – qayta moliyalashtirish stavkasining ½ qismi (sharh e’lon qilingan paytda MB stavkasi – yillik 14%);

• kreditning umumiy muddati – 5 yilgacha;

• imtiyozli davr – 1 yilgacha.

Kinoteatrlar mamlakat hududida ommaviy namoyish qilish maqsadida kinoteatrlarga xorijiy va mahalliy kino mahsulotlarini onlayn yetkazib berishni ta’minlaydigan yagona kinoprokat elektron tarmog‘iga kiradi. Buning uchun «O‘zbekkino» MA tadbirkorlarga kinoteatrlarni jihozlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarning namunaviy parametrlarini taqdim etadi.

Hujjat 24.05.2018 yildan kuchga kirdi.

(Manba: Kun.uz)

 

 Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

YANGILIKLAR XABARNOMASI №109 O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati 2018-yil 5-iyun

posted 8 Jun 2018, 11:03 by Webmaster Ambasciata

RASMAN.. 1

Sharifjon Tursunov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi etib tayinlandi 1

Investitsiya.. 1

Tashkent City 4 yil ichida quriladi 1

MOLIYA.. 1

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi 1

Jamiyat.. 2

“Muslim TV” internet telekanali ish boshladi 2

xalqaro hamkorlik.. 2

O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi 2

Ekologiya.. 2

2050 yilga borib 90 milliongacha kishi suv tanqisligiga duch kelishi kutilmoqda. 2

O‘zbekiston turizm o‘lkasi. 3

“Chorvoq” turistik zonasiga McDonald’s, Starbucks va Burger King’ni taklif etishga qaror qilindi 3

 


RASMAN

Sharifjon Tursunov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Sharifjon Tursunov «O‘ztransgaz» aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi rasmiy Telegram-kanalida.

Avval u Majburiy ijro byurosi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, deya xabar qilindi «O‘ztransgaz"dan «Gazeta.uz"ga.

Mazkur lavozimda 2017 yil 4 avgustdan beri Alisher Mustafoyev ishlab kelayotgan edi.

(Manba: Gazeta.uz)

Investitsiya

Tashkent City 4 yil ichida quriladi

Tashkent City Xalqaro biznes markazida (XBM) loyihalashtirishdan tortib, ob’ektlarni to‘liq ishga tushirish jarayonini 4 yil ichida yakunlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashkent city direksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Loyiha ikki bosqichga bo‘linadi: kongress xollga ega mehmonxona, turar-joy binolari va park hududini birinchi navbatda (2,5 yil) foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda, deya ta’kidlaydi direksiya.

Kongress xoll qurilishi ustuvor vazifaga aylangan, bu yerda poydevor barpo etish ishlari olib borilmoqda. Boshqa uchastkalarda mavjud binolarni buzish jarayoni tugallanmoqda.

Shayxontohur tumani hokimligi ko‘chiriladigan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Investorlar tanlangan uchastkalarda binolar va infratuzilmalarning batafsil loyihalarini ishlab chiqishmoqda.

Toshkent shahrining Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida Tashkent City xalqaro biznes markazi bunyod etilmoqda.

Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilishi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

Loyihani amalga oshirishga ARUP (Buyuk Britaniya, arxitektura konsepsiyasini ishlab chiquvchi), Cushman and Wakefield (AQSh, tijorat konsepsiyasini ishlab chiquvchi), SF Landscape Architecture (Italiya, landshaft konsepsiyasini ishlab chiquvchi), Prime Tower Group (O‘zbekiston, bosh loyihachi) va Discover Invest (O‘zbekiston, bosh pudratchi) ekspertlari jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro kompaniyalar Tashkent City qurilishiga investitsiya kiritayotgani xabar qilingandi.

(Manba: Kun.uz)

MOLIYA

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018-yil 5-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi:*)

1 AQSh dollari 7944,07

1 YEVRO 9262,79

1 Angliya funt sterling 10602,95

1 Yaponiya iyenasi 72,53

1 Janubiy Koreya voni 7,42

1 Malayziya ringgiti 1997,50

1 Kanada dollari 6135,84

1 Xitoy yuani 1237,78

1 Shveysariya franki 8040,56

1 BAA dirhami 2162,95

1 Misr funti 445,05

1 Avstraliya dollari 6010,48

*) Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

(Manba: O‘zA)

jamiyat

“Muslim TV” internet telekanali ish boshladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan muborak Ramazon oyida “Muslim TV” internet telekanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘MI Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Muslim TV” internet telekanali “ITV.UZ” interaktiv televideniyesi bilan hamkorlikda ish boshladi. Endilikda itv.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda “Muslim TV” internet telekanalida O‘MI tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuvlarni tomosha qilish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mobil qurilmalarda itv.uz mobil ilovasini ko‘chirib olgan holda telekanal ko‘rsatuvlarini kuzatish imkoniyati mavjud.

(Manba: Kun.uz)

xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

O‘zbekiston qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan afg‘on xalqiga 3000 tonnadan ziyod bug‘doyni gumanitar yordam sifatida jo‘natdi.

O‘zbekiston hukumati 3000 tonnadan ziyod bug‘doyni afg‘on xalqiga gumanitar yordam sifatida jo‘natdi, deya xabar qildi «Dunyo» axborot agentligi.

Gumanitar yordam 5 iyun kuni Xayratonda afg‘on rasmiylariga topshirildi. Qo‘shni mamlakatga O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya uchib bordi.

Millionlab afg‘onlar olti oydan so‘ng qurg‘oqchilik sababli ochlik bilan to‘qnash kelishi mumkin, deyiladi BMTning Gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtirish boshqarmasining may oyi oxirida e’lon qilingan byulletenda. Och qolayotgan oilalarga eng kamida 115 mln dollarlik mablag‘ ajratish zarur.

Afg‘onistonning 34 provinsiyasidan uchdan ikki qismi o‘tgan yil oxiridan buyon qor yoki yomg‘ir yog‘magani sababli qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim daryo va suv ta’minoti ob’ektlari to‘liq qurib qolgan, so‘nggi bug‘doy hosili boy berildi.

(Manba: Gazeta.uz)

ekologiya

2050 yilga borib 90 milliongacha kishi suv tanqisligiga duch kelishi kutilmoqda

Jahon banki prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasining demografik o‘sishi fonida 2050-yilga borib 90 milliongacha kishi (25-30 foiz aholi) suv tanqisligiga duch kelishi kutilmoqda. Sug‘orish uchun sarflanadigan suv resurslari ehtiyoji esa 2020-yilga borib  30 foizga oshishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi doirasida shunday bayonot berdi. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.

“Bugunga kelib Markaziy Osiyo qishloq xo‘jalik yerlarining 90 foizdan ortig‘i sun’iy sug‘orishni talab etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Markaziy Osiyoda agrar sektorda band bo‘lgan 55 milliondan ziyod kishining turmush sharoiti to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq”, - deydi u. 

BMT ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish natijasidagi iqtisodiy foyda mintaqaviy YaIMning 5 foizini yoki 20 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston mintaqadagi barcha mamlakatlar manfaatini inobatga olib, BMT tomonidan taklif qilingan Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan foydalanish konvensiyasi qo‘shma ishlanmasini faollashtirishni taklif qildi. 

“Fursatdan foydalanib, sizlarning e’tiboringizni zamonamizning eng dolzarb ekologik muammolaridan biri – Orol fojiasiga qaratmoqchi edim. Bu nafaqat bizning umumiy ekologik fojiamiz, balki birgalikdagi amaliy sa’y-harakatlarni talab qiluvchi juda jiddiy vazifamiz hamdir”, - qo‘shimcha qildi u. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1950 yildan to bugunga qadar sayyoramiz aholisi deyarli uch baravarga oshib, 7 milliarddan ziyod kishini tashkil qildi. 

Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning barcha mamlakatlari, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasi oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishidir. Plastikdan maishiy foydalanish hajmi 300 million tonnadan oshdi. 

“Vaziyatdan kelib chiqib O‘zbekiston hukumati chiqindilar masalasida ichki siyosatni to‘liq qayta ko‘rib chiqdi, bu yo‘nalishda ularning hosil bo‘lishidan to utilizatsiyasi va qayta ishlanishigacha integratsiyalashgan yondashuvlar qo‘llanmoqda. Respublikada maishiy chiqindilarni kompleks boshqarishga doir zamonaviy klasterlar ishlab chiqilmoqda, yangi iqtisodiy boshqaruv mexanizmlari joriy qilindi. Biz jahon standartlariga asoslanib, qattiq maishiy chiqindilardan foydalanishga nisbatan mutlaqo yangi strategiyani qo‘llash niyatidamiz”, - dedi u.

(Manba: Kun.uz)

O‘zbekiston turizm o‘lkasi

“Chorvoq” turistik zonasiga McDonald’s, Starbucks va Burger King’ni taklif etishga qaror qilindi

O‘zbekistonga McDonald’s, Starbucks va Burger King’ni taklif etishga qaror qilindi. Bu Vazirlar Mahkamasining “‘Chorvoq’ erkin turistik zonasini (ETZ) tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Spot.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatida turizm uchun ajoyib tabiiy sharoitlar mavjud, jumladan, Chorvoq suv ombori. Kichik infratuzilma mavjudligiga qaramasdan, bu yer chet ellik sayyohlarning xalqaro so‘rovlari va talablariga javob bermaydi.

Shu sababli “Chorvoq” erkin turistik zonasini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Reja bandlaridan birida mamlakatda ovqatlanish sohasidagi jahon brendlarini taklif etish nazarda turilgan.

Xususan, 2019-yilning yanvariga qadar erkin turistik zona hududida jahon talab va standartlariga javob beradigan ovqatlanish borasidagi McDonald’s, Starbucks, Burger King va KFC kabi xalqaro brendlar tarmoqlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqilishi kerak.

Bunga ETZ direksiyasi, Davlat turizm qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimiyati mas’ul etib tayinlandi.

(Manba: Daryo.uz)

 

 

Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

YANGILIKLAR XABARNOMASI №108 O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati 2018-yil 4-iyun

posted 8 Jun 2018, 11:03 by Webmaster Ambasciata

PREZIDENT.. 1

Barcha ishlarimiz tub zamirida xalqimizni rozi qilish maqsadi mujassam.. 1

MOLIYA.. 4

O‘zbekiston: May oyida tovar va xizmatlar 0,8 foizga qimmatlashdi 4

OTB O‘zbekistondagi loyihalarga 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiradi 4

Ishbilarmonlik muhiti. 5

O‘zbekiston: Baholash faoliyatini litsenziyalash bekor qilindi 5

Xalqaro munosabatlar.. 6

Doha shahridagi uchrashuv. 6

Toshkentda OTBga a’zo davlatlar rahbarlarining ilk sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 6

Sport.. 7

Gubernator kubogi. O‘zbekistonlik bokschilar finalda 4 ta oltinni qo‘lga kiritdi 7

Ilova.. 7

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albomni nashr etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 7

 

 

PREZIDENT

Barcha ishlarimiz tub zamirida xalqimizni rozi qilish maqsadi mujassam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining g‘oyasi va tashabbusi bilan poytaxtimizda ulkan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida strategik ahamiyatga ega yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirish, Toshkentni zamonaviy megapolisga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Poytaxtimiz tumanlariga bu galgi tashrif davomida ham asosiy e’tibor ana shu yo‘ldagi dolzarb reja va loyihalar ijrosiga qaratildi.

Prezidentimiz dastlab “Toshkent-Sharqiy” aerodromi bazasida barpo etilayotgan ishbilarmonlik aeroporti qurilish uchastkasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari 2017-yil 2-dekabr kuni mazkur loyiha bilan tanishib, biznes-aviatsiyani tashkil etish va bunday turdagi barcha xizmatlarni ko‘rsatishga qodir zamonaviy infratuzilmani barpo etish borasida ko‘rsatmalar bergan edi.

Ishbilarmonlik aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaqo yangi tizim bo‘lib, yakka tartibdagi va korporativ parvozlarga ixtisoslashadi. Loyiha mamlakatimiz transport va tranzit imkoniyatlarini yanada oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda oliy darajadagi mehmonlar, xorijiy delegatsiyalar, ishbilarmonlar, sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatadi.

Hozirgi vaqtda eski uchish-qo‘nish yo‘lagi o‘rniga 4 kilometrlik zamonaviy yo‘lak qurilmoqda. Soatiga 250 yo‘lovchini o‘tkazish imkoniyatiga ega terminal barpo etish, keyingi bosqichda qo‘shimcha infratuzilma obyektlari, mehmonxona majmuasi qurish rejalashtirilgan.

Shu kunga qadar bu yerda qariyb 20 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. Qurilish-montaj ishlariga 100 dan ortiq maxsus texnika jalb etilgan.

Aerodrom hududida bir vaqtning o‘zida 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadigan perron quriladi. Shuningdek, qo‘riqlash, aloqa va xavfsizlik punktlari bunyod etilishi ko‘zda tutilmoqda. Loyiha doirasida havo laynerlariga texnik xizmat ko‘rsatish markazi, samolyot va vertolyotlarni saqlash uchun zamonaviy angar, yong‘in xavfsizligi deposi quriladi. Shu bilan birga, dispetcherlik markazi va yo‘lovchilar uchun ovqatlanish binosi barpo etiladi.

Loyihaning birinchi bosqichi 2020-yilda yakunlanishi belgilangan.

– Biznes-aeroportda xorijiy ishbilarmonlarga har tomonlama ma’qul bo‘ladigan xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun loyihasi mukammal bo‘lishi kerak. Samolyotdan tushgan odam xalqimizning nechog‘li bag‘rikeng va mehmondo‘st ekanini his etishi kerak. Shu bois zamonaviy loyiha instituti tashkil etib, Yaponiya, Germaniya kabi mamlakatlardan malakali mutaxassislarni ishga jalb etish lozim. Ana shunday qilsak, bu aeroport xalqimizga, farzandlarimizga ko‘p yillar xizmat qiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz poytaxtimizning Maxtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasida barpo etilayotgan uch qavatli zamonaviy ko‘prik loyihasini ko‘zdan kechirdi.

Eng gavjum chorrahalardan biri bo‘lgan mazkur hududda uch qavatli yangi ko‘prik qurilishi tirbandlikni kamaytirib, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlaydi.

Ko‘prikning Parkent ko‘chasidan Ohangaron shossesiga o‘tuvchi qismida uzunligi 500 metrdan ziyod tunel quriladi. Ikkinchi bosqichda Qorasuv dahasidan Maxtumquli ko‘chasiga chiquvchi yo‘lning mazkur tunel ustidan o‘tgan qismida aylanma ko‘prik bunyod etiladi. Ikkala ko‘prik ustidan o‘tuvchi uchinchi qavat Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalarini tutashtiradi. Shuningdek, Toshkent mexanika zavodida ta’mirlangan samolyotlarni ishbilarmonlik aeroportiga olib borish uchun yo‘l o‘tkazgich barpo etish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, shu choqqacha yurtimizda uch qavat ko‘prik qurilmagan edi. Endilikda O‘zbekiston estakada bunyod etish tajribasini ham o‘zlashtirmoqda.

Qurilish ishlarini 2019-yil avgust oyida to‘liq yakunlash rejalashtirilmoqda.

– Bu ko‘prik kelgusida Toshkent shahrining o‘ziga xos tashrif qog‘ozi bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz. – O‘zbekiston uchun yangilik bo‘lgan ushbu mahobatli inshoot Chorvoq va Chimyon hududini rivojlantirishga zamin yaratadi. Ko‘prik qurilishi jarayonida avtomobillar harakati to‘xtatilmaydi.

Yangi transport bog‘lamasi Toshkent shahridan Chorvoq hududiga boruvchi yo‘lni 22 kilometrga qisqartirmoqda. Ayni paytda poytaxt aholisi va xorijlik sayyohlarning Chorvoq hamda Chimyon hududiga tez va oson yetib olishi uchun Chirchiq daryosi ustidan ko‘prik bunyod etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yangi ko‘prikni zamonaviy texnologiyalar asosida sifatli bunyod etish, kommunikatsiya tarmoqlarini joylashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.

– Asosiysi, yoz jaziramasida bu yerda qurilish ishlari transport qatnoviga noqulaylik tug‘dirmasligi zarur. Buni hozirdan o‘ylab puxta yechim topish, qurilishni 3 smenada tashkil etish lozim, – dedi Prezidentimiz.

Shu yerda davlatimiz rahbariga Toshkent yerusti halqa metro liniyasini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari Chilonzor tumanining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishuvidagi hududda barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Ushbu majmua dizaynida zamonaviy qurilish yechimlari va ilg‘or texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Majmua ko‘kda parvoz etayotgan baxt va hurlik ramzi – Humo qushi shaklida barpo etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-fevral kuni “Humo Arena” loyihasi bilan tanishib, bu kabi zamonaviy sport inshootlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratgan, mutasaddi rahbarlarga qurilishni yuqori sifat bilan amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bergan edi.

Inshoot ikki qismdan iborat bo‘lib, unda asosiy va mashq muz arenalari joy oladi. Umumiy maydoni 82 ming 250 kvadrat metrdan iborat 6 qavatli inshootning eng baland nuqtasi 40 metrni tashkil etadi.

Mobil o‘rindiqlar bilan jihozlanadigan saroyda xokkey o‘yinlarini 12 ming 500, boshqa sport musobaqalarini 14 ming, turli konsert va dam olish dasturlarini 10 ming tomoshabin kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Dam olish maskani va ijtimoiy markaz sifatida barpo etilayotgan muz saroyida turli tadbirlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Xususan, arenada xalqaro xokkey o‘yinlari, kyorling, figurali uchish, short-trek bo‘yicha musobaqalar, basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo, qilichbozlik bahslarini o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, majmuada umumxalq bayramlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish mumkin.

Majmuada muhandislik tarmoqlari, yong‘inni o‘chirish, sovutish tizimlari, yoritish, ventilyatsiya, issiqlik manbai to‘liq avtomatlashtirilgan holda, tejamkor texnologiyalar qo‘llaniladi. Uning yonida 1 ming 375 avtomobilga mo‘ljallangan 5 qavatli avtoturargoh qurilmoqda.

Prezidentimiz ushbu majmuada shug‘ullanadigan xokkey, figurali uchish va boshqa sport turlari bo‘yicha jamoalarni hozirdan shakllantirish, bu yerda yirik xalqaro musobaqalarni tashkillashtirish masalasini o‘rganib chiqish lozimligini ta’kidladi.

Mazkur majmuani yil oxiriga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Toshkent shahri markazi ulkan qurilish maydoniga aylangan. 80 gektar hududda barpo etilayotgan “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markaziga nafaqat yurtimiz tadbirkorlari, balki xorijlik investorlar ham qiziqish bildirmoqda.

Prezidentimizning mazkur hududga tashrifi va qurilish ishlari bilan tanishuvi chog‘ida bu haqda alohida so‘z yuritildi.

Hozirgi kunda mazkur zamonaviy markaz hududi 7 qismga bo‘linib, qurilish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, “Kongress xoll” va besh yulduzli mehmonxonaning yerosti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

Davlatimiz rahbari “Toshkent City” qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Quruvchi-muhandislar, xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

Bugunga qadar “Toshkent City” ma’muriyati tomonidan Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya kompaniyalari bilan zamonaviy turar joylar, ofis va savdo majmualari, ta’lim muassasalari, 2 ta 20 qavatli savdo-ko‘ngilochar markaz, 40 qavatli multifunksional bino va inshootlar qurilishiga investitsiya kiritish bo‘yicha loyihalar imzolandi.

Prezidentimiz mehmonxona va “Kongress-xoll”ning ichki dizayni, kirish qismlari hamda nufuzli xalqaro anjumanlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan zallar interyerlari loyihasi bilan tanishib, ularni milliy uslubda bezash va jihozlash yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Poytaxtimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandlikning oldini olish maqsadida ko‘plab ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar bunyod etilmoqda. Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan zamonaviy yo‘l o‘tkazgich shulardan biridir.

Yangi ko‘prikning umumiy uzunligi 676 metr, shundan estakada qismi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8 metr, kengligi 24,5 metrga teng. Transportlar 6 qatorda harakatlanadi. Shuningdek, 124 metrlik ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi ham qurilayapti. Nogiron va keksalarga qulaylik yaratish maqsadida ularda maxsus lift, eskalator o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, quruvchilar bilan muloqot qildi.

– Yangi ko‘priklar sifatli, juda puxta bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘z ishimizga fidoyilik bilan yondashib, ko‘priksozlik bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasini o‘rganib borishimiz zarur, – dedi Prezidentimiz.

Yangi inshootni loyihalashtirishda yoritish tizimiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Unga ko‘ra, ko‘prikka jahon standartlariga to‘la javob beradigan energiya tejamkor jihozlar o‘rnatiladi. Qurilishda Germaniyadan keltirilgan zamonaviy texnikadan foydalanilayotgani ish unumdorligini oshirmoqda. Bugungi kungacha 256 ta to‘sindan 234 tasi o‘rnatilgan, 276 ta prizmatik qoziqning barchasi qoqilgan, shuningdek, piyodalar o‘tish yo‘lagidagi tayanch ustunlar to‘liq o‘rnatilgan.

Shu yerda yangi ko‘priklar qurish, mavjudlarini ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Toshkent shahrida yana o‘n beshta joyda yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi ma’lum qilindi.

Davlatimiz rahbari ko‘priklarni saqlash, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish masalasi ham g‘oyat dolzarb ekanini qayd etdi. Soha uchun maxsus mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan kollejlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yurtimizda aholining turmush farovonligini oshirish, odamlarimiz uchun zamonaviy shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilmoqda. Endi shaharlar uchun “Obod mahalla” dasturi ishlab chiqilmoqda.

Chilonzor tumanidagi Xirmontepa mahallasi tajriba tariqasida ushbu konsepsiya asosida obod qilinmoqda. Hududda joylashgan 24 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi. Mahalla idorasi xodimlari, profilaktika inspektorlari uchun bino, kommunal to‘lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda.

Prezidentimiz shu yerda mahalla faollari, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi va bolalar bilan suhbatlashdi, ularning o‘y-tashvishlari bilan qiziqdi.

– Har bir mahallani Jizzaxdagi Manasga o‘xshatib obod qilishimiz kerak. Barcha ishlarimiz tub zamirida xalqimizni rozi qilish maqsadi mujassam. Buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida ham bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

“Tirsakobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 9 ko‘p qavatli uy va 864 hovli mavjud. Bu yerda yashayotgan 5 ming 200 dan ortiq aholi orasida turli millat vakillari bor.

Mahallada Prezidentimizning 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Sherobod building” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda mahalla markazida choyxona, novvoyxona, go‘zallik saloni, do‘konlar, sport va bolalar maydonchalarining zamonaviy qiyofada qad rostlashi mahalla ahli va unga yondosh hudud aholisi uchun ayni muddao bo‘lmoqda.

Bu yerda “Obod mahalla” loyihasi asosida mahalla raisi, kotibi, maslahatchilar, profilaktika inspektori, nuroniylar uchun xonalar, kutubxona, majlislar zali, bolalar maydonchasi, yoshlar uchun sport inshootlari, favvoralar qurilishi, o‘rindiqlar, soyabonlar, tungi yoritgich moslamalari o‘rnatish kabi ishlar jadal ketmoqda.

Davlatimiz rahbari mahalla faollari bilan muloqotda bo‘ldi.

Poytaxtimiz va mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy mahalla markazlari bunyod etish, aholi bilan doimiy muloqot qilish, uning farovonligi va tinchligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Shu kuniPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda poytaxtimizda sanoat va kichik biznesni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi.

(Manba: O‘zA)

MOLIYA

O‘zbekiston: May oyida tovar va xizmatlar 0,8 foizga qimmatlashdi

2018-yilning may oyida iste’mol bozoridagi tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,8 foizga ko‘tarildi. Shundan, mahsulotlar narxi oy davomida o‘rtacha 0,4 foizga hamda xizmatlar 2,1 foizga qimmatlashdi.

Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2018-yilning may oyida iste’mol bozoridagi tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,8 foizga ko‘tarildi. Shundan, mahsulotlar narxi oy davomida o‘rtacha 0,4 foizga hamda xizmatlar 2,1 foizga qimmatlashdi.

Joriy yilning may oyi davomida xizmatlar tarifi narxlarining o‘sish tendensiyasi aprel oyidagi kabi tovarlar narxlarining o‘sishi sur’atidan yuqoriligini saqlab qoldi.

Tahlil ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida asosiy guruhlar bo‘yicha narxlarning o‘zgarishi va ularning iste’mol narxlari indeksining o‘sishiga mahsulotlar 0,3 foiz darajasida hamda xizmatlar 0,5 foiz darajasida ta’sir ko‘rsatgan.

(Manba: O‘zA)

OTB O‘zbekistondagi loyihalarga 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiradi

2019 yilda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistondagi infratuzilmaviy loyihalarga 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiradi. Bu haqda Vashingtonda OTBning Markaziy va G’arbiy Osiyo departamenti bosh direktori Verner Lipax ma’lum qildi.

Lipaxning aytishicha, O‘zbekiston Pokistondan keyin OTBning zayomi, granti va texnik ko‘magini oluvchi ikkinchi yirik davlat hisoblanadi. Mablag‘lar temir yo‘l samaradorligini oshirishdagi, suv ta’minotidagi yangi loyihalar va boshqa tashabbuslar uchun ajratilishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston OTBga a’zo bo‘lgan kunidan boshlab bank mamlakatimizdagi umumiy qiymati 17 mlrd dollarlik 60 dan ko‘proq loyihani moliyalashtirgan.

“Markaziy Osiyoning shundoq markazida joylashgan O‘zbekistonning ishtirokisiz mintaqada miqyosidagi u yoki bu energetik, transport-logistik loyihani amalga oshirib bo‘lmaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan Lipak. 

Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilajak loyihalar Markaziy Osiyo mintaqasi uchun katta ahamiyatga egaligi ta’kidlab o‘tilgan. Bunga misol tariqasida O‘zbekiston hukumati tomonidan ilgari surilayotgan Mozori-Sharif-Hirot yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurilishi loyihasi keltirilgan. Bu loyihaning amalga oshirilishi Afg‘oniston orqali yuklarni tashish hajmini ancha oshirishga imkon beradi, bu davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tiklashga muhim hissa bo‘ladi hamda mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikning yanada kengayishiga xizmat qiladi. 

(Manba: Kun.uz)

Ishbilarmonlik muhiti

O‘zbekiston: Baholash faoliyatini litsenziyalash bekor qilindi

O‘zbekiston prezidenti baholash xizmatlari bozorini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni baholash xizmatlari bozorini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Bugungi kunda baholash xizmatlari bozorida malaka sertifikatiga ega 1000 ga yaqin baholovchilar mehnat qiluvchi 200 dan ortiq baholovchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Hujjatda baholash faoliyatini litsenziyalash va baholash tashkilotlari ustav kapitali (ustav jamg‘armasi)ning eng kam miqdoriga bo‘lgan talabni bekor qilish ko‘zda tutilgan. Baholash tashkilotlariga avval berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2019 yil 1 yanvardan to‘xtatiladi.

Baholovchi tashkilotlarni prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazida akkreditatsiya qilish tartib-taomillarini joriy qilinadi.

Davlat raqobat qo‘mitasining baholovchining malaka sertifikatini berish funksiyasi — Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga, mulkni baholashning yangi standartlarini tasdiqlash, shuningdek, amaldagi mulkni baholash standartlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish funksiyasi — prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga o‘tkaziladi.

1 iyuldan boshlab Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus kurslar tashkil etiladi.

Baholovchi tashkilotning javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasi to‘lovini amalga oshirishi yuzasidan majburiyati bo‘yicha sug‘urta puli:

ko‘char mulkni baholash uchun, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk ob’ektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan mustasno — eng kam ish haqining 2 000 baravaridan;

ko‘chmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxona bundan mustasno — eng kam ish haqining 2 500 baravaridan;

biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun — eng kam ish haqining 3 000 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.

Baholovchilarga toifa berishning sertifikatlangan baholovchilar, ikkinchi, birinchi va oliy toifali baholovchilarni o‘z ichiga oluvchi tizimi amaliyotga joriy etiladi.

Endilikda 51 foizi mazkur baholovchi tashkilotning bitta yoki bir nechta shtatdagi baholovchisiga tegishli bo‘lishi lozim.

1 yanvaridan boshlab baholovchi tashkilotning rahbari faqat birinchi yoki oliy toifadagi baholovchi bo‘lishi mumkin.

Baholovchi, agar u boshqa baholovchi tashkilot shtatida turgan bo‘lsa, baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida baholash ishlarini olib borishga jalb qilina olmaydi.

1 avgustga qadar muddatda 2016−2018 yillarda davlat mulkini baholash bo‘yicha tuzilgan kontraktlar hamda amalga oshirilgan baholash natijalari tanqidiy o‘rganib chiqiladi.

(Manba: Gazeta.uz)

xalqaro munosabatlar

Doha shahridagi uchrashuv

2018-yilning 3-iyun kuni Qatarda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Ben Abdel Rahman Ben Jasem Al Tani bilan uchrashdi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalar, shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantirish, unga ko‘p qirrali tus berishdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqladilar. Shu o‘rinda turli darajalar va shakllardagi aloqalarni faollashtirish, xususan eng istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash va e’tiborni ularga qaratish imkonini yaratadigan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish chog‘ida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning muhim tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vazirlar tomonidan Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘lda hal qilish bo‘yicha xalqaro konferensiyada 2018-yil 27-mart kuni qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Ushbu konferensiya ishida Qatar delegatsiyasi ham ishtirok etgan edi.

Uchrashuvda boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati)

Toshkentda OTBga a’zo davlatlar rahbarlarining ilk sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda 

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2019 yilda bankka a’zo davlatlar rahbarlarining ilk sammiti va moliya vazirlari uchrashuvini o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Vashingtonda OTBning Markaziy va G’arbiy Osiyo departamenti bosh direktori Verner Lipax ma’lum qildi.

29 may kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi tomonidan OTBning Shimoliy Amerikadagi vakolatxonasi ishtirokida davra suhbati o‘tkazilgan.  

Suhbat davomida OTB bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, AQSh kompaniyalarining O‘zbekistonda infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilish masalalari muhokama qilingan.

Lipak O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi prognozlariga to‘xtalib, “O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda eng ko‘p aholiga egaligi, boy tabiiy zaxiralar hamda strategik joylashgani uning iqtisodiy jihatdan yanada o‘sishi va ishlab chiqarishining oshishiga sharoitlar yaratishini” ta’kidlab o‘tgan.

2010 yilda Toshkentda OTB boshqaruvchilari kengashining 43-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

(Manba: Kun.uz)

sport

Gubernator kubogi. O‘zbekistonlik bokschilar finalda 4 ta oltinni qo‘lga kiritdi

Kecha, 31-may sanasida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha “Gubernator Kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

Musobaqa finalida o‘zbekistonlik yetti nafar bokschi ringga chiqishi haqida xabar berilgandi. O‘tkazilgan jang yakunlariga ko‘ra, to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.

-49 kg vaznda ringga chiqqan Hasanboy Do‘smatov rossiyalik Bator Sagaluyevga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

56 kg vaznda finalda o‘zaro duch kelgan ikki o‘zbekistonlik bokschi — Shahobiddin Zoirov va Miraziz Mirzaxalilov jangida 5:0 hisobida Miraziz g‘alaba qozondi.

60 kg vaznda final ringiga ko‘tarilgan Shunqor Abdurasulov esa Albert Batirgaziyevga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

75 kg vaznli bokschilar o‘rtasidagi final jangida Isroil Madrimov rossiyalik Gleb Baxshini 5:0 hisobida mahv etdi.

81 kg vaznda esa Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik Georgiy Kushitashvili ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa oltin medaliga ega chiqdi.

+91 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov rossiyalik raqibi Vladislav Muravinni ikkinchi raundda nokautga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Final janglari:

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Bator Sagaluyev (Rossiya) 2:3

-56 kg: Shahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov 0:5

-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya) 1:4

-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakshi (Rossiya) 5:0

-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Georgiy Kushitashvili (Rossiya) 3:2

+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya) (ikkinchi raundda nokaut)

Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar bronza medali bilan kifoyalandi.

O‘zbekiston termasi musobaqa yakunlariga ko‘ra 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

(Manba: Kun.uz)

ilova

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albomni nashr etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi jang maydonlarida va front ortida ulkan jasorat va matonat ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shdi. Urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq o‘zbekistonliklarning yarim milliondan ortig‘i halok bo‘ldi, 133 mingga yaqini bedarak yo‘qoldi, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytdi.

O‘sha g‘oyat og‘ir va suronli davrda yurtimiz frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylandi, bu yerdagi sanoat korxonalari harbiy sohaga moslashtirilib, ularning faoliyati front ehtiyojlari uchun yo‘naltirildi. O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan yuzdan ziyod zavod va fabrikalarni tiklashda fuqarolarimiz bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdi.

Urush olovi ichida qolgan hududlardan yurtimizga 1 million nafardan ortiq kishi ko‘chirib keltirildi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. Xalqimiz ularga boshpana berib, so‘nggi burda nonini ham baham ko‘rib, ota-onasidan ajralgan bolalarni o‘z farzandlari qatori tarbiyasiga olib, butun dunyoga haqiqiy insonparvarlik fazilatlarini namoyish etdi.

Afsuski, O‘zbekiston xalqining bu qonli urush davrida frontdava front ortida kechgan og‘ir va mashaqqatli hayoti, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini o‘zida har tomonlama aks ettiradigan yaxlit ilmiy-tarixiy kitob yoki hujjatlar to‘plami shu paytga qadar yaratilmagan. Urush yillarida xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ishlarni, uning kuchli iroda va qahramonligini, o‘sha davr haqiqatini kelgusi avlodlarga aniq misollar asosida yetkazish, ularni vatanparvarlik va jasorat ruhida tarbiyalash borasida bunday manbalar g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Xalqimizning 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasini tarixiy hujjatlar asosida ko‘rsatish, fashizmga qarshi janglarda qatnashgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish, yosh avlodni mardlik, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida:

1. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda keng jamoatchilikning Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasi hamda ushbu tarixiy voqeaning 2020 yilda nishonlanadigan 75 yilligiga bag‘ishlangan kitob-albomni tayyorlash va nashr etish haqidagi taklifi ma’qullansin.

2. Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albomni tayyorlash va nashr etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb yuritiladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqi ko‘rsatgan mardlik va jasorat, el-yurtimizning g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi haqida tarixiy haqiqatni tiklash va uni kelgusi avlodlarga yetkazish;

respublika va xorijiy mamlakatlardagi arxiv va muzeylarda saqlanayotgan mavzuga oid tarixiy hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

Ikkinchi jahon urushi davrida frontda qatnashgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizdan ularning xotiralarini yozib olish, shaxsiy albom va kutubxonalarida saqlanayotgan tarixiy materiallarni to‘plash;

aholining shaxsiy kutubxonalarida saqlanayotgan, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, o‘sha davrga oid noyob suratlarni to‘plash va nashrga tayyorlash;

urush yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy ahvoli, yurtimizga ko‘chirib keltirilgan hamda yangi qurilgan zavod va fabrikalar haqida ma’lumotlar yig‘ish;

xalqimiz tomonidan urush davrida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan insonlarga, shu jumladan, ota-onasiz bolalarga ko‘rsatilgan mehr-muruvvatni, yurtdoshlarimizning insonparvarlik fazilatlarini aks ettirish;

urush davrida frontda qatnashgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan, g‘alabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan yurtdoshlarimizga bugungi kunda davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborni aniq dalillar, fakt va raqamlar orqali ko‘rsatish.

4. Tashkiliy qo‘mitaga kitob-albomni yuqori saviyada tayyorlash va nashr etish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaxassislarini, ekspertlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini jalb etish huquqi berilsin.

5. Belgilab qo‘yilsinki, kitob-albomni tayyorlash va nashr etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

6. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi kitob-albomni nashr etish bilan bog‘liq xarajatlar va uning narxini O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishgan holda tasdiqlasin.

7. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018-yil 31-may

 

 

Ish jarayonida foydalanilgan manba lavhasi qo‘yilishi shart

1-10 of 97