YUKSAK MA’NAVIYATLI YOSHLAR

Отправлено 31 мая 2016 г., 8:12 пользователем Webmaster Ambasciata

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Vatanimiz mutaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab «Mustaqillik va yoshlar» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Universitet rektori R.Saidahmedov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Q.Babashev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlod ma’naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni hech kimdan kam bo‘lmay voyaga yetishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati navqiron avlod ongi va qalbiga vatanparvarlik, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda. 

Davra suhbatida mustaqillik ulug‘ ne’mat, uni qadrlash, asrab-avaylash shu zaminda yashaydigan har bir insonning muqaddas burchi ekanligi qayd etildi. Mamlakatimizda yoshlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlatimiz rahbarining asarlari yigit-qizlarda ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning o‘z maqsad va intilishlarini aniq belgilab olishida samarali vosita bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 

Comments